Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
-MAVZU: YURIDIK SHAXSLARDAN TO‘LAYDIGAN SOLIQLAR VA YIG‘IMLAR
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxs va ulardan undiriladigan soliqlar, yig‘imlar va soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar
15-MAVZU: YURIDIK SHAXSLARDAN TO‘LAYDIGAN SOLIQLAR VA YIG‘IMLARReja: Yuridik shaxs va ulardan undiriladigan soliqlar, yig‘imlar va soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan o‘rni. Korxonalarning daromadlari va xarajatlari. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i. Kalit so‘zlar: Balans, smeta, majburiyat, tashkilot, asosiy va aylanma aktivlar, umumdavlat soliqlar, mahalliy soliqlar, yagona soliq to‘lovi va soliq tizimi. Mashg‘ulotning maqsadi: Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibidagi o‘ziga xosligini, hamda mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyatlarini o‘rganish. O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar. O‘qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob be- rish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish. Yuridik shaxs va ulardan undiriladigan soliqlar, yig‘imlar va soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlarYuridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi: O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ bosh- qaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot; Chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘lgan xorijiy va (yoki) halqaro tashkilot. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tash- kilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investit- siyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompa- niyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish ushbu investitsiya fondini (pay fondinin yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish uchun asos bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi. Chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsni nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi Soliq kodeksning 130-moddasida belgilangan tartibda soliq organida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi shart. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin. Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi. Yuridik shaxsning huquq, layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tuga- tiladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxs qonunda ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shu- g‘ullanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazar tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Yuridik shaxs o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega bo‘ladi. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa - boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko‘rsatishi kerak. Yuridik shaxsning nomiga to‘la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga ana shunday nomni yoxud davlat ramzlari elementlarini qo‘shishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Yuridik shaxsning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi. Yuridik shaxs o‘zi bilan bo‘ladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim hamda o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs o‘z firma nomiga ega bo‘lishi lozim. Yuridik shaxs o‘z firmasining nomidan mutloq foydalanish huquqiga egadir. Yuridik shaxslarni davlat byudjeti bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishda soliqlar alohida o‘ringa egadir. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar vositasida yuridik shaxslarning daromadlari davlatning markazlashtirilgan pul fondlariga mobilizatsiya qilinadi. Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliq majburiyati mazkur alohida bo‘linmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan bo‘lsa va ular mustaqil balansga ega bo‘lsa, mustaqil ravishda bajariladi. Soliq solinadigan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv muassasasi bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassasasi tomonidan yuklatilgan bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va majburiy to‘lovlarning aksariyati yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni tashkil etadi. Buni quyida ko‘rishimiz mumkin. qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); aksiz solig‘i yuridik shakxslarning foyda solig‘i; jismoniy shaxslarning daromad solig‘i; yer qa’ridan fordalanganlik uchun soliq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; mol mulk solig‘i yer solig‘i; ijtimoiy soliq. Soliq tizimida mavjud bilvosita va bevosita soliqlarning aksariyati yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, Respublika byudjeti daromadlarini tashkil qiluvchi soliqlar bilan birga mahalliy byudjetlarning daromad manbai hisoblanuvchi soliqlarning asosiy qismi yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarni tashkil qiladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning alohida tartibi ko‘zda tutilgan yuridik shaxslar (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tgan qishloq xo‘jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari) bundan mustasno. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling