Mavzu: Milliy til va adabiy til


Download 17.63 Kb.
bet5/6
Sana15.09.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1678427
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Milliy til va adabiy til

Mo‘g‘ul tillariga mo‘g‘ul, buryat, qalmiq tillari (shimoliy mo‘g‘ul tillari guruhi), dagur, dunsyan, mengir tillari (janubiy-sharqiy mo‘g‘ul tillari guruhi) kiradi. Tungus-manchjur tillariga evenk, even, negidal tillari (tungus guruhi) va manchjur, nanay, udegey, ulch, oroch tillari (manchjur guruhi) kiradi.

Tillarning morfologik tasnifi Morfologik tasnifga muvofiq jahon tillari to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) amorf (so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchasiz) tillar; 2) agglyutinativ tillar; 3) flektiv tillar ; 4) polisintetik tillar.

Amorf tillarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda gap tarkibidagi so‘zlar hech qanday so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ ridan-to‘g‘ri birikib, bog‘lanib keladi. Bunday tillarda grammatik ma’no yordamchi so‘zlar, so‘z tarkibi, muzikal urg‘u va ohang (ohang) orqali ifodalanadi. Mazkur vositalar so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Amorf tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo‘lgan boshqa tillar misol bo‘la oladi.

Agglyutinativ tillarda har bir grammatik ma’no odatda alohida affiks bilan, ma’lum bir grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. Masalan, maktablarga so‘z shakli tarkibidagi –lar qo‘shimchasi ko‘plik ko‘rsatkichi, -ga affiksi jo‘nalish kelishigi ko‘rsatkichidir. Bormadilar so‘z shakli bor - o‘zak, -ma – bo‘lishsizlik shaklini yasovchi affiks, -di – yaqin o‘tgan zamon shaklini yasovchi affiks, -lar – III shaxs ko‘plikni ifodalovchi affiksdir. Bunda biror affiks o‘zakka yoki ma’lum bir affiksga qo‘shiladi. Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, o‘zbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys tillari kiradi.

Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no odatda birgina grammatik ko‘rsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, rus tilidagi kniga so‘zshakli tarkibidagi –a affiksi (tugallanmasi) uch grammatik ma’noni: 1) jinsni (jenskiy rod), 2) bosh kelishikni (imenitelniy padej), 3) birlik sonni (yedinstvennoye chislo) bildirib kelgan; rus tilidagi uchu so‘z shakli tarkibidagi -uaffiksi ham uch grammatik ma’noni: 1) aniqlik (xabar) maylini; 2) hozirgi zamonni; 3) 3-shaxs birlikni ko‘rsatish uchun xizmat qilgan.


Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling