Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja


Download 172.64 Kb.
bet22/34
Sana15.06.2023
Hajmi172.64 Kb.
#1479933
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
39-ta mavzu 2-listdan

Mavzu: Tuyuq va tajnis san’ati
Tuyuq — turkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. T. 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; a-a-b-a, baʼzan a-b-v-b tarzida va favqulodda xrllarda — a-a-a-a oʻlchovida qofiyalanadi. T. soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz T.lar ham bor. T.ning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan T.lar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida T.ni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida T.ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan. T. hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ. Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida T. janrining yetuk namunalari mavjud.
Tajnis (jinsdosh) - sheʻr baytida maʻno jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki soʻzni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni taʻsirchan ifodalash sanʻati.
Tajnis (arab. — oʻxshash, shaklan oʻxshash, hamjins, xamshakl) — ogʻzaki va yozma adabiyotdagi badiiy sanʼatlardan. T.da omonimlar nozik soʻz oʻyinlarini ishlatishga imkon beradi. Sharq badiiyot ilmida T.ni lafzdoshlik darajasi va imlosiga qarab bir necha turlarga ajratganlar. Agar T. birikma lafzdoshligiga asoslangan boʻlsa "tajnisi murakkab" (maye: yoqildi — yo qildi, yozaman—yoza men), agar T.ning tuzilishi bir xil boʻlib, yozilishi har xil boʻlsa "tajnisi lafz" deb atalgan. Oʻzbek adabiyotida T.ni sheʼriy sanʼat sifatida ishlatishning 7 turi borligi qayd etilgan. U, ayniqsa, yozma sheʼriyatning deyarli barcha janrlarida badiiylikni yuzaga keltirish, soʻz oʻyinlari qosil qilish, soʻz maʼnolarining xilmaxil tovlanishlarini namoyish qilish maqsadlarida qoʻllangan. Mumtoz sheʼriyatda qofiyalarida T.li (omonimli) soʻzlar ishlatilgan nomalar, gʻazallar, qitalar, tuyuqlar, fardlar koʻp. Shoirlar sheʼrda, misra yoki baytda bir-biriga shaklan oʻxshash, jinsdosh soʻzlarni turli maʼnolarda qoʻllashib, chiroyli T. lar yaratganlar. Ayniqsa, T. turkiy xalklar sheʼriyatining oʻziga xos janrlaridan biri boʻlgan tuyuqlarda keng qoʻllangan.
Boʻldi chun umring kunining vaqti tush, Nafsi sargasht otini koʻp chopma, tush. Hobgoh etgil qanoat manzilin, Yoʻqsa hargiz koʻrmagingdir rost tush.
(Ogahiy).
Birinchi misradagi "tush" kunning tush paytini, kishi umrining oʻrtasini; ikkinchisi otdan tush—yoshingni oʻylab ish qil, insofga kel; uchinchisi uyquda tush koʻrmoq maʼnolarida ishlatilgan. T.li qofiyalar tuyuqning janr komponentlaridan biridir. Bobur ijodidan boshlab 2 misrasida T. soʻzlar qofiya boʻlib keluvchi fardlar ham yaratila boshlagan. T. 15-asr oʻzbek sheʼriyatida Yusuf Amiriy, Lutfiy, Navoiy yaratgan tuyuqlarda keng qoʻllanilgan. Uning sanʼat sifatidagi namunalari Bobur, Ubaydiy, Munis, Uvaysiy, Komyob, Ogahiy, Amiriy, Rojiy Margʻiloniy sheʼriyatida ham uchraydi. Keyinchalik: Habibiy, Charxiy, Gʻafur Gʻulom, Vosit Saʼdulla va boshqa T.larning original turlarini topishib, sheʼriyatga kiritdilar.
T. xalq ogʻzaki ijodida ham badiiylikni yuzaga keltirish omillaridan biri boʻlib kelgan.

Download 172.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling