Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Korxonalarning asosiy va aylanma aktivlari


Download 0.5 Mb.
bet100/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Korxonalarning asosiy va aylanma aktivlari.


Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapital aylanma mablag‘lardan farqli o‘laroq o‘zining qiymatini asta-sekinlik bilan bir necha takror ishlab chiqarish jarayonida amortizasiya fondi shaklida tiklab boradi. Asosiy vositalar takror ishlab chiqarish bosqichlarida kapital qo‘yilmalar orqali doiraviy ravishda shakllanib boradi.

Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning me’yordagi xizmat muddatlari mobaynida ajratiladi.
Amortizatsiya – asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning hissadorlik jamiyatlarining meyordagidek iqtisodiy faoliyati uchun aylanma mablag‘lar talab qilinadi.
Aksariyat iqtisodiy adabiyotlarda joriy aktivlarga investitsiya qilingan mablag‘larni “Aylanma mablag‘lar” atamasidan tashqari “aylanma kapital”, “aylanma aktivlar” yoki «joriy aktivlar” kabi ibo- ralar qo‘llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo‘jalik yuritishning xo- rijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko‘ra, aylanma aktivlar korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo‘lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko‘pincha korxonaning pul mablag‘lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag‘lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2018-yil 27-avgustda 21-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS)da aylanma aktivlar «joriy aktivlar deb e’tirof etiladi”.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling