Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet133/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Yig‘im (сбор/Gathering ) – ayrim tovar turlari bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqini olish uchun to‘lanadi. Tovar turlari bilan chakana savdo qilish huquqi ruxsat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi. Qayta moliyalashtirish (рефинансирование/Refinancing ) – 1) yangi zayomlar chiqarish orqali davlat qar- zini qoplash, bunda asosan qisqa muddatli majburiyatlar yoki qoplash muddati tugayotgan majburiyatlar, uzoq muddatli qimmatli qog‘ ozlar almashtiriladi; 2) qarz, zayom muddatini uzaytirish va (yoki) uning so‘mmasini oshirish; 3)
kredit shartlarini o‘zgartirish (qoplash grafigi, foiz stavkasi).
Kapital qo‘yilma (капитальные вложение/Capital an investment ) – ma’lum maqsad uchun, ko‘pchilik hollarda muayyan obyektlar qurilishi yoki ta’mirlanishi, yangi quvvatlarni o‘zlashtirilishi uchun davlat markaziy yoki mahalliy mablag‘lari, korxona mablag‘lari hisobidan moliyaviy fondlarning ajratilishi. Asosiy fondlar, binolar, uskunalarni sotib olish yoki takomillashtirish uchun pul mablag‘ lari xarajatlari.
Qarz (долг/debts) – jismoniy yoki yuridik shaxsning shartnomada ko‘zda tutilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra vujudga keluvchi majburiyati bo‘lib, unga muvofiq qarzdor pul yoki natura holidagi muayyan mulkni shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan muddatda ikkinchi tomon (jismoniy yoki yuridik shaxsga yoxud davlat)ga topshirishi lozim bo‘ladi. Qarzli moliyalashtirish (долговые финансирование/Debt financing ) turli manbalardan, obligatsiyalar va boshqa qarz
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan kreditlar va qarzlar.
Qarzni to‘lashga qobiliyatsizlik (неплатежоспособность/ Insolvency ) – qarz majburiyatlarini bajarishlik uchun qarzdor to‘lov qobiliyatining yo‘qolishi.
Kasaba uyushmalari (профсоюзы/Trade unions) - ishlab chiqarishda, xizmat ko‘rsatish va madaniyat sohasida faoliyatining umumiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatkashlarni birlashtiruvchi ommaviy tashkilotlar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling