Moliya siyosati (финансовая политика/financial policy) – bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisi.
Moliya tizimi (финансовая система/Financial system ) – moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar majmui.
Moliyaviy nazorat (финансовый контроль/Financial control)
moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish ko‘rinishida namoyon bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishini belgilab beradi. Moliyaviy strategiya (Financial strategy/finansovaya strategiya) – moliya siyosatining istiqbolga mo‘ljallangan va ijtimoiy hamda iqtisodiy strategiya orqali belgilangan keng ko‘lamli masalalarni
xal etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli rejasi.
Moliyaviy taktika (финансовая тактика/Financial tactics) – moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullari.
Moliyani boshqarish (управление финансами/financial management) – subyektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish, yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish usullari yig‘indisi.
Muassasalar (учреждения/Establishment) – boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot.
Mulk (недвижимость/real estate) – iqtisodiy kategoriya sifatida moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning huquqiy shakli.
Nazorat (контроль/control)– jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘ini.
Do'stlaringiz bilan baham: |