Mavzu: Milliy til va adabiy til


Download 17.63 Kb.
bet1/6
Sana15.09.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1678427
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Milliy til va adabiy til

Mavzu:Milliy til va adabiy til

Mavzu rejasi: 1. Milliy til va adabiy til. 2. Adabiy tilning belgilari. 3. O‘zbek tili ̶ davlat tili. 4. O‘zbek adabiy tili va shevalari.

Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q.

Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud.

Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so‘z) va grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi) jihatdan farq qiladi. Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi).

Adabiy tilning belgilari Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lib adabiy til uning tarixiy-madaniy ko‘rinishidir. Adabiy til millatning barcha vakiliga xizmat qilishi va ijtimoiy hayotning barcha sohasida qo‘llanishi bilan lahja va shevalardan ustun turadi.

Adabiy tilning muhim belgilari quyidagilardan iborat: 1. Me’yoriylik. Til me’yori til vositalarini qo‘llash qoidalari tizimidir. Til me’yori til tizimining barcha sathini qamrab oladi. Shunga ko‘ra to‘g‘ri talaffuz me’yori, to‘g‘ri yozish me’yori, leksik me’yor va grammatik me’yor kabilar farqlanadi. 2. Umummajburiylik. Umummajburiylik deganda jamiyatning barcha a’zosi tomo-nidan adabiy til qo‘llanishining majburiyligi, adabiy til me’yorlariga hammaning barobar rioya qilishi tushuniladi. 3. Kodifikatsiya. Bu til me’yorlarining ilmiy tavsifi bo‘lib, amalga oshirilgan ish lug‘at, qo‘llanma va darsliklarda qayd qilinadi. 4. Og‘zaki va yozma shaklning mavjudligi. Sheva va lahjadan farqli ravishda adabiy til og‘zaki shakldan tashqari yozma shaklga ham ega bo‘ladi. 5. Ko‘pvazifalilik. Adabiy til istalgan faoliyat sohasining kommunikativ ehtiyojlarini qondirishga qodir. 6. Uslubiylik. Adabiy til til tarmoqlangan vazifafiy uslublarga ega bo‘ladi.


Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling