Mavzu: «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq xofizlari ijodiyotini o’rganish metodlari»


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana24.12.2022
Hajmi1.25 Mb.
#1054017
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Mavzu «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakor

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Aziz o‘quvchilar bugun darsimizda 
mo‘jizalar maydonchasi o‘yinini ham o‘ynaymiz. Maydonchamizda musiqaga oid 
hikmatli so‘z berkitilgan. Kim berilgan savollarga to‘g‘ri javob bersa xohlagan 
harfini ochishi mumkin. Agar siz darsda faol ishtirok etsangiz dars yayekunida 
berilgan hikmatli so‘z maydonchada o‘z aksini topadi. Agar darsda faol ishtirok 
etmasangiz hikmatli so‘zni ocha olmaymiz. Kelinglar aziz o‘quvchilar musiqaning 
sexrli olamiga sayoxat qilib, musiqiy bilimlarimizni sinab ko‘ramiz. Ekrandagi 
savollarga javob beramiz. 
1. Butun nota nechaga sanaladi?
2. Bactakor kim?
3. Berilgan tasvirdagi cholg‘u asboblarini nomlarini sanab bering. 
4. Sinfonik orkestr tarkibiga kiruvchi yog‘och va mis damli cholg‘ularni 
ta‘riflab bering? 
5. Doskada klaster usulidan foydalanib, sahnaviy musiqa asarlari sanab o‘tiladi. 
Aziz o‘quvchilar siz qanday musiqa janrlarini bilasiz?


30 
6. DVD diskdan eshitgan asarning nomini va bastakorini ayting?
( Tohir va Zuhra musiqali dramasidan parcha tinglanadi.)
7.Torli - kamonli cholg‘ularni sanang? 
Yangi mavzuni bayoni. Musiqa o‘qitish prinsipilari – musiqiy ta‘lim-
tarbiya jarayoniga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir. Musiqa o‘qitish metodikasi 
pedagogika fani sifatida uning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi va 
umumdidaktik prinsiplarga asoslanadi: 
-tarbiyalovchi ta‘lim; 
-ilmiylik, tizimlilik va izchillik; 
-musiqiy materialning qulayligi va bolalar yoshiga mosligi; 
- ko‘rgazmalilik; 
-Tasavvur, bilim, malaka va ko‘nikmalarning mustahkamliligi; 


31 
- o‘quvchilar musiqiy faoliyatining faolligi, mustaqilligi; 
-musiqiy tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi.Mazkur prinsiplar o‘qituvchi hamda 
o‘quvchilar tomonidan bajariladigan barcha ta’lim komponentlari – dars mazmuni, 
metodlari, dars tuzilishidagi asosiy talablar va yo‘nalishlarni belgilab beradi. Shu 
bilan bir qatorda musiqa o‘qitish metodikasi o‘zining xususiy prinsiplarini ham 
ilgari suradi. Bulardan: emosionallik va onglilikning birligi hamda badiiylik va 
texnikaning birligi prinsiplarini ko‘rib chiqamiz. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling