informativ metodlar: Musiqiy asarni ijroda ko‘rsatish, asarni qisman ko‘rsatish,
musiqali ixtibos (sitata), illyustrasiya (ilova), vokal, cholg‘u, dirijyorlik ko‘rsatib
berishlari audio, video, harakatli-ko‘rgazmali, reproduksiya, portret, nota yozuvlari
va hokazodan iborat. Musiqiy ta‘lim-tarbiyada ko‘rgazmalilikning eshituv
ko‘rgazmaliligi, harakatlanuvchi va ko‘rib idrok etish ko‘rgazmaliligi turlari
mavjud. Eshituv ko‘rgazmaliligi – bu musiqaning ifodali ijrosidir. Jaranglayotgan
musiqa darsning barcha qismlari asosi bo‘lib xizmat qiladi. «Musiqaning jonli
yangrashi darsda asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi», deb yozadi
N.L.Grodzenskaya. Musiqani tinglash, eshitish, idrok etish murakkab ish, chunki
har bir musiqiy asarning mazmuni doimo harakatda va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan
ifoda vositalari majmuasi bilan beriladi. Shuning uchun o‘quvchilarda avvalo
tinglovchilik malakalarini rivojlantirish lozim, ya‘ni musiqani doimo boshidan
xirigi tovushigacha tinglash, «kuzatish»ga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda
o‘qituvchining so‘zi musiqiy obrazlar olamini tushunish, his etishga yordam
beradi. Harakatlanuvchi va ko’rib idrok etish ko’rgazmaliligi. O‘quvchilarni
kuyning grafik tasviri, nota yozuvlari, tovush balandligi, metro-ritm, lad
munosabatlari, shakllar, janr, intervallar va hk. bilan tanishtirishda ishlatiladi.
Bundan tashqari, vokal-xor va musiqa avodxonligi ishlarida dirijyorlik, musiqani
taktlash, chalib ko‘rsatish, dirijyorlik ifodalari, registr, ritmni grafik ifodalash kabi
ko‘rgazmalilik qo‘llaniladi. Badiiy-amaliy metodlar O‘quvchilarda malaka va
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodlarga aytiladi. Badiiy-amaliy
metodlar vositasida o‘quvchilarda vokal-xor malakalari, musiqaning tuzilishi,
musiqa ifoda vositalarini tahlil qilish, uning janr, shakllarini aniqlash, nota
yozuvini o‘rganish, cholg‘ularda ijrochilik, badiiy ijodkorlik malaka va
ko‘nikmalari shakllantiriladi. Masalan, cholg‘u ijrochiligiga o‘rgatishda ijroni
birga boshlash, birga tugatish, bir- birini eshitish malakalari ustida ishlaganda
chalib ko‘rsatish, tushuntirish, eslatish, qaytarish usullaridan foydalaniladi. Vokal-
xor ishlarida qo‘shiqchilik nafasi, sof unison talaffuz, soz malaka va
ko‘nikmalarini o‘stirishda mashqlarni kuylash, taktlash, dirijyorlik ifodaoariga
35
e‘tiborni qaratish, ritmik chapaklardan foydalaniladi. Vokal, ritmik va raqs
improvizasiyasida ijodkorlikmalakalarini o‘stirish uchun mustaqil harakat,
rag‘batlantirish,
Do'stlaringiz bilan baham: |