Mavzu: «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq xofizlari ijodiyotini o’rganish metodlari»


Emosionallik va onglilikning birligi prinsipi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana24.12.2022
Hajmi1.25 Mb.
#1054017
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Mavzu «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakor

Emosionallik va onglilikning birligi prinsipi. Bu prinsipning zarurligi 
musiqa san‘ati va uni idrok etishning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. 
Musiqani idrok etishni rivojlantirish undan olingan hissiy taassurotlar, uning ifoda 
vositalarini anglashni talab etadi. Musiqiy asarni tinglashdan olingan hissiy ta‘sirni 
ong bilan qabul qilish uning mazmunini tushunishga, o‘quvchilarda musiqiy tajriba 
to‘plashga yordam beradi. O‘quvchilarning fikri, kechinmalari, hissiyotlarini 
boyitadi, musiqaning ta‘sirini kuchaytiradi. Mazkur prinsipni musiqa o‘qitishda 
qo‘llash o‘quvchilarda idrok etilgan asarga baho berish obiliyatini o‘stiradi va shu 
asosda ularning qiziqishi, musiqiy didi, ehtiyojlari tarbiyalanadi.
Badiiylik va texnikaning birligi prinsipi. Musiqiy asarni badiiy va ifodali 
ijro etish uchun ma‘lum bir malaka va o‘nikmalar 
talab etiladi. Masalan, qo‘shiqni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda vokal-xor 
malakalari shakllantiriladi. Bolalar cholg‘ularida ijro etish uchun ham birgalikda 
chalishning eng oddiy usul va yo‘llarini o‘quvchilar egallashlari lozim. Bunda 
ijrochilik malakalari badiiy vazifalarga, ya‘ni musiqiy asar obrazi, kayfiyatining 
yorqin, ifodali yoritilishiga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. Bunda musiqiy 
asarning badiiy ijrosiga erishish maqsad bo‘lib, malaka va ko‘nikmalarni egallash 
shu maqsadga yetishishda vositadir. 
Bu prinsiplar o‘quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni, musiqaga qiziqishni, did 
va musiqa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Musiqiy qobiliyatlar, ularning 
turlari, maxsus (ijrochilik, bastakorlik) va umumiy musiqiy qobiliyatlar, ularning 
rivojlanish shart-sharoitlari masalalari ko‘plab psixolog (B.Teplov, V.Myasishev, 
B.Yavorskiy, V.Petrushin va hk.), pedagoglar (L.Barenboym, V.Beloborodova, 


32 
Yu.Aliyev, N.Vetlugina), musiqashunoslar (B.Asafyev, A.Alekseyev va b.) 
tomonidan keng o‘rganib iqilgan. Hozirda ham bu muammolar o‘z dolzarbligini 
saqlab kelmoqda. 
Mutaxassislar musiqiy eshituv, ritm hissi, musiqiy xotirani musiqiy 
qobiliyatlarning asosiy ko‘rinishlari deb belgilaydilar. Musiqiy eshituv qobiliyati – 
bu tovushning baland-pastligi, kuchi, tembri va davomiyligini his etishdir. Musiqiy 
ritm tuyg’usi – musiqadagi vaqt-o‘lchovli harakatni, uning ifodaviyligini his etish, 
aniq ijro etish qobiliyatidir. Musiqiy xotira – bu musiqiy asarni tez va uzoq vaqt 
yodda eslab qolish qobiliyati. Bu qobiliyatlar umumlashma nom bilan musiqiy 
pedagogika amaliyotida musiqiylik deb ham yuritiladi. Ammo musiqiylik 3 ta 
qobiliyat bilan cheklanmaydi. Musiqiylikning asosini musiqadagi ifodaviy 
mazmun, obrazni tushuna olish, unga hissiy munosabat ko‘rsata olish qobiliyatlari 
ham hosil qiladi. Darsda o‘quvchilarni musiqani diqqat bilan tinglash, asarlarni 
qiyoslash, taqqoslash, eng yorqin va idrok etilgan asarlarga baho bera olishga 
o‘rgatish, musiqa ijrochiligi uchun lozim bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarga 
o‘rgatish – musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish demakdir. Metodika o‘qilayotgan 
fan xususiyatlarini, o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olgan holda didaktikaning prinsiplari asosida o‘quv-
musiqiy materialning o‘zlashtirilishi yo‘llarini amalga tatbiq etadi.
Metod yunon tilidan olingan bo‘lib, «izlanish yo‘li», «o‘rganish vositasi» 
ma‘nolarini anglatadi. Fan va san‘atning yirik namoyondalari o‘z risolalarida 
musiqa darslari san‘at darsi sifatida juda katta tarbiyaviy potensialga ega ekanligini 
ta‘kidlab kelganlar. 
XX asr musiqiy pedagogika amaliyotida, metodik risolalar, maxsus 
izlanishlarda maktab musiqa sharoitida faoliyat turlari bo‘yicha qo‘llaniladigan 
ko‘plab metod va usullar to‘plangan. B.Asafyev, V.Shchaskaya, N.Grodzenskaya, 
V.Beloborodov, M.Rumer, Yu.Aliyev, V.Sokolov, R.Rigina, D.Kabalevskiy, 
N.Vetlugina, E.Abdulin va ko‘plab boshqa mualliflarni keltirish mumkin. Musiqa 
o‘qitish metodlari «Musiqa madaniyati» darslarida o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
o‘zaro birgalikdagi faoliyatlari asosini tashkil etadi. O‘qituvchi – bu faoliyatni 


33 
boshqaradi. O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan barcha metodlar o‘quvchilarda 
axloqiy, badiiy didni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarni shakllantirish, musiqiy 
idrokni boshqarish, ijodiy faollikka undashga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Musiqa darslarida qo‘llaniladigan asosiy metodlar quyidagilar: og‘zaqi, 
ko‘rgazmali-informativ, badiiy-amaliy. O
g‘zaki metod
 (hikoya, suhbat, tushuntirish, 
izohlash, ilova) – asarning mazmunini ochishga yordam beradi, asarni ongli 
ijrosiga erishishga tayyorlaydi, o‘quvchilarning hissiy kechinmalariga yo‘nalish 
beradi. 
Og‘zaki metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning yoshiga, musiqiy 
tayyorgarligiga hamda musiqiy asar xususiyatiga bog‘liq. 
Hikoya – o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni musiqa tinglashga 
«tayyorlash», «sozlash» maqsadida qo‘llaniladigan jonli, yorqin bayon. Asosan 
uch holatda qo‘llanishi mumkin: - kompozitorning hayoti va ijod yo‘lida 
hikoyabop voqyea va lavhalar mavjud bo‘lsa (V.Mosart, L.Betxoven, Yu.Rajabiy, 
Hoji Abdulaziz Abdurasulovlar ijodlarida); - musiqiy asarning yaratilishi tarixi 
bayonida; - bolalarni yirik cholg‘u va sahna asarlari obrazlariga olib kirishda 
(U.Musayevning «To‘maris» baleti, A.Mansurovning «Hayvonlar sultoni», 
S.Yudakovning «Maysaraning ishi», M.Ashrafiyning «Dilorom», T.Jalilovning 
«Tohir va Zuhra» musiqali dramasi va hk.). Suhbat – o‘quvchilarni mustaqil 
fikrlashga, musiqani faol va qiziqish bilan idrok etishga undaydi. Tinglangan asar 
yuzasidan bo‘ladigan bu fikr almashinuv jarayonida mahoratli o‘qituvchi 
muammoli holatlar, tahlil, taqqoslashlarni qo‘llagan holda bolalarning e‘tiborini 
musiqiy asarning o‘ziga xosligiga, boy ifoda vositalariga qaratadi, musiqiy 
obrazlarga aniq poetik tavsiflar berishlarida, hayotiy qiyoslashlarga erishishlarida 
yordam beradi. 
D.Kabalevskiy suhbat metodiga musiqa darsini o‘tkazish shakli sifatida katta 
ahamiyat beradi. U o‘zining «Bolalarga musiqa haqida qanday so‘zlash lozim» 
kitobida suhbatning «hikoya-suhbat» va «suhbat-dialog» turlarini keltiradi. 
Hikoya, suhbatlar jarayonida asar, uning fragmentini tinglatish o‘qituvchi va 
o‘quvchilar muloqatini yanada to‘ldiradi. Tushuntirish, izohlashlar – musiqa 
savodi elementlari bilan bolalarni tanishtirishda, cholg‘ularda ijroga o‘rgatishda, 


34 
qo‘shiq ayttirish, ritmik harakatlarni bajarishda qo‘llaniladi. Ko’rgazmali-

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling