Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini
Mavzu: O’zbek xalq cholg’ulari orkestri. Orkestr.O’zbek xalq cholg’ulari orkestri turlari va tuzilishi
Download 1.64 Mb.
|
2 var musiqa
Mavzu: O’zbek xalq cholg’ulari orkestri. Orkestr.O’zbek xalq cholg’ulari orkestri turlari va tuzilishi
Orkestr — turli cholg‘u ijrochilari guruhlaridantuzilgan jamoa bo‘lib, ko‘rsatilgan tarkib uchun yaratilgan musiqa asarini ijro etadi. Hammamiz biladigan kichik ansambllardan farqi shundaki, ularda sozandalar soni ko‘p bo‘lib, bir necha guruhdan tashkil topadi. Orkestrlar cholg‘ular tarkibiy tuzilishiga ko‘ra turUcha bo‘ladi:Simfonik orkestr, Duxovoy orkestr, Torli orkestr, Estrada orkestri, 0‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri shular jumlasidandir. Ta’kidlash lozimki, hamma xalqlarning ham o‘z cholg‘ularidan tuzilgan orkestri bo‘lishi mumkin. Sanab o‘tilgan orkestrlardan tashqari tarkibi kamaytirilgan kamer (kichik) orkestrlar ham uchrab turadi. Uzoq davrlardan beri xalqimiz o‘rtasida keng tarqalgan sozla- rimizdan 1936-yilda birinchi xalq cholg‘ulari orkestri tuzilgan. Cholg‘ularimizdan ba’zi birlari temperatsiya qilinib (ya’ni, bir xil sozlanishga yaqinlashtirilib), katta-kichik turlari ishlab chiqildi. Bularga katta-kichik nay, katta-kichik g‘ijjaklar, changlar, ruboblar, dutorlarni kiritish mumkin.Bunday orkestr uchun 0‘zbekiston bastakorlari yangi asarlar ijod qilishdi, xalq kuylarini qayta ishlashdi, jahon mumtoz bastakorlarining asarlarini moslashtirishdi. 0‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining torli-urma va mizrobli cholg‘ular guruhlari partituraga damli cholg‘ular guruhidan so‘ng pastdagi nota qatorlarini birlashtirib joylashtiriladi. Torli-urma cholg‘ular guruhiga I va II changlar kiradi, alohida qatorlarga yoziladi Sanab o‘tilgan guruhlar, cholg‘ular yakka va qo‘shilishib asosiy kuyni ijro etishi bilan birga, yo‘ldosh (2-darajali) kuy yo‘llari va usul-garmoniya ko‘rinishlarida jo‘r bo‘lishlari ham mumkinMizrobli (tirnab chalinadigan) cholg‘ular guruhi eng katta guruh hisoblanadi. Unga prima ruboblari, qashqar ruboblari, afg‘on ruboblari, dutorlar, dutor-baslar, dutor-kontrabaslar kiradi va alohida qatorlarga yoziladi. Xalq cholgʻulari orkestri - orkestr turi; koʻp ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (mas, faqat torlichertma) cholgʻulardan va turli (mas, torli, puflama va urma) cholgʻular guruhlaridan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy cholgʻu ansambllar tarkibida oiladosh cholgʻular (mas, dutorning prima, alt, bas, kontrabas turlaridan iborat) guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yoʻllarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Oʻzbekistonda birinchi Xalq cholgʻulari orkestrio. 1937 yilda N. Mironov tashkil etgan "Nota orkestri"dir. Mazkur jamoa Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli (rahbar T. Jalilov) sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi anʼanaviy xalq cholgʻulari, fortepiano, truba, trombondan iborat boʻlib, repertuaridan qayta ishlangan "Qarinavo", "Segoh" kabi oʻzbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa namunalari oʻrin olgan. 1938 yilda Oʻzbek davlat filarmoniyasi qoshida Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi — A. Petrosyans (1966 yilda orkestrga Toʻxtasin Jalilov nomi, 1980-yil "Davlat", 1991-yil "akademik" unvonlari berildi. 1976 yildan badiiy rahbari va bosh dirijyori — Foruq Sodiqov). Mazkur jamoa tarkibiga dastlab anʼanaviy (nay, qoʻshnay, surnay, gʻijjak, doira, nogʻora kabi), soʻngra qayta ishlangan (12 pogʻonali teng temperatsiya qilingan tenor va bas changlari, afgon va qashqar ruboblari, dutor) hamda yangitdan yaratilgan (rubobprima, dutor-bas, gʻijjak-kontrabas va boshqalar) sozlar kiritilgan. Repertuaridan M. Burhonov, S. Aliyev, S. Gabrielyan, B. Giyenko va boshqa tomonidan qayta ishlangan oʻzbek xalq kuylari, Oʻzbekiston kompozitorlari (S. Boboyev, Sayfi Jalil, Gʻ. Qodirov, F. Nazarov, T. Qurbonov, F. Alimov va boshqalar) yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, konsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflari (P. Sarasate, P. Chaykovskiy, G.Sviridov kabi)ning ommabop musiqa asarlari oʻrin olgan. 1957-yil Oʻzbekiston radiosi qoshida Xalq cholgʻulari orkestri tashkil etildi (1989 yildan Doni Zokirov nomida). Asoschisi, birinchi badiiy rahbari va bosh dirijyori — D. Zokirov (1986—2000 yillarda — M. Bafoyev, 2002 yildan H. Rajabov). Ijro uslubida koʻp ovozli musiqa tamoyillari bilan milliy musiqa anʼanalari uygʻunlashgan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling