Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
Misol: Sayding qoʻya ber, sayyod...
Sayding1 qoʻya ber, sayyod, sayyora ekan mendek, -a Ol domini2 boʻynidin, bechora ekan mendek, -a Oʻz yorini topmasdan ovora ekan mendek, -a Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, -a Hijron oʻtidin jismi koʻp yora ekan mendek, -a Kuygan jigari-bagʻri sadpora ekan mendek. -a Kes rishtanikim, qilsun chapaklar otib jasta3, -b Hajrida alam tortib, boʻldi jigari xasta, -b Togʻlarga chiqib boʻlsun yori bilan payvasta, -b Kel, kuyma balo domi birla ani pobasta4. -b Hijron oʻqidin jismi koʻp yora ekan mendek, -a Kuygan jigari - bagʻri sadpora ekan mendek. -a (Furqat) 1 - ov 2 - tuzoq 3 - asta 4 - oyog'i bog'li, tutqundir Mavzu: Ogahiy g’azallarini aruziy tahlili Ogahiy “Ta’viz-ul oshiqin” devoni debochasida “Saodatlik asrining yoqimli, uslubi chiroyli bayon fozillariga va sharofatlik zamonining shirin tillik shoirlariga diqqatli she’rlari va nazokatga yaqin nazmlari baxshishligi uchun mo‘l in’omlar, xursandlik va ko‘p ehsonlar bilan bahramandlik yetkarib, qadru martabada o‘zgalardan aziz va mo‘‘tabar, izzat va shavkatda o‘zga odamlar orasida quyoshdek porloq va sarbaland qildi”, deya o‘zining qadri balandligidan shodmonlik tuyg‘usini izhor qiladi. Yuqoridagi dil izhori bejiz emas. Chunki mavlono tirikligidayoq elda aziz shoir, tarixnavis olim, tarjimon, ulkan mirob bo‘lib yetishgan, kamol topgan ulkan Shaxs edi. Bularning barisi tinimsiz mehnat, ilm olish, izlanishlar, Olloh bergan iste’dodiy ijod mulkidan samarali foydalanish mahsulidir. Shuning uchun ham Ogahiy avvalam bor ilmni yuqori darajada sharaflaydi: “Ilm andoq ganji nofi’dur bani odamg‘akim, kimda ul bo‘lsa, iki olam bo‘lur obod anga”, deya ulug‘lovchi shoir, keyinlarda oyog‘ida quvvat yo‘qligi ishorasida, ilmga nisbatan yanada yuksak martabada urg‘u beradi: Ey, keldi fununu ilm taslim sanga, Qilmoq manga lozim o‘ldi ta’zim sanga. Garchi yo‘q edi quvvat ayoqimda, vale, Keldim bosh ila olg‘oli ta’lim sanga. Shoirning g‘azaliyoti, uning nazm nahri, yurtga jon baxshida etib turgan Jayhunga mengzaydi, gahi shiddatli, gahi sokin, gahi sho‘x, gahi mahzun oqadi. Daryolar qay tarzda oqmasin, ular elu elatlarga hayot baxshida etib turadilar. Nainki yozish, hatto ba’zi birovlarning umr mobaynida o‘qib chiqishga ham vaqti yetmaydigan darajada sermahsullik hamma ijodkorlarga-da nasib etavermaydigan noyob baxtdir. 1826 yildan sipohiylik – harbiy xizmatda bo‘lgan davridayoq elga shoir bo‘lib tanilgan, Xiva adabiy muhitida tilga tushgan Muhammadrizo Ogahiy xon saroyida mirza bo‘lib ishlay boshlaydi. 1829 yilda amakisi, mashhur shoir va tarixchi Munisning 51 yoshida vafot etishi, shitob bilan adabiyot maydoniga kirib kelayotgan yosh shoir uchun katta yo‘qotish edi. 20 yoshida Olloqulixon tomonidan u miroblik vazifasiga ta-yinlanadi. MIROBLIK Asosiy tirikchiligi yerdan, sug‘orma dehqonchilikdan iborat bo‘lgan Xorazmda miroblik hamisha ulug‘ mansab hisoblangan. Ilmiy bitiklarda al-Beruniy bobomiz ham miroblik bilan shug‘ullangan va allomaning bevosita boshchiligida o‘sha davrda ikki yarim milyon tanob ekin maydoni sug‘orilgan, deyiladi. Xiva xonligida miroblik ilmiga, miroblar mas’uliyatiga e’tibor kuchaytirilgan. Ayniqsa, Muhammadrahimxon I ning xonlik davrida (1806–1825) Munis Xorazmiy – Shermuhammad mirob Xorazm mamlakatining bosh mirobi sifatida iqtisodiy rivojlanishning bosh omili bo‘lmish suv xo‘jaligining takomili uchun katta ishlar qilgan, “Ornalar” (daryodan oqib chiqadigan an-horlar) haqida asar yaratgan. Ogahiy nechog‘lik katta mansab egasi bo‘lsa ham boylikka ruju qo‘ymagan, foniy dunyo shavqiga berilmagan va g‘azallarida ham mol-dunyoga hirslik balosidan ayrila olish mushkulligini falsafona, tasavvufona raqam etadi: Solma ko‘z ushbu jahon shavqiga zinhor, e ko‘ngul, Ayrila olmas balog‘a bo‘lma duchor, e ko‘ngul. Shuning uchun ham qanoatni har nedan yuqori qo‘yadi: Aziz o‘lmoq agar istar esang ahli jahon ichra, Qanoat aylakim, ul rutba osori qanoatdur. Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling