Мавзу: Mexnat ta’limi jarayonida o‘quvchilar aqliy qobilyatlarining rivojlantirishda amaliy


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1468156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Мавзу

 Mashqlar – texnologiya ta`limi jarayonini tadqiq qilish har bir yangi operatsiyani 
qisqa muddatli (5-15 minutli) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni 
shartli ravishda ta`limiy mashqlar deyiladi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida o’quvchilar 
har xil buyumlar tayyorlar ekan, texnologiya usullari va harakatlarini bajarish boyicha 
mashq qilishni davom ettiradilar. Bunday mashqlarni tayyorgarlik mashqlari deyiladi. 
Mashqlarga bir qancha didaktik talablar qoyiladi: 
Mashqlar uchun moddiy o’quv sharoiti yaratilishi kerak. 
Mashqlar o’quvchining ongli faoliyatiga asoslanishi kerak. 
Mashqlar va ularning elementlari qiyinligi ortib boradigan tartibda joylashtiriladi. 
Mashqlar davomida o’quvchilar o’z texnologiya harakatlarini nazorat qilishlari kerak. 
Mashqlar davomida o’quvchilar yo’l qoyilgan kamchiliklarni tezda bartaraf etish 
yo’llarini topish kerak. 
Yo’llanma – texnologiya faoliyati usullarini tushuntirish va ko’rsatish hamda 
texnologiya faoliyatlarini to’g’ri va xavfsiz bajarish boyicha tasavvur hosil qilishga va 
o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini to’g’ri yo’naltirishga qaratiladi. Yo’llanma darsning 
qismi (elementi)dir. Yo’llanma (instruktaj)ga quyidagi didaktik talablar qoyiladi: 
Yo’llanma jarayonida ta`limning har xil metodlaridan foydalanish. 
Yo’llanma mazmunini o’qituvchi asoslashi. Agar o’qituvchining o’quvchilar oldiga qoygan 
topshirig’i ularga tushunarli bo’lmasa, o’quvchilar uni bajarish shartini ko’pincha buzadilar, 
chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar.
Shuning uchun o’qituvchining har bir talabi asoslanishi kerak. 
Yo’llanmaning to’laligi va yo’llanmani elementlarga ajratish. Texnologiya topshirig’ining 
qiyinligi va u qaysi sinfda bajarilayotganiga qarab yo’llanma butun yoki ishning borishiga 
qarab qismlarga ajratib berilishi mumkin. 
Yo’llanmada shunday ko’rsatmalar bo’lishi kerakki, o’quvchi ular yordamida o’z 
faoliyatlarini nazorat qila olishi kerak. 
Kirish, joriy va yakuniy yo’llanmalar bir-biridan farq qiladi. 
Yangi operatsiyani o’rganish boyicha kirish yo’llanmasi operatsiya xarakteristikasini; 
mehant usullarini me`yoriy va sekinlashtirilgan sur`atlarda bajarish qoidalarini namoyish 
qilishni; o’z-o’zini nazorat qilish belgilarini; aniq texnologiya vazifasini o’z ichiga oladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling