Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#211575
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................. 

 

 

 

 

 

 



 

 

KIRISH 


 

O‘zbekiston sobiq mustabid tuzum davrida chekka bir xom ashyo etkazib 



beruvi  o‘lka  hisoblanardi.  Mustabid  tuzumning  boylik  ketidan  quvish,  yirik 

miqyosdagi mablag‘larni talab etuvchi tashqa siyosatini olib borish uchun katta 

valyuta  talab  qilinardi.  SHu  bois  mamlakat  uchun  zarur  bo‘lgan  mablag‘larni 

topish  ilinjida  paxta  xom  ashyosini  etishtirish  tadbirlari  kengaytirilgan  edi. 

Bunday  sermashaqqat  va  og‘ir  mehnat  talab  qiluvchi  sohani  yuritish 

O‘zbekiston  zimmasiga  yuklatilgan  ediki,  natajada,  O‘zbekistonda  paxta 

yakkahukmronligi  yuzaga  kelgan  edi.  Paxta  yakkahukmronligining  o‘rnatilishi 

O‘zbekistonning  ijtimoiy  iqtisodiy  hayotiga  keng  miqyosda  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatdi.  Xususan,  bu  borada  sobiq  ittifoq  rahbariyati  paxtachilikdan  yanada 

ko‘p  mo‘l  hosil  olish  maqsadida  intensiv  yo‘llarni  «sinov»dan  o‘tkazdi. 

Jumladan,  kimyoviy  vositalar  yordamida  Markaz  tomonidan  belgilangan  xom 

xayoldan iborat katta miqdordagi rejani bajarishga zo‘r berildi. Natijada, paxta 

maydonlariga  turli  maqsadlarda  sepilgan  kuchli  kimyoviy  vositalar,  paxta 

o‘simligiga  foyda  berishdan  ko‘ra  ko‘proq  O‘zbekiston  tabiatiga  o‘zining  o‘ta 

salbiy  ta’sirini  ko‘rsatdi.  O‘zbekiston  hukumati  bu  yillarda  o‘zining  diqqat-

e’tiborini  kompleks  mexanizatsiyani  joriy  etishga,  texnika  va  energetika  bilan 

ta’minlash  uchun  shart-sharoitlar  yaratishga  qaratdi.  Shu  bilan  birga, 

umumittifoq  yo‘l-yo‘riqlariga  muvofiq  paxtachilikni  jadal  rivojlantirishga 

majbur bo‘ldi. 

Paxtachilikni  rivojlantirishga  respublikadagi  mavjud  ilmiy  kuchlar  jalb 

qilindi.  Ko‘rsatib  o‘tilgan  yillarda  g‘o‘za  seleksiyasi  va  urug‘chiligi  sohalarida 

ko‘zga ko‘rinarli ilmiy siljishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 

eksperimental  biologiya  institutida  istiqbolli  va  viltga  chidamli  «Toshkent-1», 

«Toshkent-2», «Toshkent-3» kabi (hozirgi kunda bu navlar ham kasallanib, yoki 

boshqa  navlarga  chatishtirilishi  natijasida  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotdi)  chigit 

navlari  yaratildi.  SoyuzNIXI  mutaxassislari  chigitning  yaxshi  sifatli  tola 

beradigan yuqori hosilli navlarini etishtirdilar. 



 

Respublikaning  taniqli  olimlari,  milliy  ziyolilari  o‘z  xalqining  taqdiriga 



befarq  qarab  turaolmadi,  ogohlantiruvchi  xatlar  bilan  ittifoq  organlariga 

murojaat qildilar. Masalan, O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Prezidenti 

S.Sodiqov  boshliq  bir  guruh  taniqli  olimlar  ittifoq  rahbar  organlariga  yozma 

ma’lumotnoma  yo‘llab,  unda  qishloq  xo‘jaligida  ommaviy  ravishda 

qo‘llanilayotgan  pestitsidlar  va  zaharli  kimyoviy  moddalar  inson  salomatligiga 

va  atrof  muhitga  halokatli  ta’sir  etayotganligini  ma’lum  qilgan  edi.  Biroq, 

Markaz  bunday  ogoh  etishlarga  aks-sado  bermadi.  Aksincha,  O‘zbekiston 

rahbariyati qishloq xo‘jalik ishlarida eng zaharli kimyoviy vositalarni ishlatishni 

mustaqil  ravishda  cheklashga  uringanda  ittifoq  rahbar  doiralari  ularni  kengroq 

qo‘llashni qattiq turib talab qildilar. 

Bunday  yondashuv  shunga  olib  keldiki,  O‘zbekistondagi  vaziyat  fojiaviy 

tus ola boshladi. Amalga oshirilgan kimyolashtirish dasturi o‘zining «hosili» na 

bera  boshladi.  Jumladan,  o‘zbek  Qishloqida  keskin  epidemiologik  sharoit 

vujudga  keldi,  zaharlanishlar  soni  keskin  ortdi,  virusli  gepatit  bilan  og‘riganlar 

ko‘paydi, boshqa xavfli kasalliklar ham tarqala boshladi. Masalan, 80-yillarning 

o‘rtalariga kelib Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasida 

katta yoshdagilarning 70 foizdan ortiqrog‘i va bolalarning 80 foizdan ko‘prog‘i 

bitta  yoki  bir  nechta  kasalliklar  bilan  og‘rigan  edi.  O‘zbek  qishloqlariga 

dizenteriya, tuberkulyoz (sil) kabi yaramas kasalliklar shiddat bilan tarqala bosh-

ladi. Xususan, 1980—1985 yillar oralig‘idagi davrda har 10 ming kishi hisobiga 

zararli  o‘simtalar  bilan  og‘rigan  bemorlar  soni  204  kishidan  242  kishiga  etdi, 

faol  tuberkulyoz  bilan  kasallanish  1985  yilga  kelib  qishloq  joylarida  5,4  ming 

kishiga  etdi.  Bolalar  o‘limining  ortishi  chidab  bo‘lmaydigan  hollardan  biri 

bo‘ldi.  Agrar  iщlab  chiqarishdagi  doimiy  tanglik  holati  ittifoq  rahbariyatini 

ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  rag‘batlantiruvchi  omillarini  qidirib  topishga 

undadi. Shuni ham aytish kerakki, sovetlar tarixida ishlab chiqarish — iqtisodiy 

munosabatlar  tizimini  yangilashga,  boshqaruvning  ma’muriy-buyruqbozlik 

amaliyotini  yumshatishga  urinishlar  bir  necha  marta  qilingan.  Lekin  bularning 




 

hammasi  qisqa  muddatli  bo‘lib,  mag‘lubiyatga  uchragan,  chunki  mustabid 



sotsialistik tuzumning o‘zi xo‘jalik yuritishning oqilona tizimiga zid edi. 

Bundan  tashqari,  1960  yildan  boshlab  Amudaryo  va  Sirdaryo  havzalarida 

yangi  yerlarni  o‘zlashtirish  sohasida  keng  miqyosli  ishlar  boshlab  yuborildi, 

bular  uchun  daryo  suvini  qo‘shimcha  ravishda  tortib  olish  talab  qilinardi. 

Natijada,  Qoraqalpog‘istonda  paxtachilik  bilan  bir  qatorda  sholichilik  ham 

yuksak  sur’atlar  bilan  rivojlandi.  Biroq  yerlarni  o‘zlashtirish  ilmiy  asosda  olib 

borilmadi.  Dehqonchilikni  rivojlantirish  ham  ekstensiv  usulda  amalga 

oshirilganligi sababli,  suv  resurslarining  asossiz  ravishda haddan ortiq darajada 

isrof  qilinishiga  olib  keldi.  Orolga  esa  uning  «ulushi»  berib  turilmadi,  bu  esa 

dengizning  qurib  borishiga  sabab  bo‘ldi.  80-yillar  o‘rtalariga  kelib  Orol 

dengizining  sathi  13,8  metr  pasayib  ketdi,  suv  hajmi  390  mln.  kub.  metr, 

maydoni 40 ming kv. m. kamaydi. Natijada Orol va Orolbo‘ii muammosi jiddiy 

ravishda  paydo  bo‘ldi.  Endilikda  yuzaga  kelgan  ana  shu  ekologik  va  iqtisodiy 

muammolar faqat Orolbo‘yi uchun emas, balki butun Markaziy Osiyo va uning 

atrofidagi  mamlakatlar  uchun  ham  yaqqol  ko‘zga  tashlanib  turgan  muammo 

bo‘lib qoldi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling