Davlat byudjeti (государственный бюджет/state budget ) – davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘ lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat zayomlari (госзаёмы/Public debts) – kredit munosabatlarining turi bo‘lib, unda davlat (yoki uning mahalliy organlari) zayom beruvchi yoki kreditor rolida namoyon bo‘ladi.
Davlat qarzini boshqarish (управление государственными долгами/Management of public debts) – davlat boshqaruv organlarining davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va to‘lash, ssudalar va kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yig‘indisi.
Davlat krediti (государственный кредит/state credit ) – bu bir tomondan davlat va ikkinchi tomondan jismoniy va huquqiy shaxslar o‘rtasidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ularni davlat xarajatlarini moliyalashtirishga sarflash hamda korxonalar va tashkilotlarga muddatlilik, to‘lovlilik va qaytaruvchanlik asosida moliyaviy yordamlar berish bo‘yicha pul munosabatlari yig‘indisi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari (государственные целевые фонды/state trust funds) – Davlat byudjeti tarkibida jam-lanadigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har bin uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek, shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat xarajatlari (государственные расходы/State expenditure) – markazlashgan va markazlashmagan davlat daromadlarini foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlar. Direktiv (ma’muriy) moliya mexanizmi (административный финансовый механизм/administrative financial mechanism) – davlat ishtirok etadigan moliya munosabatlari soliqlar, davlat krediti, byudjet xarajatlari, byudjet dan moliyalashtirish, byudjet qurilmasi va byudjet jarayonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil
etishning barcha tizimlarini batafsil ishlab chiqilish
Do'stlaringiz bilan baham: |