Foyda solig‘i quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Soliq solinadigan baza = Foyda (QQS va aksizsiz) – xarajatlar + favqulodda xarajatlar – faoliyat natijasi bo‘yicha zararlar
Foyda solig‘i = Soliqqa tortiladigan baza x 15%
Foyda solig‘ini hisob-kitobning asosiy qiyinligi daromadni aniqlash, hisobga olinmaydigan xarajatlarning chegirib tashlanishi, norezidentlarning daromadiga aniqlik kiritishdadir.
Foyda solig‘i bazasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan daromadlarga quyidagilar kiradi:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushgan foyda. Odatda har bir faoliyat turini o‘zining muayyan daromadlari bo‘ladi;
boshqa daromadlar;
tannarxidan past yoki olingan bahosidan past realizatsiya qilinganda tannarxi bo‘yicha yoki olingan bahosi bo‘yicha sotilgan hisoblandi ( bir necha eksport va davlat baholaridan tashqari).
beg‘araz olingan mulklar, xizmatlar.
Hisobga olinmaydigan xarajatlar – bu korxonaning o‘zi shaxsiy tashabbusi bilan yoki noto‘g‘ri boshqarganligi sababli aniqlangan va moddiy javobgar shaxslardan undirilgan xarajatlar kiradi. Shuningdek:
Faoliyat natijasi bo‘yicha zararlar – agar korxona joriy yilda faoliyatni zarar bilan yakunlasa, u holda soliq solinadigan bazani zararning qismlari yoki to‘liq hajmi miqdoriga kamaytirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda soliq solinadigan bazani 50 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorga kamaytirishingiz mumkin.
E’tibor berish lozimki, foydaga solinadigan soliq faqat yil yakuniga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdoriga kamaytirilishi mumkin. Foyda solig‘i soliq stavkalari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |