Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini
Mavzu: O’zbek kompozitorlari. O’zbek kompozitorlari Sh.Yormatov, N.Norxo’jayev, A.Mansurov, D.Omonullaevalar kabi kompozitorlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot
Download 1.64 Mb.
|
2 var musiqa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shermat Yormatov
Mavzu: O’zbek kompozitorlari. O’zbek kompozitorlari Sh.Yormatov, N.Norxo’jayev, A.Mansurov, D.Omonullaevalar kabi kompozitorlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yilning 7-martida Qo‘qonda tabib oilasida tug‘iladi. ”Otam savodli bo‘lgani uchun men 1899 yildan 1906 yilgacha madrasada eski usul bilan dars o‘qishda davom etdim” — deb Hamza tarjimai holida aytib o‘tgandi. Madrasadagi o‘qishlarni u ma’qul topmasdan tinimsiz o‘z ustida ishlay boshlaydi. Sharq adabiyotining ulug‘ siymolari ijodini qunt bilan o‘rganadi va 1905 yildan boshlab ijodiy mashiqlarga berilib ”Nihon” taxallusi bilan she’rlar, g‘azallar yoza boshlaydi. 1905-1915 yillar davomida Hamzaning 214 ta she’riy turkumi nashrdan chiqadi. Hamza el-yurtining istiqloli va istiqboliga xizmat qilishdek olijanob maqsad bilan nafas oladi va yurtdoshlarini bu ayanchli turmush girdobidan ro‘shnolikka olib chiqish yo‘llarini axtaradi. Nihoyat o‘sha davrning peshqadam ziyolilari kabi ma’rifatparvarlik bosqichiga ko‘tariladi va hamma narsaning bosh omili, imkoni, davosi bu ilm-ma’rifat degan xulosaga keladi. Hamza dastlab Toshkentda, keyinchalik Qo‘qon va Turkiston shaharlarida ”usuli savtiya” - yangi usuldagi maktab ochadi. Maktab o‘quvchilariga sharoit yaratish maqsadida ”Yordam jamiyati” tuzadi. Boshlang‘ich sinflar uchun ”Yengil adabiyot”, ”Qiroat kitobi” qo‘llanmalarini yozadi va o‘zi ham muallimlik qiladi. Bundan tashqari ”O‘qishni”, ”Qalam”, ”Bilim”, ”Maktab” kabi she’rlar va ”Yangi”, ”Baxt”, ”Feruzaxonim” nomli povestlarini yozib tomomlaydi. Hamza ”Biz ishchimiz”, ”Yashangiz ishchi dehqonlar”, ”Berma erkingni qo‘ldan” kabi o‘nlab she’rlari tufayli ”inqilob kuychisi” deb taniladi. U 1918 yilda Farg‘onada musiqali dramatik truppani tashkil etadi. Hamza Hakimzoda Niyoziy O‘zbekiston hukumatining 1926 yilning 27 fevralidagi qarori bilan ”O‘zbekiston xalq yozuvchisi” degan faxriy unvonga sazovor bo’lgan Shermat Yormatov (1939.17.10, Fargʻona tumani[1]) — xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99 oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va "Boychechak" xor studiyasining rahbari (196282), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), "Bulbulcha" bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). Ayni paytda A. Qodiriy nomidagi Madaniyat instituti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994). Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi: "Salom maktab", "Gʻildiragim", "Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!", "Sumalak", "Oymomojon rom boʻldi", "Qizaloq", "Xon atlas", "Bu yurtning yoshlari", "Chitti gul" (folkloretnografik syuita), "Assalom hayot" kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) va b. Aksariyat qoʻshiklari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970-yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy "Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim", "Birgalikda kuylaymiz" telekoʻrsatuvlarini olib boradi. "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1994).[2]2021 22 dekabrda olamdan utdi Kompozitor A.Mansurovning ijodiy faoliyatida estrada janrida ham unumli ijod qilib kelmoqda. «Navro‘z», «Chimyon», «Oydin yo‘l», «Chamandagi chamanim», «Sog‘inib o‘yg‘onar tonglar...», «Talabalar qo‘shig‘i», «Askarlar qo‘shig‘i» (Nazarmat so‘zi) kabi estrada qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Shuni aytish joizki, Nadim Norxo‘jaev zamonaviy estrada qo‘shiqchiligiga katta e'tibor berib kelmoqda. U estrada xonandalari va turli vokal-cholg‘u estrada ansambllariga rang-barang, jozibali qo‘shiq va cholg‘u kuylar yaratib, ularning repertuarlarini boyitishga ko‘maklashmoqda. Masalan, uning «Dilda bahor» (M.Qoriev so‘zi), «Seni zor etgandim» (M.Mirzaev so‘zi), «Chavandoz bir yigit bor» (S.Qo‘qonboev so‘zi), «Yor yo‘li» (T.To‘la so‘zi), «Ishq asiri» (Z.Obidov so‘zi), «Yigitlar tor chertsalar» (E.Oxunova so‘zi), «Yor menga uzuk taqdi», «Vafodan so‘rarding», «eturmiz visoliga» (P.Mo‘min so‘zi), «Qora ko‘zim», «Ko‘ngil bog‘lasang», «Nikoh uzugi» (N.Narzullaev so‘zi), «Yoshimni so‘rama» (S.Zunnunova so‘zi), «Sening sehring bor» (O.Mo‘min so‘zi), «Jannatmakon diyor bu» (Sh.Dadash so‘zi) kabi qo‘shiqlari respublikamizda taniqli ijrochilar repertuaridan joy olib, radio oltin fondidan o‘rin olganlar. Estrada qo‘shiqchiligini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun 1981 yili O‘zbekiston Yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan. Uning qo‘shiqlari «O‘zbekiston — Vatanim manim» respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni oldi. Shuningdek, kompozitor «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi uchun ko‘plab mazmundor va shirali qo‘shiqlar yaratib kelmoqda. Bular orasida: «Toychoq» (H.Muhammad so‘zi), «Olam gulga to‘laversin» (P.Mo‘min so‘zi), «Qoshiq-qoshiq» (H.Muhammad so‘zi), «Gullola» (Qambar ota so‘zi), «Parvozdagi qushchalar» (M.Mirzo so‘zi), «Yurtim bahori» (Sh.Qo‘shnazarov so‘zi), «Boychechak» xor jamoasiga «Mustaqillik lolalari», «Do‘stlik taronasi» (N.Narzullaev so‘zi), «Shodlik va tinchlik» (P.Mo‘min so‘zi) va boshqalar. Harbiy vatanparvarlik mavzusida ham bir talay jangovar qo‘shiqlar, damli cholg‘ular orkestri uchun marshlar yaratdi. Kompozitorning qo‘shiqlari “Mustaqillik”, “Navro‘z” umumxalq bayramlarida yangragan, “O‘zbekiston Vatanim manim”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” Respublika qo‘shiqlar tanlovlarida ko‘plab sovrinli o‘rinlarni egallagan. D.Amanullaevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U.Azimov, N.Narzullaev, J.Jabborov, A.Suyun, O‘.Raxmat, Z.Obidov, P.Mo‘min, Z.Mo‘minova, H.Xudoyberdieva, I.Jiyanov, Sh.Turob, Q.O‘taev, M.Omon, S.To‘ychieva, Y.Suyunov, E.Madrahimov va boshqalarning so‘zlariga turli mavzularda 250 dan ortiq qo‘shiqlar yaratdi (shular ichida 100tasi bolalar uchun). Ular orasida «Men seni hyech kimga bermayman», «Yomg‘ir yog‘di», «Saraton», «Siz yoqqansiz menga hamisha», «Ikki daraxt», «Sen qaydasan», “Bolicha”, “Yakkadir Toshkent”, “Toshkentim yagonadir”, «Yashnayver, O‘zbekiston», “Istiqlol kuning muborak bo‘lsin”, “Unutmadim”, “Sen eding”, “Sen ketarsan”, «Yolg‘on dunyo», «Otash zamon», “Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik”, “Boshim egib qo‘yma, dunyo” va boshqalar estrada xonandalari K.Razzoqova, M.Toshmatov, S.Nazarxon, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, Sogdiana (Oksana Nechitaylo), A.Shodieva, R.Bo‘ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo‘ldi. Kompozitor turli yoshdagi bolalar uchun ham ko‘p qo‘shiqlar bastaladi. P.Mo‘min she'rlariga “Topishmoq qo‘shiqlar” – 16ta qo‘shiqlar turkumi (1991 y), “Alifbo qo‘shiqlari” – 29 ta qo‘shiqlar turkumi, “Xumo qushi”, “Etikcham” (Q.O‘taev she'ri), “Diloromning qo‘shig‘i” (I.Donish she'ri) - teleradio to‘lqinlarida doimo yangrab kelmoqda: 1994 yili shoira Nodira g‘azallariga fortepiano va ovoz uchun 2 ta romans: “Yor kerak oshiqqa”, “Jahondin kech” yaratildi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling