Mavzu: molekulyar lyumenesensiya. Reja: Lyuminessent analiz. Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi va uning sinflanishi


Download 146.3 Kb.
bet1/10
Sana02.06.2024
Hajmi146.3 Kb.
#1834910
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MOLEKULYAR LYUMENESENSIYA


MAVZU: MOLEKULYAR LYUMENESENSIYA.
REJA:
1.Lyuminessent analiz. Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi va uning sinflanishi.
2.Lyuminessent moddalarning asosiy tavsifi.
3. Lyovshinning ko‘zgu simmetriyasi qoidasi.
4.Fluoressensiya intensivligining konsentratsiyaga bog‘liqligi.
5.Lyuminessensiyaning energetik va kvant chiqishlari.
6.Lyuminessensiyaga ta’sir etuvchi omillar.
7.Lyuminoforlarning kimyoviy tarkibi.


Tayanch so‘z va iboralar: Lyuminessensiya, fluoressensiya intensivligi, ko‘zgu simmetriyasi, lyuminoforlar, qo‘zg‘atish usuli, stoks siljishi, nurlanishning so‘nishi., foton energiyasi, Stoks-Lommelь qoidasi.


1.Lyuminessent analiz. Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi va uning sinflanishi.
Molekula tashqaridan energiya qabul qilib (masalan, foton energiyasi), qo‘zg‘algan holatga keladi va qabul qilgan energiyaning ortiqcha miqdori boshqa modda bilan to‘qnashib, uni isitishga-ya’ni aylanma tebranma va elektron energiyasini oshirishga sarf bo‘lishi mumkin.
Agar molekula bu ortiqcha energiyaning hammasini yoki bir qismini yorug‘lik energiyasi sifatida chiqarsa bunday hodisani lyuminessensiya hodisasi deyiladi.
Lyuminessensiya bu moddaning yutilgan energiyani yorug‘lik energiya holatida chiqarish va nurlanish qobiliyatidir.
Lyuminessensiyani akademik S.I. Vavilov quyidagicha ta’riflagan: jismning nurlanishida ortiqcha energiya nur sifatida ajralib chiqsa va uning nurlanish davri 10-10 sekunddan ortiq bo‘lsa lyuminessent nurlanish sodir bo‘ladi.
Fan sifatida lyuminessensiya birinchi bo‘lib 1861 yil Stoks ma’ruzasida ko‘rsatiladi, lekin 1945 yilgacha ko‘pchilik olimlarning fikricha fluorimetriya ishonchli usul emas deb hisoblangan.
Hozirgi kunda esa, bu qonun haqidagi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, sifat va miqdoriy jihatdan bu usul ancha yutuqlarga erishgan.
Lyuminessent analiz 3 qismga bo‘linadi. Bu navli analiz, lyuminessent mikroskopiya va kimyoviy lyuminessent analiz.
Navli analiz-moddaning ulьtrabinafsha nurlarida turli darajada navlanishiga asoslangan va keng sohada qo‘llaniladi. Masalan, yoqilg‘i, oyna va boshqa ob’ektlar analizida.

Download 146.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling