Mavzu: molekulyar lyumenesensiya. Reja: Lyuminessent analiz. Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi va uning sinflanishi


Download 146.3 Kb.
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi146.3 Kb.
#1834910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MOLEKULYAR LYUMENESENSIYA

So‘nishning ikkinchi turi - tashqi faktorlarning ta’siri, masalan eritmada begona ionlar ta’siri, nurni so‘ndirishning boshqa sabablari ham bor.

Haroratning ortishi bilan ham nurlanish so‘nadi.
Organik moddalarning qovushqoqligi harorat ortishi va natijada molekulaning tebranma harakati ortishi natijasida atomlar nur chiqarmasdan normal holatga o‘tishi mumkin.
Xona haroratida ko‘pchilik organik moddalar nur chiqarmaydi. Ularni sovitilsa nurlanish hosil bo‘ladi, chunki sovutilganda ba’zi bir molekulalarning aylanma harakati kamayib ketadi.
A.N. Trenin ma’lumoticha, aromatik birikmalarning bug‘ida, ya’ni molekulalarning o‘zaro ta’siri deyarli bo‘lmagan holda ham lyuminessensiya kuchli so‘nadi.
V.I. Levshinning kuzatishi bo‘yicha, bo‘yoqlarning eritmalarida harorat ta’sirida lyuminessensiyaning so‘nishi, modda konsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Konsentratsion so‘nish. Modda konsentratsiyasi ortsa ham nurlanish suayadi yoki butunlay so‘nadi.
Lyuminessensiyaning so‘nishi qaytar jarayondir. Modda konsentratsiyasining ortishi nurlanishni kamaytirsa yoki butunlay so‘ndirsa konsentrlangan eritmalarni suyultirganda esa nurlanish yana paydo bo‘ladi.
Nurlanishning so‘nishi haqida ikki nazariya bor:

  1. Molekulalarning assotsiatsiyalanishi nazariyasi.

  2. Energiyaning migratsiyalanish nazariyasi.

1) Konsentratsiyaning ortishi zarrachalar orasidagi masofaning kamayishiga olib keladi. Ko‘pchilik moddalar uchun konsentratsiya 10-4-10-3 gmolь orasida bo‘ladi. Bu vaqtda molekulalar oralig‘i 25-100Å ga to‘g‘ri keladi va nurning to‘lqin uzunligidan ancha kam assotsiatlarning hosil bo‘lishida muhit juda ahamiyatli.
Masalan, konsentratsiya 10-3 gsm3 bo‘lgan rodaminning suvli eritmasida lyuminessensiyaning chiqishi nolga teng, ammo butil spirtidagi eritmasi 10-2 gsm3 bo‘lganda nurlanish 40% gacha ko‘tariladi.
2) Ikkinchi- migratsion nazariya Vavilov S.I. tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning fikricha yutilish va nurlanish spektrlari bir-birini qoplab yuborsa so‘nish eng kuchli bo‘ladi.
Birinchi turdagi nurlanishni so‘ndiruvchilarga I-, Br-, SO42-, Cu2+, Fe2+, gidroxinon, anilin va boshqa oson oksidlanuvchilar misol bo‘lib, quyidagi qatorga qo‘yish mumkin: I->SCN->Br->Cl-[COO]2-2 >Ac->SO42->NO3->F-
Lyuminessensiyaning so‘nishiga moddalarning ta’siri har xil reagentlarga bog‘liq. Masalan, organik moddalar nurlanishiga ularning ta’siri quyidagicha

  1. Xinin sulьfat-KI bilan so‘ndirish.

  2. Xinin sulьfat-glyukol bilan

  3. Antratsen KI yoki anilin

  4. Antratsen- glyukol

  5. Xinin sulьfat-anilin



Lyuminessensiyaning chiqishiga va uning inten-sivligiga gazlar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa kislorod aromatik birik-malarning nur-lanishini kuchli so‘ndiradi. Lyuminessensiyaning so‘nishi kimyoviy yoki fizikaviy xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy xarakter belgilari quyidagicha:

  1. So‘ndiruvchini eritmaga qo‘shilganda lyuminessensiya spektrining o‘zgarishi.

  2. Eritmaning suyultirilgan vaqtda nur chiqishini avvalgi holiga kelmasligi.

SHu belgilar bo‘lmagan holda lminessensiya kamaysa yoki tamoman yo‘qolsa, u vaqtda nurlanish fizikaviy ta’sir natijasida ro‘y bergan bo‘ladi. Bunda qo‘zg‘algan molekula o‘z energiyasini so‘ndiruvchi moddaga bergan bo‘ladi.

Download 146.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling