Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘ining soliq stavkasi qancha
- Yuridik shaxslarning to‘laydigan soliq turlari nechta
- 16-MAVZU: JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I
Mashg‘ulotning xronologik xaritasi – 80 daqiqa
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari Yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘ini kim hisob-kitob qiladi? yuridik shaxsni o‘zi yer uchastkasi joylashgan tuman DSI Respublika soliq organi viloyat soliq organi Yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘ining soliq stavkasi qancha?A) 5% B) 3,5% 4% 3% Yuridik shaxslar qaysi soliq turlarini to‘laydilar?Egri To‘g‘ri Bilvosita va bevosita Xorijiy soliqlarni Yuridik shaxslarning to‘laydigan soliq turlari nechta?11 10 9 8 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 2020-yilda necha foiz?12 13 15 16-MAVZU: JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘IReja: Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning shakllanishi va ularning ahamiyati. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq. Jismoniy shaxslar daromad solig‘ini deklaratsiya bo‘yicha to‘lash. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqdan belgilan- gan soliq imtiyozlari. Kalit so‘zlar: jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, imtiyozlar, yer solig‘i, soliq to‘lovchilar. Mashg‘ulotning maqsadi: Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibidagi o‘ziga xosligini, hamda mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyatlarini o‘rganish. O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar. O‘qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanish- tirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qi- tishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning shakllanishi va ularning ahamiyatiSoliq kodeksining 52-bob 364-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi. Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi. Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biron-bir davlatda turgan muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi, soliq subyektlari nuqtai nazardan 3ta asosiy turkumga ajratiladi: Jismoniy shaxslarni(rezident) soliqqa tortish tizimi; Yakka tadbirkorlik faoliyatini shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi; Norezident jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar asosan bevosita soliqlardir. Shuningdek, renta xususiyatiga ega bo‘lgan soliqlarning ham ayrim turlarini to‘laydilar. Jismoniy shaxslar olgan daromadlari, mulklaridan va iste’molda soliq to‘laydilar. Ular tomonidan to‘langan soliqlarning davlat byud- jetini shakllantirishdagi ulushi yuqoridir. Ayniqsa, jismoniy shaxslar daromadlaridan to‘lanaldigan soliqning davlat byudjetidagi ulushi yuqoridir. Shuningdek, jismoniy shaxslardan undirilgan soliqlar mahalliy byudjetlarning daromadlarida sezilarli ulushga egadir. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig‘imlar: Umumdavlat soliqlari: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq; Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar: Mol-mulk solig‘i; Yer solig‘i; Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va transport vositalariga yoqilg‘i ishlatganlik uchun undirila- digan soliqlarni keying mavzularimizda batafsil ko‘rib chiqamiz. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling