Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
Amortizatsiya
| |
Eskirish | |
Amortizatsiya - asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. |
Eskirish asosiy vositalardan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekinlik bilan yo‘kotishi jarayonidir. |
Amortizatsiya hisoblash asosiy |
Eskirish ishlab chiqarish |
vositaning eskirishini hisobga olgan |
jarayonida asosiy vositalardan |
holda qiymatini mahsulot tannarxiga |
foydalanish xususiyatlariga |
o‘tkazilishi hisoblanadi. |
bog‘liq. |
Amortizatsiya ishlab chiqarish jara- |
|
yonida is’temol qilingan asosiy vosi- |
|
talar qiymatini shakllantirish maqsa- |
|
dida pul fondini shakllantirish |
|
jarayonidir. |
|
Umumiy xulosa qilib aytganda eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart sharoitidir. |
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga ko‘ra, “aylanma mablag‘lar” va “aylanma aktivlar” o‘rtasida sezilarli farq yo‘q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg‘i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yo‘llash va ularning mehnatiga haq to‘lashga bo‘nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan qo‘shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi. “Joriy aktivlar” tovar-moddiy zahiralar, kelgusi davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar so‘mmalaridan iboratdir. Ular
quyidagilardan iboratdir:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2018-yil 27- avgustda 21-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Tovar-moddiy zahiralar”ga muvofiq tovar-moddiy zahiralarga quyidagi alohida oshkor qilinadiganlar kiritiladi:
ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalanish uchun mo‘ljallangan xom ashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idish, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa materiallar zahiralarini, parvarish qilinayotgan va bo‘rdoqiga boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish bo‘yicha xarajatlar, materiallar qiymatidagi tafovutlarni o‘z ichiga oladigan ishlab chiqarish zahiralari;
tugallanmagan asosiy ishlab chiqarish, xususiy ishlab chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni o‘z ichiga oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish;
tayyor mahsulot;
tovarlar.
Debitorlik qarzlari. Debitorlik qarzlari bo‘yicha xaridor va buyurtmachilarning qarzlari, alohida bo‘linmalar qarzlari, sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan bo‘naklar, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, byudjetga
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ustav sarmoyasiga qo‘yilmalar bo‘yicha ta’sischilarning bo‘nak to‘lovlari, boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzlari hamda boshqa debitorlar qarzlari so‘mmalari hisoblanadi.
Pul mablag‘lari bo‘yicha kassadagi naqd pul mablag‘lari qoldig‘i, hisob-kitob raqamidagi pul mablag‘lari, valyuta hisobraqamidagi pul mablag‘lari va boshqa pul mablag‘lari (bankdagi maxsus hisobraqamlar, pul ekvivalentlari, yo‘ldagi (o‘tkaziladigan) pul mablag‘lari) summalari oshkor qilinishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag‘larga yetarli tarzda ega bo‘lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg‘i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag‘lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Kapitalning aylanishi 3 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
tayyorlash(sotib olish),
ishlab chiqarish
sotish.
P-T-i/ch-T-P
Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma ishlab chiqarish fondlari, tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
bosqich - pul-tovar (P-T);
bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch); 3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy-buyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalash- tirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehti- yojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Ishlab chiqarishda band bo‘lgan aylanma mablag‘lar kattaligini belgilovchi asosiy omillar bu, mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish sikli uzunligi, mehnatni tashkil qilish, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasi, mehnat predmetlari va qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag‘lar kattaligi, shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta’minot va mahsulotni sotish tizimini tashkil qilish darajasi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, aylanma mablag‘lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:
xom ashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda zarur bo‘lgan boshqa mehnat predmetlari;
ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg‘i kabi resurslar uchun haq to‘lash;
korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to‘lanishi;
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash.
Bozor munosabatlari va deyarli barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida aylanma mablag‘lar, birinchi o‘rinda moddiy resurslardan ratsional foydalanish va ularni shakllantirish zahiralarini izlab topish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Bunda zahira deganda, moddiy va pul resurslarini yaxshilashning
yuzaga kelgan yoki yuzaga kelayotgan, lekin hali foydalanilmagan (to‘liq yoki qisman) imkoniyatlarini tushunish lozim.
Demak, umumlashtrilgan holda xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, aylanma aktivlar korxonaning aktivlarga investitsiya qilingan mablag‘larining joriy aktivlarga investitsiya qilingan qismini o‘zida aks ettiradi. Ular korxonalarning meyordagidek faoliyati uchun zarur bo‘lib, ishlab chiqarish va muomala fondlarini tashkil etadi.
Aylanma aktivlar o‘zlarining iqtisodiy tavsifiga ko‘ra bir qator guruhlarga turkumlanadi. Bularni quyidagi turkumlanishida ko‘rishimiz mumkin.
Ishlab chiqarishdagi funksional roliga bog‘liq holda:
Aylanma ishlab chiqarish fondi;
Muomala fondlari.
Aylanma mablag‘larning turkumlanishi.
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish jaryonida 2 turga ajratiladi: Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘lar va ma’lum darajada ishlab chiqarish jarayonidan chetlashga muomala fondlari.
Aksariyat iqtisodchilarning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan aylanma mablag‘lar tarkibida muomala fondlarining haddan ziyod ko‘payib ketishi aylanma aktivlarning samaradorligini pasayishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Nazorat amaliyoti, rejalashtirish va boshqarish amaliyotiga bog‘liq holda:
meyorlashtirilgan aylanma mablag‘lar(meyorlashtirilgan aylanma mablag‘larga barcha aylanma ishlab chiqarish fondlari va shuningdek, muomala fondlarining bir qismi ham kiritiladi, qaysiki korxona omborlarlaridagi realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot ko‘rinishidagi qoldiqlar);
meyorlashtirilmagan aylanma mablag‘lar (mayorlashtirilma- gan aylanma mablag‘larga muomala fondlarining boshqa element- lari kiritiladi: istemolchilarga jo‘natilgan ammtulanmagan tovarlar, pul mablag‘lari va boshqa hisob-kitoblar);
Aylanma mablag‘larni shakllantirish manbalariga bog‘liq holda:
Xususiy aylanma mablag‘lar;
Qarz aylanma mablag‘lar.
Likvidliligiga bog‘liq ravishda:
Absolyut likvidli mablag‘lar;
Tez realizatsiya qilinadigan likvidli mablag‘lar;
Tez realizasiya qilinmaydigan mablag‘lar.
Kapital quyilmalar xarajatlari darajasiga qarab:
Past darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma mablag‘lar;
O‘rtacha darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma mablag‘lar;
Yuqori darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma mablag‘lar.
Moddiy mazmuniga bog‘liq ravishda aylanma mablag‘lar:
Mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab chiqarish);
Tayyor mahsulot va tovarlar, pul mablag‘lari va hisob-kitobdagi mablag‘larga bo‘linadi.
Balansda aks ettirilish uslubiga ko‘ra aylanma mablag‘lar quyidagicha guruhlanadi:
Zahiradagi moddiy aylanma mablag‘lar – Yez
Debitorlik Qarzlari – Yedz
Pul mablag‘lari – Yed.
Umuman xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, aylanma aktivlarning turkumlanishi ularning ishlab chiqarish jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Aylanma mabag‘larning yuqoridagi tartibda turkumlanishi, ularni tahlil qilish va boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish asosiy omillardan biri vazifasini bajarishi mumkin.
Download 0.5 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling