Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binolar, imoratlar va inshootlar
- Uzatish qurilmalari
- Kuch mashinalari va asbob-uskunalar
- Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va asbob-us- kunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
- Harakatlanuvchi transport
- Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
- Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar
- Foyda solig‘i, uni kimlar to‘laydi
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali, biroq Soliq kodeksda belgilangan cheklangan normadan ko‘p bo‘lmagan tarzda hisoblanadi. 4. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘iSoliq solinadigan baza borasida shuningdek, foyda solig‘i ham eng murakkab hisob-kitoblardan biridir. Foyda solig‘i, uni kimlar to‘laydi? O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi); O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu bo‘limda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi); O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda norezidentlar deb yuritiladi); soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar; soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi. E’tibor berish lozimki, bu o‘rinda “doimiy muassasalar” jumlasi faqat soliqqa tortish maqsadida foydalanilmoqda, chunki bu korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanmaydi. Soliq to‘lovchilar – Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar foydani to‘lovchilar hisoblanadi. Soliqqa tortish obyekti – Soliq kodeksining 70-moddasida e’tirof etilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq jami daromad bilan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan, ko‘rsatilgan Nizomga ilovalarda belgilangan xarajatlar so‘mmasiga tuzatishlar kiritilgan foyda soliq obyekti hisoblanadi (banklar va sug‘urta tashkilotlari o‘z xususiyatlariga ega). Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi. Har bir soliq Soliq kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega bo‘ladi. Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanadi. Soliq kodeksida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi: yuridik shaxs uchun – ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq; faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun – Soliq kodeksning 49-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan, bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq; norezident uchun – Soliq kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar; yakka tartibdagi tadbirkor uchun – Soliq kodeksning 51-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq; zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun – birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling