Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari


Минтақа экологиясига салбий таъсир кўрсатаётган бошқа


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#211575
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

 

2.2. Минтақа экологиясига салбий таъсир кўрсатаётган бошқа 

омилларнинг бартараф этиш тадбирлари 

 

So‘nggi  paytlarda  Tojikiston  rahbariyatining  tashabbusi  bilan  Rog‘unda 



boshlab yuborilgan ulkan GES qurilishi hamda uning keltirib chiqarishi mumkin 

bo‘lgan  mudhish  oqibatlari  haqida  bot-bot  gapirilmoqda.  Bugungi  kunda 

dunyoda  ishlab  chiqarilayotgan  umumiy  elektr  energiyasining  20  foizga  yaqini 

gidroelektrostantsiyalar  –  GESlar  hissasiga  to‘g‘ri  keladi.  Tojikiston  hukumati 

tomonidan  qurilishi  mo‘ljallanayotgan  Rog‘un  GESining  balandligi  350  metr, 

ishlab chiqarish quvvati esa 3600 MVtni tashkil etadigan to‘g‘on dunyodagi eng 

yirik  hisoblanmish  GESlardan  ham  suv  bosimi  yoki  to‘g‘onining  balandligi 

bo‘yicha olti barobarga, quvvati bo‘yicha esa 144 barobarga ustunroqdir

34

. Shu 


o‘rinda  aytish  kerak,  katta  gidroinshootlarning  atrof-muhitga  salbiy  ta’siri  va 

zarari  borligi  uchun  Yevropada  allaqachon  ular  xizmatidan  voz  kechish  haqida 

qatiy  qarorga  kelib  bo‘lingan.  Shuning  uchun  ham  1998  yildan  beri  mazkur 

qit’ada  ulkan  to‘g‘onlardan  foydalanishdan  bosqichma-bosqich  voz 

kechilmoqda. 

Davlatlararo  diplomatiyada  manfaatlar  muvozanati  e’tiborga  olinishi 

xalqaro  huquqning  muhim  tamoyillaridan  sanaladi.  Yuqoridagi  muammoning 

hal  etilishida  O‘zbekiston  rahbari  va  hukumati  xalqaro  huquq  normalaridan 

kelib  chiqqan  holda,  masalaga  dunyo  hamjamiyati  e’tiborini  qaratib  kelmokda. 

                                                           

34

 Mardonov I., Роғун ГЭС и – минтақа 



 халқлари келажагига таҳдид

 Xalq so‘zi gazetasi 2011 yil 20 



may soni. 

 



40 

 

Yurtboshimizning  boshqa  mamlakatlar  rahbarlari  bilan  oliy  darajadagi  qanday 



uchrashuvi  bo‘lmasin,  albatta,  ushbu  muammoga  alohida  e’tibor  beriladi. 

Prezidentimizning Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkmaniston, AQSh, Yevropa 

Ittifoqi  va  boshqa  davlat  hamda  tashkilotlar  rahbarlari  bilan  bo‘lgan 

uchrashuvlaridagi  muzokaralari  bunga  misoldir.  Shuningdek,  Yurtboshimiz 

2010 yil 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining Ming yillik rivojlanish 

maqsadlariga  bag‘ishlangan  oliy  darajadagi  yalpi  majlisidagi  nutqida  ham 

transchegaraviy  daryolarda  suv  inshootlarini  qurishga  mo‘ljallangan  har  bir 

loyiha xalqaro xolis ekspertiza natijalariga asoslangan hamda qo‘shni davlatlar 

bilan  kelishilgan  holda  ishlab  chiqilishi  va  amalga  oshirilishi  zarurligini 

ta’kidlagan edilar. Shuningdek, Prezidentimizning ulkan gidroinshootlar o‘rniga 

kichik  GES  larni  qurish  har  tomonlama  samarali,  arzon  va  ekologik  jihatdan 

xavfsiz  ekanligi  to‘g‘risidagi  fikrlari  xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  qizg‘in 

qo‘llab-quvvatlangan.  Masalan,  Nyu-York  davlat  universiteti  professori, 

ekologiya  muammolari  bo‘yicha  ekspert  A.  Koddermanning  bu  boradagi  fikri 

quyidagicha: “Men bugungi kunda yer yuzida iqlimning global o‘zgarishi tabiiy 

ofatlar soni va ko‘lami kengayishiga sabab bo‘layotgan bir paytda insoniyatning 

ulkan  inshootlarni  barpo  etish  bilan  bog‘liq  masalada  o‘z  mas’uliyatini  keskin 

oshirishi  lozim,  deb  hisoblayman.  Bu  jahonda  eng  yirik  –  Rog‘un  GESini 

kurishga  intilayotgan  Tojikistonga  ham  taalluqlidir.  Tojikiston  bu  ulkan 

inshootni barpo etishdan voz kechishi lozim”

35



Yuqoridagi  misollardan  ko‘rinib  turibdi,  O‘zbekiston  rahbariyati  va 



hukumati  ushbu  muammoni  xalqaro  huquq  normalari  doirasida  dunyo 

hamjamiyati e’tiborini jalb etgan holda hal etishga harakat qilmoqda. 

Shu  o‘rinda  masalaga  taalluqli  quyidagi  ikki  xalqaro  Konventsiya  – 

Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda 

foydalanish bo‘yicha Konventsiya (Xelsinki, 1992 yil 17 mart) va Xalqaro ochiq 

                                                           

35

  Mardonov  I.,  Роғун  ГЭС  и  –  минтақа 



  халқлари  келажагига  таҳдид

  Xalq  so‘zi  gazetasi  2011  yil  20 

may soni. 

 



41 

 

suv  oqimlaridan  kemalar qatnamaydigan turda  foydalanish huquqi  to‘g‘risidagi 



Konventsiya  (Nyu-York,  1997  yil  21  may)  normalarini  ta’kidlab  o‘tish 

o‘rinlidir.  Ushbu  Konventsiyalarda  transcheragaviy  daryolardan  qanday 

foydalanish,  vujudga  kelgan  muammolarni  hal  etish  kabi  masalalar  belgilab 

qo‘yilgan. Masalan, Nyu-York Konventsiyasining 6-moddasi 1-qismida xalqaro 

suv  oqimlaridan  adolatli  va  oqilona  foydalanish  shartlari  ko‘rsatilgan  bo‘lib, 

unga  ko‘ra,  o‘z  hududidan  xalqaro  suv  oqimlari  o‘tadigan  har  bir  davlatga 

gidrogeografik,  iqlimiy,  ekologik  va  boshqa  tabiiy  xarakterga  ega  omillarni, 

shuningdek,  qo‘shni  davlatlarning  suvga  bo‘lgan  ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojini, 

transchegaraviy suv oqimlarining bir davlat tomonidan monopollashtirilishi yoki 

xo‘jasizlarcha ishlatilishi oqibatida boshqa bir davlat ko‘radigan zarar va shunga 

o‘xshash  boshqa  omillarni  hisobga  olib  borishni  belgilab  beradi.  Tojikiston 

rahbariyati  esa  yuqorida  qayd  etilgan  Konventsiyalarni  imzolamaganligini 

ro‘kach  qilib,  umume’tirof  etilgan  xalqaro  huquq  normalariga  zid  ravishda 

“iqtisodiy  o‘sishga”  qaratilgan  rejalarini o‘jarlik  bilan  himoya  qilishdan  nariga 

o‘tmadi.  

Bundan  tashqari,  mintaqa  ekologiyasiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatayotgan  yana 

bir omillardan biri “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasi 

(“Talko”  DUK)  chiqarayotgan  tashlanmalar  bo‘ldi.  Ushbu  korxona  tomonidan 

Surxondaryo 

viloyatining 

shimoliy 

hududlarini 

transchegaraviy 

ifloslantirayotgani  xususidagi  masala  keyingi  yillardagi  asosiy  masalalar 

qatoridan  joy  oldi.  1975  yilda  ekologik  standartlarga  rioya  etilmasdan,  zamon 

talablariga  javob bermaydigan  texnologiyalar  asosida qurilgan  mazkur  korxona 

atrof-muhitni  zaharli  birikmalar  bilan  zararlantiradigan  manbaga  aylandi. 

«Tojikiston  alyuminiy  zavodi»  davlat  unitar  korxonasi  Dushanbe  shahri 

g‘arbidan  oltmish  kilometr  uzoqlikda,  Tursunzoda  shahri  yaqinida  joylashgan. 

Mavjud  ma’lumotlarga  ko‘ra,  u  yiliga  350-400  ming  tonna  alyuminiy  ishlab 

chiqarish  quvvatiga  ega.  Korxona  O‘zbekiston  Respublikasi  chegarasidan  atigi 

18  kilometr  masofada  joylashgani  bois  mamlakatimizning  Surxondaryo 




42 

 

viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo‘rg‘on tumanlarining 1,1 



million nafardan ortiq aholisi uning zararli ta’siri ostida qolmoqda. «Talko»ning 

sanoat  chiqindilari  Surxondaryo  viloyati  atrof-muhiti  va  qishloq  xo‘jaligiga 

salbiy ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Birinchi navbatda, atmosfera  havosi ifloslanmoqda. 

«Talko» DUK atmosferaga har yili o‘rtacha 22-23 ming tonna zaharli moddalar 

chiqarmoqda.  Ularning  asosiy  tarkibini  oltingugurt  angidridi,  azot  oksidlari, 

ftorli vodorod va boshqa zaharli moddalar tashkil qiladi

36



Ekologik  me’yorlarga  rioya  etilmasdan,  qoloq  texnologiyalar  asosida 



qurilgan  mazkur  zavod  faoliyati  mintaqada  ming  yillar  davomida  shakllangan 

ekotizim  buzilishiga,  aholi genofondi, o‘simlik va  hayvonot olami  uchun katta 

xavf tug‘ilishiga sabab bo‘layotir

37



Ular  orasida  ftorli  vodorod  o‘ta  xavfli  bo‘lib,  bu  moddaning  atmosferaga 

chiqarilishi yiliga qariyb 122 tonnani tashkil etadi. SHamol  yo‘nalishlari tahlili 

shuni  ko‘rsatadiki,  ular,  asosan,  shimoliy  hamda  shimoli-sharqiy  yo‘nalish 

bo‘yicha  esadi  va  buning  natijasida  zavod  atmosferaga  chiqarayotgan  zaharli 

moddalarning asosiy  miqdori  18-19 soat ichida havo oqimi orqali  Surxondaryo 

viloyatining  Sariosiyo,  Uzun,  Denov,  Jarqo‘rg‘on  va  boshqa  tumanlariga 

tarqalib,  bu  erdagi  hududlarni  zaharlamoqda.  Masalan,  2006  —  2011  yillarda 

Sariosiyo tumani hududi atmosfera havosida ftorli vodorod tarkibi ruxsat etilgan 

o‘rtacha yillik konsentratsiya miqdoridan 1,8-2 barobar oshganini ko‘rsatmoqda. 

Ayniqsa, yozda ftorli vodorodning  yuqori darajada quyuqlashishi kuzatilmoqda 

va bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan 3,4 barobar ko‘pdir. 

Atmosfera havosida ftorli vodorod miqdori ko‘payib borayotgani oqibatida 

tuproq,  suv  resurslari  zararlanmoqda,  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  hosildorligi, 

chorvachilik mahsuldorligi pasayib ketmoqda, shuningdek, aholi salomatligi va 

genofondiga salbiy ta’sir etmoqda. 

                                                           

36

 Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар 



корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси. 

37

 Иванова А., Атроф-муҳитнинг трансчегаравий ифлосланиш муаммолари ва уларни ҳал 



этиш йўллари/ ЎзА, 22.08.2013 

 



43 

 

Ayniqsa,  tuproq  ko‘p  zararlanmoqda.  «Talko»  DUK  zaharli  chiqindilari 



ta’siri  ostida  qolayotgan  hududlarda  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  bu  erdagi  tuproq 

tarkibida  katta  miqdorda  ko‘chib  yuruvchi  ftor  to‘planganini  ko‘rsatmoqda. 

Ayni  paytda  zararlanish  manbaidan  150  kilometr  radiusdagi  hududlar  suvda 

eriydigan ftor bilan zaharlangan. 

Qayd etilgan hududlarda ko‘p yillar mobaynida ftor to‘planib, kuchli ta’sir 

ko‘rsatayotgani  natijasida  tuproq  tarkibi  butunlay  o‘zgarib  ketgan  va  bu  holat 

uning  kimyoviy-biologik  vazifasi  buzilishi  hamda  ekologik  vaziyatning 

yomonlashuviga  sabab  bo‘lmoqda.  Shuningdek,  «Talko»  DUK  chiqarayotgan 

zaharli  moddalar  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  va  chorvachilikka  ham  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatayotgani tashvish uyg‘otadi. 

Uzoq  yillar  mobaynida  tuproq  tarkibida  yuqori  konsentratsiyali  suvda 

eriydigan  ftorning  to‘plangani  o‘simliklarning  rivojlanishiga  ham  salbiy  ta’sir 

o‘tkazmoqda,  buning  natijasida  sabzavot  ekinlari  hosildorligi  hamda  sifati 

pasayib  borayotgani  kuzatilmoqda.  Misol  uchun,  ftorli  vodorod  bilan  kuchli 

zararlangan  Sariosiyo,  Uzun  va  Denov  tumanlari  hududida  sabzavot  ekinlari 

hosildorligi 46 foizga kamaygan. 

Bundan  tashqari,  «Talko»  DUK  chiqarayotgan  zaharli  moddalar 

urug‘larning unib chiqishi, daraxtlarning meva tugishi, o‘simliklarning o‘sishiga 

salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, poliz ekinlari hosildorligi 24,4, sabzavotlar 

hosildorligi  34,  uzum  hosildorligi  37,8  foizga  kamayib  ketgan.  Meva-

sabzavotlarda  ftoridlar  quyuqligi  ruxsat  etilgan  konsentratsiya  miqdoridan  11-

19, 


bug‘doyda  5-6,5  foizni  tashkil  etishi  aniqlangani  ham  o‘ta 

tashvishlanarlidir

38



Bundan  tashqari,  chorva  mollarning  tarkibida  ftor  yuqori  bo‘lgan 



o‘simliklarni iste’mol qilishi ularning organizmida jiddiy fiziologik o‘zgarishlar, 

ya’ni  kalsiy  va  yod  balansi  buzilishi,  tishlarining  qimirlab  qolishi  va  tushishi, 

                                                           

38

 Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар 



корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси. 

 



44 

 

naychasimon  suyaklari  qiyshayishi,  bo‘g‘inlari  shikastlanishi,  flyuroz, 



osteodistrofiya, osteoporoz, osteomalyasiya kasalliklarining paydo bo‘lishi, raxit 

va  boshqa  kasalliklarga  chalinishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Misol  uchun,  klinik 

tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatdiki,  Sariosiyo  tumanida  3-5  yoshdagi  hayvonlarning 

80-90 foizining tishlarida qora dog‘lar, ularning edirilishi, teshilishi va oqibatda 

tushishi  kuzatilmoqda.  Ozuqa  va  biomateriallar  tarkibida  ftorning  yuqori 

darajada bo‘lishi hayvonlar organizmida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda va 

bu  ularning  chala  nasl  berishi,  muhitga  chidamliligining  pasayishi, 

yaroqsizligiga  va  o‘lik  nasl  tug‘ilishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Bu  tumanlarda 

qoramollarning  o‘rtacha  solishtirma  og‘irligi  viloyatning  boshqa  tumanlariga 

qaraganda  15-20  kilogrammga  kam.  Bundan  tashqari,  tadqiqotlar  davomida 

sutda  ftor  quyuqligi  ruxsat  etilgan  konsentratsiya  miqdoridan  9-13,  go‘shtda 

10,9  foizga  oshgani  aniqlandi.  Eng  xavfli  tomoni  shundaki,  «Talko»  DUK 

atmosferaga  chiqarayotgan  moddalar  aholi  salomatligi  va  genofondiga  salbiy 

ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Alyuminiy  olishda  ftorli  vodoroddan  tashqari,  katta 

miqdorda  uglerod  va  oltingugurt  oksidlarining  zaharli  gazlari  ham  ajralib 

chiqadi.  Ular  insonda  yiringli  bronxit,  o‘pkaning  surunkali  shamollashi,  bosh 

aylanishi,  migren  va  qon  bosimi  oshishiga  sabab  bo‘ladi.  Ayniqsa,  zaharli 

chiqindilar 

xotin-qizlarning 

reproduktiv 

salomatligiga 

xavfli 


ta’sir 

ko‘rsatmoqda. 

Surxondaryo  viloyatining  ko‘rsatib  o‘tilgan  tumanlarida  bolalar  va  katta 

yoshli  aholining  patologik  o‘zgarishlar  bo‘yicha  kasallanishi  viloyat  bo‘yicha 

o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3 barobar yuqoridir. 

1994  yil  17  noyabrda  imzolangan  Tojikiston  alyuminiy  zavodining  salbiy 

ta’siri  zonasida  ekologik  ahvolni  yaxshilash  bo‘yicha  hamkorlikka  oid 

O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo bitimi ham amalda bajarilmayotir

39



                                                           



39

 Иванова А., Атроф-муҳитнинг трансчегаравий ифлосланиш муаммолари ва уларни ҳал 

этиш йўллари/ ЎзА, 22.08.2013 

 



45 

 

Ayni  vaqtda  2011  yilda  Uzun  tumanida  aholining  umumiy  kasallanishi 



2006  yildagiga  nisbatan  24,2,  Sariosiyo  tumanida  12,7  foizga,  nafas  olish 

organlari  kasalliklari  soni  3,4,  endokrin  tizimi  kasalliklari  2,8  barobar,  ovqat 

hazm  qilish  organlari  27,7,  shuningdek,  qon  va  qon  hosil  qilish  organlari 

kasalliklari 29,4 foizga oshgani qayd etildi. 

«Talko»  DUK  ta’siri  zonasida  yashayotgan  Sariosiyo  tumani  aholisi 

salomatligini  tekshirish  natijalari  umumiy  kasalliklar  tarkibida  quyidagi 

xastaliklar ko‘p uchrashini ko‘rsatdi: 

— nafas olish organlari (2006 yildagi 24 foiz o‘rniga 2011 yilda 27,8 foiz); 

— ovqat hazm qilish organlari    (12,6    foiz    o‘rniga    14,7    foiz); 

— endokrin       tizimi       (11,2       foiz       o‘rniga       14,1       foiz); 

—  qon  va  qon  hosil  qilish  organlari  (12,6  foiz  o‘rniga  15,3  foiz)    Atrof-

muhitning  aholi  salomatligiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  oqibatida  yuqorida  qayd 

etilgan tumanlarda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlari ayollarda 68, erkaklarda 

65  yoshni  tashkil  qilmoqda.  Holbuki,  respublikamiz  bo‘yicha  bu  ko‘rsatkich 

ayollarda  75,  erkaklarda  esa  72  yoshni  tashkil  etadi  «Talko»  DUK 

chiqindilaridan  ko‘p  zarar  ko‘rgan  tumanlarda,  masalan,  Surxondaryo 

viloyatining SHo‘rchi tumaniga nisbatan, homilaning tushib qolishi (2-2,5 marta 

ko‘p),  homila  normal  rivojlanmagani  sababli  abortlar  (har  ming  nafar  tuqqan 

ayollarning  16  nafaridan  9  nafarida),  muddatidan  oldin  tug‘ish  (har  ming 

tuqqanayolning  34  nafaridan  13  nafarida),  chala  va  vazni  kam  (2500  grammga 

etmagan) bolalarning tug‘ilishi (tug‘ilgan har ming bolaning 35-45 nafaridan 26 

nafarida)  kuzatilmoqda.Ushbu  tumanlarda  homiladorlikning  95  foizi  yuqori 

darajadagi qalqonsimon bez, tanosil tizimi kasalliklari bilankechmoqda. Bundan 

tashqari,  «Talko»  DUKning  tarkibida  ftor  bor  chiqindilarining  ta’siri  natijasida 

homiladorlarni  ultratovush  orqali  tekshirishda  ularning  homilasi  rivojlanishida 

tug‘ma  nuqsonlar  2006  yildagi  0,6  foiz  o‘rniga  2011  yilda  2,8  foizga  (4,6 

barobar) oshgan. Qonni biokimyoviy tekshirishlar esa bu ko‘rsatkich tegishincha 

8,2 foizdan 14,8 foizga, ya’ni 1,8 marta oshganini ko‘rsatmoqda. 2006 — 2011 




46 

 

yillarda homilador ayollar skriningida 687 holatda homila rivojlanishida tug‘ma 



nuqsonlar, ularning qoni biokimyoviy tekshirilganda esa,  979 holatda patologik 

o‘zgarishlar mavjudligi aniqlandi

40



SHu  bilan  birga,  monitoringga  muvofiq,  so‘nggi  besh  yilda  Sariosiyo 



tumanida  o‘lik  tug‘ilgan  chaqaloqlar  soni  7,7  barobar  ko‘paygan.  2011  yilda 

Denov,  Sariosiyo  va  Uzun  tumanlarida  o‘lik  tug‘ilgan  chaqaloqlar  soni  viloyat 

bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 27,3 foizga ko‘pdir. 

Bundan tashqari, 2011 yilda ushbu tumanlarda: 

—  16  yoshgacha  bo‘lgan  3106  nafar  nogiron  bola  ro‘yxatga  olingan,  bu 

2006 yildagiga nisbatan 9,5  foiz,  Sariosiyo tumanida esa  17,1  foiz ko‘pdir; 

—  16  yoshdan  katta  12655  nafar  nogiron  ro‘yxatga  olingan,  bu  2006 

yildagiga  nisbatan  1,5  barobar,  Sariosiyo  tumanida  esa  1,6  barobar  ko‘pdir. 

«Talko»  DUK  tomonidan  Uzbekiston  Respublikasining  Surxondaryo  viloyati 

aholisi  salomatligi  va  atrof-muhitiga  etkazilgan  iqtisodiy  zarar  tahlil  qilib 

chiqildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2006 — 2011 yillarda viloyatning to‘rt tumani 

(Sariosiyo,  Uzun,  Denov,  Jarqo‘rg‘on)  atrof-muhitiga  etkazilgan  ekologik-

iqtisodiy  zarar  100,8  million  dollar  hajmida  (ekologik-iqtisodiy  zarar  Engel 

ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda hisoblab chiqildi) baholanmoqda. So‘nggi 

besh  yilda  Surxondaryo  viloyatining  Denov,  Jarqo‘rg‘on,  Sariosiyo  va  Uzun 

tumanlari  qishloq  xo‘jaligiga  etkazilgan  iqtisodiy  zarar  174,97  million  dollar

 

hajmida 


baholanmoqda, 

jumladan: 

— qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi pasayishi hisobidan — 8,08 million 

dollar; 


— sog‘ib  olinadigan  sut  miqdori  kamayishi  hisobidan  —  33,2  million 

dollar; 


— chorva mollar vaznining kamayishi hisobidan — 133,7 million dollarni 

tashkil etadi. 

                                                           

40

 Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар 



корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси. 

 



47 

 

Hisob-kitoblarga  muvofiq,  aholi  salomatligi  va  genofondiga  har  yili 



etkazilayotgan iqtisodiy zarar 31,2 million dollardan oshmoqda. Jumladan, aholi 

salomatligini  tiklash  va  genofondini  saqlashga  Davlat  byudjeti  hisobidan  20,8, 

aholi  tomonidan  10,4  million  dollar  sarflanmoqda.  SHular  qatorida  flyuoroz 

kasalligini  davolash  xarajatlari  16,07,  xotin-qizlar  va  bolalar  salomatligini 

mustahkamlash  uchun  0,75,  qon  va  qon  hosil  qilish  organlari  kasalliklarini 

davolash uchun 4,8, endokrinologik va ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini 

davolash  uchun  3,3,  nafas  olish  organlari  kasalliklarini  davolash  uchun  3,9 

million  dollar  yo‘naltirilmoqda.  Bunda  faqat  2007  —  2011  yillarda  etkazilgan 

iqtisodiy zarar miqdori 156 million dollardan ortiq bo‘lganini alohida qayd etish 

joiz. 2007 — 2011 yillarda 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar, shuningdek, 

16  yoshdan  katta  nogironlar  ehtiyojlari  uchun  Davlat  byudjetidan  28  million 

dollar sarflandi. 

SHu  tariqa,  «Talko»  DUK  tomonidan  so‘nggi  besh  yilda  Uzbekistonga 

etkazilgan jami iqtisodiy zarar 447,3 million dollarni tashkil etdi. «Talko» DUK 

faoliyatining  xavfli  oqibatlaridan  tashvishga  tushgan  Surxondaryo  viloyati 

aholisi  bundan  bir  yil  avval  mazkur  korxona  hamda  xalqaro  tashkilotlar 

rahbariyati  e’tiborini  tortish  maqsadida  qator  norozilik  aksiyalarini  o‘tkazgan 

edi.  Ular  BMT  Bosh  Assambleyasi,  YUNEP  va  Jahon  sog‘liqni  saqlash 

tashkilotiga  qarata  «Tojikiston  alyuminiy  kompaniyasi»  davlat  unitar 

korxonasining zararli ishlab chiqarishini zudlik bilan to‘xtatish, «Talko» DUKda 

ushbu korxonaning unga tutash hududlar aholisiga, flora va faunasiga etkazgan 

zararini  aniqlash  uchun nufuzli  xalqaro  mustaqil  ekspertlarni  jalb qilgan  holda, 

ekologik  ekspertiza  o‘tkazish,  korxona  to‘liq  modernizatsiya  qilinishi  va 

zamonaviy  tozalash  qurilmalari  bilan  jihozlanishi,  korxonaning  bir  necha  o‘n 

yillik  faoliyati  davomida  mintaqa  aholisi  salomatligiga  va  atrof-muhitga 

etkazilgan  zararni  to‘liq  qoplash  majburiyatini  yuklashdan  iborat  pozitsiyasi 

bayon etilgan Murojaatni qabul qilgan edi. Surxondaryo viloyati aholisining 757 

mingdan  ortiq  kishi  imzolagan  ushbu  Murojaatida:  «Biz  ishonamizki,  kindik 




48 

 

qoni  to‘kilgan  o‘z  ona-erida  xavfli  sanoat  ishlab  chiqarishining  zararli 



chiqindilari  tufayli  sog‘lom  atrof-muhitga  ega  bo‘lish  huquqidan  mahrum 

bo‘layotgan odamlar taqdiri xalqaro hamjamiyatni befarq 

qoldirmaydi», 

deb ta’kidlangan edi. 

O‘zbekiston Ekologik harakati ushbu Murojaatni BMT Bosh kotibi Pan Gi 

Mun,  BMTning  Atrof-muhit  bo‘yicha  dasturi  ijrochi  direktori  Axim  SHtayner 

va  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  bosh  direktori,  doktor  Margaret  CHenga 

yo‘lladi  va  ularni  «Tojikiston  alyuminiy  kompaniyasi»  DUK  sanoat 

chiqindilaridan  zarar  ko‘rayotgan  mintaqa  aholisi  hamda  atrof-muhitni  himoya 

qilishga chaqirdi. 

Ushbu  masalalar  2010  yil  16-17  noyabr  kunlari  Toshkentda  bo‘lib  o‘tgan 

«O‘rta  Osiyoning  transchegaraviy  ekologik  muammolari:  ularni  hal  etishda 

xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash» xalqaro konferensiyasida,  shuningdek, 

2011  yil  9  dekabrda  «Ekologik  xavfsizlik,  salomatlikni  muhofaza  qilishning 

dolzarb muammolari: ularni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni» 

mavzuida  o‘tgan  xalqaro  davra  suhbatida  atroflicha  muhokama  etildi. 

Jamoatchilikni tashvishga solayotgan bu masalalar «Talko» DUK rahbariyatiga 

ham  bir  necha  marta  etkazildi.  Masalan,  O‘zbekiston  Ekologik  harakati 

korxonaning  atrof-muhit  va  aholi  salomatligiga  etkazayotgan  transchegaraviy 

ta’siri  masalasini  muhokama  etish,  zararlash  manbalari,  shuningdek,  ularning 

ta’sir  zonalarida  birgalikda  o‘lchash  ishlarini  o‘tkazish  maqsadida  2011  yil 

sentyabr  va  oktyabr  oylarida  korxona  rahbariyatiga  yo‘llagan  maktublarida 

O‘zbekiston  ekologlarining  «Talko»  DUK  vakillari  bilan  zavod  hududida 

uchrashuv o‘tkazishini taklif etdi

41



«Talko»  DUK  axborot-tahlil  departamenti  rahbari  Igor  Satarovning  2011 



yil 8 sentyabrda «Ozodi» radiosiga bergan intervyusi korxonaga shunday taklif 

bilan  murojaat  qilishga  majbur  etdi.  U  o‘z  intervyusida  O‘zbekiston  Ekologik 

                                                           

41

 Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар 



корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси. 

 



49 

 

harakati,  go‘yoki,  korxona  ishlab  chiqarish  chiqindilarining  transchegaraviy 



ta’siri masalalarida «hech qanday tahlillar o‘tkazmasdan shubhali ma’lumotlarga 

tayanayotgani»  va  «O‘zbekiston  kompaniyaning  har  ikki  tomon  mutaxassislari 

ishtirokida  birgalikda  o‘lchash  ishlarini  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  taklifini  rad 

etgani»ni keltiradi. 

«Talko»  DUK  boshqaruvchi  direktori  S.F.  SHaripovdan  olingan  javobda 

shunday deyilgan: «Talko» DUK ishlab chiqarish faoliyatining transchegaraviy 

ta’siri bilan bog‘liq masalalar Tojikiston Respublikasi hukumat tuzilmalarining 

doimiy  nazoratida.  «Talko»  DUK  davlat  korxonasi  hisoblanadi  va  shu  sababli 

atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  transchegaraviy  ta’sir  ko‘rsatishni  baholash  va 

muhokama  etish  bo‘yicha  korxona  faoliyatini  yaxshilashga  oid  takliflarimiz 

Tojikiston  Respublikasi  hukumatiga  taqdim  etilgan.  Tojikiston  va  O‘zbekiston 

korxonalari  faoliyatining  atrof-muhitga  transchegaraviy  ta’sir  ko‘rsatishi 

masalalarini  muhokama  etishga  doir  biz  va  siz  bildirgan  takliflar  yuzasidan 

qarorlarni har ikki davlat hukumat tuzilmalari qabul qilish vakolatiga egadir». 

«Talko»  DUK  boshqaruvchi  direktorining  javobi  yuqorida  tilga  olingan 

korxona  axborot-tahlil  departamenti  rahbarining  bayonotiga  mutlaqo  ziddir. 

Ayni  paytda  2012  yilning  aprelida  turli  veb-saytlarda  Tojikistonning  «Talko» 

ta’sir  zonasidagi  ekologik  ahvolni  birgalikda  o‘rganish  to‘g‘risidagi  taklifiga 

qaramay,  O‘zbekiston  ushbu  tadbirlarda  ishtirok  etishdan  ataylab  bosh 

tortayotgani  haqidagi  gaplar  yana  takrorlangan  (www/ferghana.ru  saytidagi 

Tojikiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi bayonotiga tayangan holda 

e’lon qilingan «Dushanbe Toshkentni Tojikistonda ijtimoiy qo‘zg‘olon ko‘tarish 

bo‘yicha 

ig‘vo 


tarqatayotganlikda 

ayblamoqda» 

sarlavhali 

maqola; 


www.ariana.su

  saytidagi  P.  Bolotovning  «O‘zbekiston  —  Tojikiston 

munosabatlaridagi  tanglik»  maqolasi; 

www.avesta.tj

  saytidagi  Tojikistonning 

Rossiyadagi  elchixonasi  rasmiy  saytida  joylashtirilgan  press-relizga  tayangan 

«O‘zbekiston  Tojikistondan  hududining  bir  qismini  berishni  talab  qilmoqda» 

sarlavhali  maqola  shular  jumlasidandir).  Bizningcha,  bunday  pozitsiya 




50 

 

Tojikiston  qo‘shni  davlat  hududlarining  zararlanishi  sababli  yuzaga  kelgan 



muammolarni  muhokama  etish  va  hal  qilish  niyatida  emasligidan,  daromad 

ketidan  quvib,  Tojikiston  hamda  O‘zbekiston  fuqarolarining  hayoti  va 

salomatligini  xavf  ostiga  qo‘yishdan  ham  tap  tortmasligidan  dalolat  beradi. 

O‘zbekiston  hududlarining 

Tojikiston 

alyuminiy 

zavodi 

tomonidan 

transchegaraviy zararlanish oqibatlarining tahlili natijasida quyidagi xulosalarga 

kelish mumkin: 

«Talko» DUK atmosferaga chiqarayotgan zararli moddalar ta’siri zonasida 

joylashgan  O‘zbekistonning  Surxondaryo  viloyatidagi  Sariosiyo,  Uzun,  Denov 

va  Jarqo‘rg‘on  tumanlarida  ekologik  vaziyat  yildan-yilga  murakkablashib 

bormoqda,  bu  holat  ushbu  tumanlar  aholisi  salomatligi  hamda  genofondiga, 

qishloq  xo‘jaligi  va  chorvachiligiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatib,  O‘zbekiston 

Respublikasiga katta ekologik-iqtisodiy zarar yetkazmoqda. 

1.  «Talko»  DUK  O‘zbekiston  Respublikasiga  447,3  million  dollar 

miqdorida etkazilgan zararni qoplashi zarur. 

SHu  bilan  birga,  «Talko»  DUK  tomonidan  chiqarilayotgan  zararli 

moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida: 

1)  Korxonaning  odamlar  hayotiga  xavf  solayotgan  va  atrof-muhitga  zarar 

etkazayotgan faoliyatini to‘xtatish; 

2)  «Talko»  DUKning  atrof  tabiiy  muhitga  ko‘rsatayotgan  ta’sirini 

baholash; 

3)  «Talko»  DUKda  texnologik  jarayonlar  va  gazni  tozalash  uskunalarini 

to‘liq  modernizatsiya  qilish,  «Talko»  DUK  chiqarayotgan  zararli  moddalarni 

bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha texnik ishlar dasturi tadbirlarini izchil 

amalga oshirish; 

 

 

 



 


51 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



XULOSA 

Xulosa  sifatida  shuni  aytishimiz  mumkinki,  sovet  mustabid  tuzumi 

hukmronligi  sharoitida  sun’iy  tarzda  yuzaga  keltirilgan  Orol  fojeasi  global 

ahamiyat kasb etib, mintaqa doirasida hal etish mushkul bo‘lgan muammolardan 

biriga  aylandi.  Bundan  tashqari,  so‘nggi  paytlarda  Tojikiston  rahbariyatining 

tashabbusi bilan Rog‘unda boshlab yuborilgan ulkan GES qurilishi hamda uning 

keltirib  chiqarishi  mumkin  bo‘lgan  mudhish  oqibatlari  haqida  bot-bot 



52 

 

gapirilmoqda.  Bugungi  kunda  dunyoda  ishlab  chiqarilayotgan  umumiy  elektr 



energiyasining  20  foizga  yaqini  gidroelektrostantsiyalar  –  GESlar  hissasiga 

to‘g‘ri  keladi.  Tojikiston  hukumati  tomonidan  qurilishi  mo‘ljallanayotgan 

Rog‘un GESining balandligi 350 metr, ishlab chiqarish quvvati esa 3600 MVtni 

tashkil etadigan to‘g‘on dunyodagi eng yirik hisoblanmish GESlardan ham suv 

bosimi  yoki  to‘g‘onining  balandligi  bo‘yicha  olti  barobarga,  quvvati  bo‘yicha 

esa  144  barobarga  ustunroqdir.  Shu  o‘rinda  aytish  kerak,  katta 

gidroinshootlarning  atrof-muhitga  salbiy  ta’siri  va  zarari  borligi  uchun 

Yevropada  allaqachon  ular  xizmatidan  voz  kechish  haqida  qatiy  qarorga  kelib 

bo‘lingan.  Shuning  uchun  ham  1998  yildan  beri  mazkur  qit’ada  ulkan 

to‘g‘onlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechilmoqda. 

Bundan  tashqari,  mintaqa  ekologiyasiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatayotgan  yana  bir 

omillardan  biri  “Tojikiston  alyuminiy  kompaniyasi”  davlat  unitar  korxonasi 

(“Talko”  DUK)  chiqarayotgan  tashlanmalar  bo‘ldi.  Ushbu  korxona  tomonidan 

Surxondaryo 

viloyatining 

shimoliy 

hududlarini 

transchegaraviy 

ifloslantirayotgani  xususidagi  masala  keyingi  yillardagi  asosiy  masalalar 

qatoridan  joy  oldi.  1975  yilda  ekologik  standartlarga  rioya  etilmasdan,  zamon 

talablariga  javob bermaydigan  texnologiyalar  asosida qurilgan  mazkur  korxona 

atrof-muhitni  zaharli  birikmalar  bilan  zararlantiradigan  manbaga  aylandi. 

«Tojikiston  alyuminiy  zavodi»  davlat  unitar  korxonasi  Dushanbe  shahri 

g‘arbidan  oltmish  kilometr  uzoqlikda,  Tursunzoda  shahri  yaqinida  joylashgan. 

Mavjud  ma’lumotlarga  ko‘ra,  u  yiliga  350-400  ming  tonna  alyuminiy  ishlab 

chiqarish  quvvatiga  ega.  Korxona  O‘zbekiston  Respublikasi  chegarasidan  atigi 

18  kilometr  masofada  joylashgani  bois  mamlakatimizning  Surxondaryo 

viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo‘rg‘on tumanlarining 1,1 

million nafardan ortiq aholisi uning zararli ta’siri ostida qolmoqda. «Talko»ning 

sanoat  chiqindilari  Surxondaryo  viloyati  atrof-muhiti  va  qishloq  xo‘jaligiga 

salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Bunday  noxush  holatlarning  oldini  olish  va  uning  aholi  salomatligi  va 




53 

 

yashash  tarziga  bo‘lgan  salbiy  tahdidlarini  yumshatish  borasida  O‘zbekiston 



hukumati  katta  kuch-g‘ayrat  sarfladi.  Xususan,  bu  borada  amalga  oshirilgan 

tadbirlar  natijasida  Orolbo‘yida  istiqomat  qiluvchi  aholining  ijtimoiy-iqtisodiy 

ta’minlanganlik darajasi oshib, turmushi farovonlashdi. Aholi sog‘lig‘ini saqlash 

borasida  amalga  oshirilgan  ishlar  tufayli  mintaqada,  xususan  O‘zbekiston 

tarkibiga  kiruvchi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Xorazm,  Buxoro  va  Navoiy 

viloyatidagi  ahvol  birmuncha  yaxshilanishiga  erishildi.  Ammo,  O‘zbekiston 

tomonidan amalga oshirilgan bunday keng ko‘lamli tadbirlarga qaramasdan, bu 

muammo global ahamiyat kasb etgani va ko‘lamining nihoyat darajada kengligi 

bois  bu  borada  amalga  oshirilgan  loyiha  hamda  dasturlarga  qo‘shimcha  tarzda 

yana  ko‘plab  tadbirlarni  amalga  oshirish  talab  etiladi.  Xususan,  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik 

ofat  oqibatlarini  yumshatish  bo‘yicha  hamkorlikni  rivojlantirish»  mavzusidagi 

xalqaro  konferensiyasida  so‘zlagan  nutqida  ta’kidlanganidek  “Mintaqa 

mamlakatlari  Orol  dengizi  halokatining  atrof-muhit  va  bu  erda  yashayotgan 

aholi  hayoti  va  faoliyatiga  etkazayotgan  ekologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va 

gumanitar oqibatlarini bartaraf etish uchun etarlicha mablag‘ va moddiy-texnik 

imkoniyatlariga  ega  emas.  Shu  bois  Birlashgan  Millatlar  tashkiloti,  boshqa 

xalqaro  tashkilotlar  va  rivojlanish  bo‘yicha  hamkor  davlatlarning  samarali 

amaliy yordamisiz dunyo miqyosidagi ushbu muammoni hal etib bo‘lmaydi”. 

 

 



 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling