Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini


Mavzu: Dirijyorning orkestrdagi o’rni


Download 1.64 Mb.
bet18/29
Sana07.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1339551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
2 var musiqa

Mavzu: Dirijyorning orkestrdagi o’rni.
Dirijyorning harakatlarining namoyishi.2/4 o’lchovida yozilgan kichkina bolalar asarini dirijyorlik jestini ko’rsatish va o’rgatish.
Dirijor shaxsi, shubhasiz, romantik an’ana mahsuli edi — qo‘lining bir harakati bilan musiqa massasi va tinglovchilar hissiyotlarini boshqara oladigan yakka daho obrazi unga jo bo‘ldi.Ya’ni, dirijor birinchi navbatda to‘g‘ri ritm berib turish uchun kerakmi?
Kamida ijroni maromga solish, kim qachon qo‘shilishini ko‘rsatib turish — bu juda muhim. Albatta, musiqachilar buni o‘zlari ham kuzatib turishi, taktlarni sanashi va hamkasblarini eshitishi mumkin, ammo bu oson emas, katta simfonik orkestrlarda musiqachilar barcha partiyalarni eshita olmaydi. Ammo dirijorning vazifalari bu bilan cheklanmaydi: u ijroning barcha parametrlariga, barchasi yagona temp va kayfiyatga ega bo‘lishiga javob beradi. Talqin uchun ham u mas’ul — axir bitta asarni turlicha ijro etish mumkin. Tezlikni o‘zgartirish, urg‘ularni boshqacha berish, qismlarning kayfiyatlarini har xil talqin qilish, partiyalarga har xil e’tibor qaratish mumkin. Repetitsiyalarda dirijor shu bilan shug‘ullanadi — musiqachilar bilan partiturani sinchiklab o‘rganib chiqadi, asarning yangrashi va umumiy mazmunidan qoniqmaguniga qadar.
Ijro an’anasi uzilib qolganida bu yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi — XVII va XVIII asrning buyuk bastakorlari yaratgan asarlar uzoq vaqt ijro etilmagan, ular o‘sha vaqtlarda qanday yangraganini faqat taxmin qilishimiz mumkin, xolos. Zamonaviy bastakor dirijor bilan butun partiturani ko‘rib chiqishi, o‘z asarini qanday ijro etish borasida maslahat berishi mumkin (albatta, bu masalada dirijor ijodiy erkinlikka ega), Venada esa Iogann Shtraus valslarini Shtrausning rahbarligi ostida ijro etgan musiqachilar hali-hamon bor, lekin “Bax, Vivaldi va Lyullining asarlarini qanday qilib to‘g‘ri ijro etish mumkin?” degan savolga aniq javob yo‘q. U davr notalarida tushuntirishlar juda kam, notalarda ko‘rsatilmagan, lekin zamona musiqachilariga tushunarli bo‘lgan ko‘plab detallar endi hech qachon tiklanmasa kerak. Bu holatda shunchaki notalarga ko‘ra ijro etish mumkin emas: barokko partiturasi deshifrovkasi muammosi murakkab musiqashunoslik detektiviga tengdir. Yaqinda qazo qilgan dirijor Nikolas Arnonkurning kitobini o‘qisangiz, bir narsaga amin bo‘lasiz: tegishli davrning barcha manbalarini o‘rganib chiqish, shu asosda, notalardan foydalangan holda, asar ruhini tiklash lozim.
Dirijorlik apparati deb, uning butun jismini olish mumkinki, bu apparatning samarali ishlashi uchun tana qismi, bosh, qo'llar, yelka va oyoqlarga nisbatan to'g 'r i vaziyat egallanishi kerak. Dirijorlik apparatining barcha qismlari o'zaro bog'liq va ma’lum darajada bir- birini to'ldiradi.Dirijorlik qilish paytida tan a tik, xotirjam va shu bilan birga harakatga tayyor holatda ko'krak qafasi sal ko'tarilgan, yelka esa tik to 'g 'ri bo'lishi lozim. Yelkani juda ko‘tarib yuborish mumkin emas — bu bel mushaklari harakatsiz holatda bo'lishiga, tirsaklar ikki tomonga «tarvaqaylab» ketishiga va umuman butun tananing noqulay vaziyatga kelishiga sabab bo'ladi. Haddan tashqari egilish va bukilish hamnoto'g'ri. Bunday holatda harakatlar sust va ishonchsiz bo'lib qoladi. Tananing haddan ziyod harakatchanligi, ijro paytida tez-tez burilish, egilish va boshqa ortiqcha holatlar shoshqaloqlikdek ko'rinadi va odatda, dirijorning texnik ko'nikmalari yaxshi emasligini ko'rsatadi.Umuman, dirijorning butun tashqi ko'rinishi estetikaga asoslanishi kerak: tana tabiiy holatda, ko'krakqafasi kerilgan, yelkalarto'g'rilangan bo'lm og'i lozim. Shuningdek, dirijor hech qachon qaddini bukib turmasligi darkor. Tananing holati dirijorning nafas olishiga ham ta ’sir etadi. Yelka va butun tana shunday holatda bo'lishi kerakki, dirijorning erkin nafas olishiga xalaqit qilmasligi kerak. Dirijorning nafas olishi shu sababdan tabiiy bo'lishi kerakki, u butun musiqa va uning qismlarini nafasi bilan bog'laydi. Shu bois ham «dirijor musiqa bilan birga nafas oladi», degan ajoyib ibora bor. Dirijorning nafas olishi qo'shiqchilar va sozandalar nafasi bilan ham tabiiy ravishda bog'lanadi. Dirijorning b u tu n vujudi d o im o o r k estm in g h ar b ir a ’zosi va qolaversa, tinglovchilarning diqqat markazida bo'lishini inobatga olgan holda u o'zini hamisha nazorat qilib turishi, ortiqcha harakatlar qilmasligi lozim. Dirijorning butun d iq q at-e’tibori orkestrga qaratilib, uning harakatlari
aniq, ishonchli va ayni paytda o 'sh a — ro 'p arasid ag i orkestrga ko'maklashishga yo'naltirilgan bo'lishi shart. Ba’zi dirijorlar qo'l harakatlarining ta ’sirchanligini oshirish maqsadida orkestrantlar tomon egilib, o'z tanasini noo 'rin harakatlarga yo'naltiradi. Amalda esa bu hol qo'l harakatlarining samarasini oshirmaydi, aksincha. ijrochilarni yanglishtirishga olib kelishi ham m umkin. T a ’sirchanlikka tana yordamida emas, balki faqat qo'l harakatlari orqaligina erishish lozim.Bunga taniqli rus dirijori Y. A. Mravinskiy yorqin misol bo'la oladi. Uning tanasi orkestrni boshqarish jarayonida deyarli ishtirok etmaydi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling