Мавзу: Mexnat ta’limi jarayonida o‘quvchilar aqliy qobilyatlarining rivojlantirishda amaliy
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy-ro’zg’or buyumlarini ta`mirlash bo’limi
Elektrotexnika ishlari bo’limi: o’quvchilar elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil
qilish; elektr o’tkazish simlarining turlari; elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o’tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan bilan ishlash usullarini o’rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog’ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o’rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog’liq kasb-hunarlar boyicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar Uy-ro’zg’or buyumlarini ta`mirlash bo’limi: o’quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari; xona va fanlar boyicha o’quv kabinetlarida mebel va qo’shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan echimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo’mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog’liq kasb-hunarlar boyicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Texnologiya fani darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik prinsiplarni qo‘llasada, uning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O‘quvchilar bilish faoliyati bilan emas, balki yaratish faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Oliy ta‘lim muassasalarida talabalarning bo‘lg‘usi texnologiya fani o‘qituvchisi sifatida xozirgi davr talabi osnosida bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun Texnologiya va dizayn fani muxum o‘rin tutadi. Bu fanning maqsadi talabalarning faolligini oshirish, ta‘lim samaradorligini oshirish, talabada yaratuvchanlik va fan texnika rivojiga oid bilimlarni qaror toptirish, talabalarda erkin va ijodiy fukrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda Texnologiya va dizayn fani o‘quv fani sifatida ana shu va shu kabi boshqa xususiyatlarini rivojlantirishda muxum fan xisoblanadi. Bu fanini o‘rganish materiallar, ularning xossalarini o‘rganishdan hamda ushbu materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqib ulardan turli buyumlar tayyorlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu jarayon o‘qituvchilardan texnologik bilimlarni qo‘llash, kreativ va texnik fikrlash orqali tayyor buyumlarning sifat darajasini tahlil etish va o‘quvchilarda ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish kasbiy bilimlarni singdirishdan iborat. O‘quvchilarni yoshligidan mehnatga o‘rgatish va ijodiy fiklash va ixtirochilik faoliyati kelajak hayotlarida juda katta samara beradi. Bunda mehnat ko‘nikmalari bilan birga o‘quvchilarda kreativlik, texnik bilimlar, kollektiv ijodkorlik kabi qobiliyatlarni ham shakllantirish zarur. Texnologiyaning jadal rivojlanishining birinchi davrida bunday bo'linish kuzatilmadi va ilmiy adabiyotlarda asosan ixtirochilik faoliyati haqida so'z yuritildi. Hozirgi vaqtda kashfiyot, ixtiro va ratsionalizatorlik taklifining ilmiy va amaliy bo'linmasi mavjud bo'lib, ular nafaqat texnik ob'ektlarga nisbatan amalga oshiriladi. Shunday qilib, kashfiyot deganda, ilgari noma'lum bo'lgan ob'ektiv mavjud bo'lgan mulk yoki hodisani o'rnatish tushuniladi. Ishlab chiqarish, madaniyat va boshqalar uchun ijobiy ahamiyatga ega bo'lgan muammoning yangi echimi deb nomlangan ixtiro. Ixtirolar konstruktiv (qurilmalar), texnologik (usullar) va yangi moddalarni yaratish bilan bog'liq bo'linadi. 2. Amaliy darslarga tayyorgarlik va uning mazmun-mohiyatini ochib berish Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling