Mavzu: Milliy til va adabiy til


Download 17.63 Kb.
bet3/6
Sana15.09.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1678427
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Milliy til va adabiy til

O‘zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi hozirgi o‘zbek milliy adabiy tilining me'yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb, odatda, alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, o‘zbek xalqining shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega ega edi.

Adabiy tilning rivojlanishiga o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi ham ma'lum darajada hissa qo‘shgan. Buning uchun adabiy tildagi [yoshulli], [o‘g‘lon], [buyon], [qaydin], [qorago‘z] kabi qator so‘zlarni misol sifatida keltirish kifoya. Demak, o‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida tayanch manba bo‘lgan tarixiy an'ana bilan bir qatorda barcha lahja va shevalarning o‘ziga xos o‘rni bor.

Dunyo tillari tasnifi

Mavzu rejasi: 1.Tillarning geneologik tasnifi. 2.Tillarning morfologik tasnifi.

Olimlarning taxmin qilishlaricha, yer yuzida 5000 dan ortiq til bor. Bu tillar tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko‘ra ham, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham o‘zaro farq qiladi. Jahon tillarining ko‘pchiligini milliy tillar va xalq tillari tashkil qiladi, tillarning ayrimlari esa qabila tillari, hatto urug‘ tillari hisoblanadi. Milliy tillar o‘zining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori, soni jihatdan bir xil emas: ayrim tillarda kichik hududdagi oz miqdorli aholi gaplashadi, ba’zi tillar esa juda katta hududlardagi ko‘p sonli aholi orasida tarqalgan. Bunday tillarga ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, arab, rus va shu kabi tillar kiradi.

Yer yuzidagi tillarni o‘rganish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi; bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtiriladi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o‘rganiladi. Shuning uchun ham o‘rganishning bu yo‘li qiyosiy-tarixiy usul deb yuritiladi. Tillarni shu yo‘l bilan o‘rgangan va o‘zlarining ilmiy asoslari bilan jahonga tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Rask (1787-1832), olmoniyalik Frans Bopp (1791-1967) va Yakob Grimm (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokov (1781-1864) kabi buyuk tilshunoslarni ko‘rsatish lozim.


Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling