Мавзу: Металлар технологияси асослари
Tabiiy tosh materiallarining xossalari va turlari
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
2.3. Tabiiy tosh materiallarining xossalari va turlari
Tabiiy tosh materiallarining turli-tuman fizikaviy –mexanik xossalari ichida zichligi, siqilishiga mustahkamlik chegarasi, sovuqqa chidamliligi ajratib kо‘rsatiladi. Bu xossalarning qiymatiga kо‘ra materiallarning sifati baholanadi va ular markalarga bо‘linadi . Quruq holatdagi zichligi bо‘yicha tosh materiallar og‘ir (1800 kg/m 3 dan ortiq) va yengil (1800 kg/m 3 dan kam) toshlarga bо‘linadi . 15 Siqilishga mustahkamlik chegarasi bо‘yicha quyidagi markalar belgilangan: og‘ir tosh materiallari uchun –10 dan 400 gacha, yengil tosh materiallari uchun esa – 1 dan 20 gacha. Sovuqqa chidamlilik darajasi bо‘yicha tosh materiallar uchun 10 dan 500 gacha marka(G‘) belgilangan. Yо‘l qoplamalari, binolarning pollari uchun mо‘ljallangan materiallarga qо‘shimcha talablar qо‘yiladi (ishqalanishga yuqori chidamlilik va boshqalar). Qoplama plitalar tayyorlanadigan tabiiy tosh uchun tashqi kо‘rinishi, rangi va teksturasi katta ahamiyatga ega. Qurilishda tabiiy tosh materiallari va buyumlarining quyidagi har xil turlaridan foydalaniladi: xarsangtosh, devorbop toshlar va bloklar, Qoplama tosh va plitalar, shag‘al, chaqiqtosh, qum va boshqalar. Qurilishda xarsangtoshning notо‘g‘ri shakldagi bо‘laklari (kо‘porilgan xarsangtosh) yoki notо‘g‘ri plitalar kо‘rinishidagi bо‘laklari ishlatiladi. Kо‘porilgan xarsangtosh chо‘kindi tog‘ jinslaridan (oxaktosh, dolomit, qumtoshlar) portlatish usulida, plitalar esa qatlamli tog‘ jinslaridan ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Alohida xarsangtoshlarning massasi 20-40 kg atrofida bо‘ladi. Xarsangtosh isitilmaydigan binolar va inshootlarning poydevorlari Hamda devorlarini, tirgak devorlar va boshqalarni barpo etish uchun material bо‘lib xizmat Qiladi. Xarsangtoshni tayyorlashda Hosil bо‘ladigan chiQindilar maydalanadi va betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Devor toshlari va bloklari oxaktoshlardan, vulqon tuflaridan va zichligi 2200 kg/m 3 gacha bо‘lgan boshqa tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Dastaki terish uchun mо‘ljallangan toshlar о‘lchami 390 x 190 x 190 mm, mexanizatsiyalashgan usulda terish uchun moslangan yirik bloklarning о‘lchamlari esa jinsning mustahkamligi va kranlarning yuk kо‘tarish quvvatiga asoslanib belgilanadi. Toshlar va bloklarning tо‘g‘ri geometrik shakli va talab etiladigan о‘lchamlari, odatda ularning toshtaroshlash mashinalar yordamida massivdan arralab olish yо‘li bilan hosil qilinadi. Sindirib, donalab tayyorlangan toshlar kam ishlatiladi. Devor toshlari va bloklarining ustki yuzasi manzaraviylik talablariga ham javob berishi kerak. Qoplama toshlar va plitalar tabiiy tosh bloklaridan arralab yoki sindirib olinadi, keyin mexanik ishlov berish yо‘li bilan tayyorlanadi. tashqi yuzani qoplash uchun mо‘ljallangan tog‘ jinslari yog‘in-sochinga chidamli bо‘lishi, darz va yemirilish izlari bо‘lmasligi, chiroyli va rangi о‘zgarmaydigan bо‘lishi kerak. Bunday maqsadlar uchun granit, siyenit, diorit, laboradorit, kvarsit, zich oxaktosh, tuf, qumtosh ishlatiladi. Ichki yuzani qoplash uchun ishlatiladigan tog‘ jinslari chiroyli rangli bо‘lishi va oson jilolanishi kerak. Bunday maqsadlarda kо‘pincha marmartosh ishlatiladi. Qoplama toshlar va plitalar arralangan va yо‘nilgan bо‘ladi. Arralangan buyumlar yо‘nilgan buyumlarga nisbatan arzon va puxtaroq bо‘ladi, chunki tog‘ jinslarini arralab, mikrodarzlarsiz yupqa buyumlar tayyorlash mumkin. 16 Devorlarni qoplash va pol uchun mо‘ljallangan plitalar tо‘g‘ri burchakli shaklga va berilgan о‘lchamlarga ega bо‘lishi kerak. Bundan tashqari, plitalarning ustki yuzasiga turli manzarali faktura beriladi. Magmatik tog‘ jinslaridan tayyorlangan plitalar va toshlar (granit, laboradorit, gabbro va boshqalar) monumental binolarning sokollari va fasadlarining sirtini, jamoat binolarining kishilar oqimi jadal bо‘lgan (masalan, metro stansiyalari, vokzal, aeroport) xonalaridagi chidamli va manzarali pollarini qoplash uchun ishlatiladi. Marmar plitalar ishlab chiqarishda kо‘p chiqindi hosil bо‘ladi, ulardan chiroyli koshinkor pol yasashda yoki manzarali suvoq qorishmalari tayyorlashda foydalaniladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling