22
Rasmin aniq ko‘rib ol,
-
mana bu butun nota,
-
mana bu yarim nota,
- mana bu chorak nota.
-
sakkiztalik yo nimchorak,
- bunisi o‘n oltilik,
Bizga hammasi kerak,
Boshlovchi: Barakalla, mehmonjon,
Senga yana bor savol.
Turli xil bu notalar,
Qay yo‘sinda bo‘linar?
«Nota yozuvi»: Butun notada bordir,
Ikkita yarimtalik.
Yarim notada esa,
Ikkita choraktalik.
Chorak nota bo‘linar,
Ikki sakkiztalikka,
Nimchorak nota bo‘lsa
Ikki o‘n oltilikka.
Tovush cho‘zimiga mos
Notalar sanog‘i bor.
Nota sanog‘i bilan
Hisoblab o‘lchash darkor
Boshlovchi: Endi ozroq tanaffus,
Dam olishni o‘ylaymiz.
Shuning uchun bolalar,
Gammalarni kuylaymiz.
To‘rt xil tezlik olamiz,
Sekin-og‘ir, shoshmasdan,
Va o‘rtacha tezlikda,
So‘ngra jadal va tezda.
23
Gammalarni kuylaymiz
Nota yozuvi: Notalar bo‘linishin,
Formulasin ko‘rib ol.
Bu senga bo‘lar darkor,
Xotirangda saqlab qol.
Tenglama: Musiqada ham bordir,
Misolu tenglamalar
.
Matematika fani
Sizga yordamga kelar
Boshlovchi: Eh-hye, hye hyey kimda-kim
Oqil, bilimdon bo‘lsa.
Miyasi to‘la bilim,
Mag‘zi to‘q yong‘oq bo‘lsa
Musobaqa qilingiz
Tenglamani yechingiz,
Sinab ko‘rib o‘zingiz,
G‘alabaga yetingiz.
Mustaqil yeching
Boshlovchi: Cho‘zimlar hisobi teng
Yettita quvnoq nota
Matematik yechimga. Joyini topdi oson.
Ko‘plab mashqlar ishlasang,
Ular takror joylanar
Beshta nota chizig‘i Yangi cho‘qqilar tomon.
Beshta nota chizig‘i
Besh barmoqqa teng ekan.
Erinmay, bekamu ko‘st
Barmoq-la nota o‘rgan.