Tilshunoslikda tillarning qator tasniflari mavjud: 1) tillarning geneologik tasnifi; 2) tillarning morfologik tasnifi; 3) tillarning areal (geografik) tasnifi; 4) tillarning funksional tasnifi. - Geneologik tasnif tilshunoslikda tillarni tarixiy-qiyosiy usul bilan tekshirishning mahsuli bo‘lib maydonga keldi. Bu tasnifga ko‘ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, materiali (so‘z, undagi tovushlar, o‘zak va qo‘shimchalar) jihatidan yaqinligi, o‘xshashligiga asoslanib guruhlarga ajratiladi. Bir umumiy manbadan kelib chiqqan tillar qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi.
Tillarning geneologik tasnifi
Tilshunoslik tomonidan tekshirib aniqlangan til oilalari quyidagilardan iborat:
hind-yevropa tillari;
xamit tillar;
dravid tillari;
semit tillar;
koreys tili
ugor-fin tillari;
xitoy-tibet tillari;
iberiy-kavkaz tillari;
oltoy tillari;
avstroneziya tillari;
yapon tili;
O‘zbek tili oltoy tillar oilasiga mansub bo‘lib, uning turkiy tillar guruhiga kiradi. Oltoy tillar oilasi quyidagi tillar guruhlariga bo‘linadi: 1.Turkiy tillar 2.Mo‘g‘ul tillari 3.Tungus-manchjur tillari Turkiy tillar oltoy tillar oilasining ko‘p sonli va rang-barang guruhidir. Turkiy tillar ikki guruhga ajratiladi:
g‘arbiy turkiy tillari
sharqiy turkiy tillari
G‘arbiy turkiy tillari tarmog‘i o‘z navbatida yana to‘rt guruhga bo‘linadi: a) bulg‘or tillari (chuvash tili), b) o‘g‘uz tillari (gagauz, turkman, turk, ozarbayjon tillari), v) qipchoq tillari (tatar, boshqird, qumiq, no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tillari), g) qorluq tillari (o‘zbek, uyg‘ur tillari). Sharqiy turkiy tillari tarmog‘i ikki guruhga bo‘linadi: a) uyg‘ur-to‘kyuy tillari (tuva, yoqut, shor, xakas tillari), b) qirg‘iz-qipchoq tillari (qirg‘iz, oltoy tillari).
Do'stlaringiz bilan baham: |