Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Xavoiy va gidravlik oxak


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

3.2. Xavoiy va gidravlik oxak 
Xavoiy oxak tarkibida kо‘pi bilan 8 % gacha gilli aralashmalar bо‘lgan 
oxaktosh, bо‘r va dolomitlarni shaxtali yoki aylanuvchan pechlarda 900-1200
0

haroratda kuydirib olinadi. Xavoiy oxak sо‘ndirilmagan yirik bо‘laklar, 
sо‘ndirilmagan kukun, sо‘ndirilgan oxak va oxak bо‘tqasi holatida ishlab 
chiqariladi. О‘zbekistonda havoiy oxak Jizzax va Quvasoydagi oxak zavodlarida, 
Bekoboddagi sement kombinatida va boshqa mahalliy korxonalarda ishlab 
chiqariladi. 
Bо‘lakli sо‘ndirilmagan oxakni olish jarayoni quyidagicha kechadi: 
SaSO
3
 + Q = SaO + SO

 , (Q = 178,16 kJ). 
Sо‘ndirilmagan oxak kukuni bо‘lakli oxakni maxsus tegirmonlarda tuyish 
orqali olinadi. 
Oxakni sо‘ndirish quyidagi reaksiya bо‘yicha sodir bо‘ladi: 
SaO + N
2
O = Sa(ON)
2
 + Q , (Q = 64,9 kJ). 
Ishlatiladigan suv miqdoriga kо‘ra sо‘ndirilgan oxak pushonka (kukunsimon 
mahsulot) va oxak butqasi tarzida ishlab chiqariladi. Oxak past markali rastvorlar 
va betonlarni olishda, pardozlash va boshqa ishlarda qо‘llaniladi. Sо‘ndirilgan 
oxakning mustahkamligi sо‘ndirilmagan oxaknikiga qaraganda pastroqdir. 
Gidravlik oxak tarkibida 6-25% gilli va mayin qum zarrachalari 
bо‘lgan mergelli oxaktoshlarni mu’tadil haroratda pishirish yо‘li bilan olinadi. 
Kuydirishda hosil bо‘ladigan kalsiy-silikat va kalsiy alyuminat va kalsiy-
alyuminoferritlar materialga gidravlik bog‘lovchi xossalarini beradi. Gidravlik 
oxakning mustahkamligi 2,5 MPa gacha. 
 
 
3.3. Gips bog‘lovchilar 
 Gips bog‘lovchilar ikki molekula suvli gips (SaSO
4
2N
2
O) ni termik usulda 
ishlash va tuyish yо‘li bilan olinadi. Past haroratda va yuqori haroratda pishirilgan 
gipslar bir-biridan farqlanadi. 
Agar xomashyo 110-180
0
S haroratda pishirilsa, oxirgi mahsulot tarkibida 
asosan yarim molekula suvli gips qoladi. Bunda kimyoviy reaksiya quyidagicha 
kechadi: 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling