Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini


Mavzu: Dirijyorlik harakatlari. Dirijyor kim va u qanday vazifani bajarishi.Dirijyorlik harakatlari va imo ichorasi.Dirijyor kiyimi,qo’lidagi tayoqchasi


Download 1.64 Mb.
bet17/29
Sana07.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1339551
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
2 var musiqa

Mavzu: Dirijyorlik harakatlari. Dirijyor kim va u qanday vazifani bajarishi.Dirijyorlik harakatlari va imo ichorasi.Dirijyor kiyimi,qo’lidagi tayoqchasi.
Dirijyorlik (frans. diriger - yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish) — musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi; musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida qamda bevosita tinglovchi — tomoshabinlar oldida ijrochilar (orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va b.)ga raqbarlik qilish. Odatda bir (baʼzan, ikki) dirijyor tomonidan amalga oshiriladi. D. jamoaviy musiqa ijrosining uygʻunligi, badiiy va texnik mukammalligini taʼminlaydi. Koʻp ovozli musiqa murakkablashuvi va orkestr ijrochiligining rivoji natijasida 15-asr 1-yarmida yuzaga kelib, uni amaliyotga I. Mozel (Avstriya), K. M. Veber va L. Shpor (Germaniya)lar kiritgan. L. Betxoven, G. Berlioz, R. Vagnerlar D. sanʼati asoschilaridan. Xalqaro eʼtibor qozongan birinchi dirijyor X. fon Byulov (Germaniya) boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida chet el D. sanʼati ustalari sifatida X. Rixter, A. Nikish (Vengriya), F. Veyngartner va R. Shtraus (Germaniya), G. Maler (Avstriya), M. Balakirev, A. va N. Rubinshteynlar, S. Raxmaninov, S. Kusevitskiy (Rossiya) va b. tanilgan. Keyingi davrda G. fon Karayan (Avstriya), L. Stokovskiy, Yu. Ormandi, L. Bernstayn (AQSH), B. Valter, V. Furtvengler, O. Klemperer (Germaniya), A. Toskanini (Italiya), Ye. Mravinskiy, A. Melik-Pashayev, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy (Rossiya), Sh. Myunsh (Fransiya), K. Ancherl (Chexiya) va b. D. sohasida katta ijodiy yutuklarga erishgan.
Oʻzbekistonda ilk dirijyorlar orasida F. V. Leysek, N. Mironov, V. Uspenskiy va b. boʻlgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N. Olimov, A. Kozlovskiy, M. Ashrafiy, B. Inoyatov, M. Nasimov, T. Sodiqov, F. Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova, 3. Haqnazarov, Gʻ. Toʻlaganov, N. Xalilov, H. Shamsutdinov, B. Rasulov va b. dirijyorlar yetishib chikdi. Respublikamizda xor (S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov va b.), oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (T. Jalilov, A. Petrosyans, S. Aliyev, D. Zokirov, M. Bafoyev), 1970-yillardan kamer orkestr (E. Azimov va b.) dirijyorligi ham rivoj topdi. Oʻzbekistan milliy konservatoriyasida operasimfonik va oʻzbek xalq cholgʻu orkestri dirijyorligi sinflari mavjud.
Musiqachilarning jamoa bo‘lib kuy ijro etishi qadimdan ma’lum bo‘lgan an’anadir. Albatta, bunday orkestrlarning rasmiy va norasmiy yetakchilari bo‘lgan. Qadimgi Misr barelyeflarida qo‘lida tayoq tutib musiqachilarni boshqarayotgan odamlarning tasvirlari uchraydi. Qadimgi Yunonistonda esa xor rahbarlari — korifeylar temir tovonli shippaklar yordamida musiqaga marom berib turgan. Orkestrlar kengaygan sari (O‘rta asrlarda va Uyg‘onish davrida ular hali kapella deb atalgan), orkestr ijrosi amaliyoti qiyinlashgan sari boshqaruvchi shaxsga bo‘lgan zarurat oshib boraverdi — u marom berib turib, barcha tartib bilan o‘z vaqtida ijroga kirishishini nazorat qilar edi. Ilgari bu ish “battuta” deb atalgan salmoqli aso yordamida amalga oshirilgan, uni yerga urib, marom berib turilgan — bu jarayon aks etgan eng eski tasvirlar XV asrga oid. Bu ish ancha og‘ir va xavfli edi — buyuk fransuz bastakori Jan-Batist Lyulli (1632–1687) mana shunday aso uchi bilan oyog‘ini jarohatlab olib, qorason tufayli olamdan o‘tgan.
Kapellalar bilan o‘z musiqasini ijro etgan bastakorlar birinchi dirijorlar bo‘ldi. Ular oyoq bilan yer tepishi yoki, Bax singari, qo‘lidagi qog‘oz o‘ramini silkitishi mumkin edi. Ba’zan bu funksiyani klavesinistlar yoki skripkachilar bajarar, ular kamoncha yordamida ishora berib turar edi. Dirijorlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin edi — operada xormeyster qo‘shiqchilarni, konsertmeyster orkestrni boshqarardi. Dirijor musiqachi bo‘lib, u ham yo soz chalar, yo kuylardi. Konsertmeysterlar birinchi skripka partiyasini ijro etib, boshqa musiqachilarga ko‘zlari bilan yoki bosh silkitib ishora berar, ba’zan ijroni to‘xtatib, kamoncha bilan marom berib turar edi.
Dirijor tayoqchasi qanday paydo bo‘ldi?
Tasodifan. Mohiyatan tayoqcha kamoncha va notalar yozilgan qog‘ozning muqobili edi. Dirijorlar tayoqchani XIX asr boshidan qo‘llay boshladi va, tavsiflarga ko‘ra, bu tayoqlar boshida ancha zalvorli bo‘lgan. Aynan XIX asr dirijorlikning alohida kasbga aylanish davri bo‘ldi — ular orkestrlardan ajralib chiqib, maxsus ko‘tarmaga chiqib, o‘sha payt uchun eng g‘alatisi, muxlislarga teskari turib ishlaydigan bo‘ldi. Bu ishni qilgan birinchi odam yo Gektor Berlioz, yo Rixard Vagner bo‘lgan — qaysi biri avvalroq ekani ma’lum emas. XIX asrning o‘ta murakkablashib ketgan va ishtirokchilari soni yuzlab ijrochidan iborat bo‘lgan simfonik orkestrlariga maxsus boshqaruvchi shaxs zarur edi — u ham musiqa chalish, ham boshqarish ishini birvarakayiga bajara olmas edi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling