Mavzu: Milliy til va adabiy til


Davlat tili odatda uch yo‘l bilan belgilanadi: 1


Download 17.63 Kb.
bet2/6
Sana15.09.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1678427
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Milliy til va adabiy til

Davlat tili odatda uch yo‘l bilan belgilanadi: 1.Tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan oladi.U, ko‘pincha, shu davlatdagi eng ko‘psonli millatning tili bo‘ladi. 2.Hukumat,prezident, parlament yoki rahbar organlar tomonidan xalqaro yoki jahon tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e’lon qilinadi.Davlat organlari,hukumat idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jo‘natiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, sessiya, konferensiya, congress va shu kabi yig‘inlar ana shu rasmiy tilda o‘tkaziladi.

3.Davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi shart deb e’lon qilingan til. Angliya , Kanada, Yaponiya, Xitoy,AQSh, Shetsiya, Norvegiya davlatlarida hech qaysi til davlat tili deb e’lon qilinmagan bo‘lsada, lekin ularda azaldan mamlakat aholisining ko‘p qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili, rasmiy til sifatida tan olingan.Gvineya,Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarida rasmiy til sifatida sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul qilingan.

O‘zbek adabiy tili va shevalari Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahjadeb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi.).Jumladan, o‘zbek milliy tilining uchta lahjalar (dialektlar) guruhi mavjud: 1. Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh). 2. Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh). 3. O‘g‘uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).

Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg‘ ona, Samarqand, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar: 1) so‘z oxiridagi ktovushi ytarzida aytiladi: elak - elay, terak - teray 2) olashish yuz beradi: aka - oka, nahor – nohor. 3) Bu lahjada qaratqich kelishigining qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rniga ham tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari. Qipchoq lahjasi shevalari O‘zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). Belgilari quyidagilar: 1) yo‘rnida j ishlatiladi: yo‘l - jo‘l, yo‘q - jo‘q. 2) g‘ o‘rnida v ishlatiladi: tog‘ - tov, sog‘ - sov va b. 3) so‘z oxirida k,q tovushlari tushiriladi: quru(q), sari(q). O‘g‘uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi. Belgilari: 1) unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism). 2)t tovushid,kesa g tarzida aytiladi: tog‘ - dog‘ , keldi - galdi. 3) -ning qo‘shimchasi –ing tarzida, -ga qo‘shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi: yorimga – yorima, alina (qo‘liga).


Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling