Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan o‘rni


Download 0.5 Mb.
bet99/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan o‘rni


Ma’lumki, soliqlar o‘ziga xos ravishdagi fiskal funksiyani bajaradi va davlat byudjeti daromadining asosiy manbai hisoblanadi. Soliq tizimidagi mavjud soliqlar va xususan, yuqori darajadagi fiskal ahamiyat kasb etuvchi soliqlar yuridik shaxslardan olinadigan


soliqlar hisoblanadi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy salmoqqa ega bo‘layotgan bilvosita soliqlar: qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz soliq va yuridik shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlari hisobla- nadi. Bevosita soliqlarning tarkibidagi yuridik shaxslar foydasidan uniriladigan soliq ham jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar qatorida yer solig‘i, mol-mulk solig‘i mavjud bo‘lib, ular mahalliy byudjetlarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Bu o‘z navbatida yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatining yuqoriligidan dalolat beradi.
Umuman, xulosa sifatida aytiladigan bo‘linsa, yuridik shaxs- lardan undiriladigan soliqlar soliq tizimida yetakchi mavqeyga ega bo‘lib, davlat byudjeti daromadlarini asosiy salmog‘ini tashkil qiladi.


  1. Korxonalarning daromadlari va xarajatlari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi har qanday xo‘jalik subyektlari moliyaviy iqtisodiy faoliyatini


belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha olingan pul tushumlari hisoblanadi.
Jami daromad yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir.
Jami daromad, agar Soliq kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini inobatga olmagan holda aniqlanadi.
Ushbu bo‘lim maqsadida jami daromadga (bundan buyon ushbu bo‘limda daromad deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo‘lgan daromadlar (bundan buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi daromadlar kiradi:

  1. tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad;

  2. kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) bo‘yicha mukofot tarzidagi daromad;

  3. sug‘urta, qayta sug‘urta tashkilotining sug‘urta, qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha daromadi;

  4. REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad;

  5. qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha Soliq kodeksning 327 -329-moddalariga muvofiq olingan daromad;

  6. asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning Soliq kodeksning 298-moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan daromad;

  7. moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni berish bo‘yicha pul mukofoti tarzidagi daromad;

  8. mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno;

  9. royalti;

  10. Soliq kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);

  11. inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-mod- diy zahiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad;

  12. qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan Soliq kodeksning 317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno;

  13. Soliq kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromad;

  14. Soliq kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromad;

  15. Soliq kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromad;

  16. Soliq kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad;

  17. qarzdor tomonidan e’tirof etilgan yoxud qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek, zararlarning (ziyon- ning) o‘rnini qoplash summalari;

  18. Soliq kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy

farq;



  1. dividendlar va foizlar;

  2. ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni

ishonchli boshqarishdan olingan daromad;

  1. shakllantirilish xarajatlari Soliq kodeksning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul qilingan, qayta tiklangan zahiralar summalari;

  2. aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga o‘z ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechgan taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromad;

  3. korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad;

  1. Soliq kodeksning VI bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad;

  2. Soliq kodeksning VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;

  3. alohida hisobi mavjud bo‘lmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan maqsadli mablag‘lar tarzidagi daromad (bundan budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari qo‘llaniladigan budjet mablag‘lari mustasno);

  4. ushbu qismning 1-26-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar.

294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida (O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi) ko‘rsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan ushbu bo‘limga ko‘ra chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
Soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (Soliq kodeksning 333-336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar tushuniladi.
Har qanday chiqimlar, basharti ular hech bo‘lmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar deb e’tirof etiladi:

  1. daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan bo‘lsa;

  2. shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur bo‘lsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan bo‘lsa;

  3. qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.

Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlar tushuniladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar;

  2. tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida qo‘llaniladigan tartibga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar;

  3. boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan, xizmat safari to‘g‘risidagi buyruq, yo‘l hujjatlari, shartnomaga muvofiq ko‘r- satilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar.

Soliq kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qo‘shilgan qiy- mat solig‘ining summasi, shu xarajat sifatida e’tirof etilmaydi, bundan Soliq kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling