Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Qimmatli qog‘ozlar bozori (рынок ценных бумаг/ Securities market)


Download 0.5 Mb.
bet134/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Qimmatli qog‘ozlar bozori (рынок ценных бумаг/ Securities market) – qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar) bilan savdo-sotiq amalga oshiriladigan bozor. Ssuda kapitali bozorining tarkibiy qismlaridan, u yerda qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya) bilan savdo-sotiq operatsiyalari amalga oshiriladi.
Korxonani moliyalashtirish (финансирование предприятий/Financing of the enterprises) – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (НДС / VAT) – qo‘shimcha sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatidan to‘lanadigan soliq
Mahalliy byudjet (местные бюджеты/Local budgets ) – Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘ lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi (O‘zRning “Byudjet tizimi to‘g‘ risida”gi Qonuni).
Mahalliy soliqlar hamda majburiy to‘lovlar (местные налоги и сборы/Local taxes and tax collections) – yuridik va jismoniy shaxslar daromadlaridan mahalliy davlat idoralari ehtiyoji uchun qonunda belgilangan miqdorda va tartibda muntazam ravishda to‘lab boriladigan to‘lov turi.
Moliya (финансы/Finance) – bu davlat tomonidan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarni bajarish uchun mo‘ljallangan umumdavlat pul fondlarini shaklllantirish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari yig‘indisi.
Moliya bozori (финансовый рынок/financial market) moliyaviy (pul) resurslari va investision qiymatliklarni (moliyaviy resurslarni tashkil qilish vositalarini) sotuvchilari va xaridorlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar sohasi.
Moliya mexanizmi (финансовый механизм/financial mechanism) – taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni taominlovchi shakl va usullar yig‘indisi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling