Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari


I-BOB. SOVET MUSTABID TUZUMI DAVRIDA EKOLOGIK


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#211575
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

I-BOBSOVET MUSTABID TUZUMI DAVRIDA EKOLOGIK 

MUAMMOLARNING SUN’IY TARZDA VUJUDGA KELTIRILISHI 

 


 

1.1. 



&. O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi va uning salbiy 

oqibatlari 

Markazning iqtisodiy jabhadagi o‘zboshimchaligi urush yillarida e’tiborsiz 

qolgan  o‘zbek  qishloqlariga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatgan  edi.  Chunki  urush  davrida 

imkon  darajada  qishloqdan  (oziq-ovqat,  xom  ashyo,  ishchi  kuchlari  va  h.k.) 

olindi,  lekin  qishloqqa  esa  hech  narsa  berilmadi.  Oqibatda  qishloq  xo‘jaligida 

sovet  agrar siyosatining tobora  yangi-yangi  zararli illatlari o‘zini namoyon  qila 

boshladi. 

Stalin ma’muriyati kommunizmga jadal yurishdan iborat xayoliy rejalarini 

ro‘yobga  chiqarish  maqsadida  odatdagidek  qishloqda  ma’muriy-tazyiq 

o‘tkazishga  zo‘r  berdi.  Jamoa  va  davlat  xo‘jaliklaridan  davlatga  mahsulot 

etkazib  berishni  keskin  oshirish  talab  qilindi,  bunda  xo‘jalik  imkoniyatlaridan 

emas, balki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqildi. 

Qishloq  xo‘jaligini  yuksaltirish  uchun  yirik  kapital  mablag‘lar  talab 

qilinardi.  Biroq  ular  etarlicha  berilmasdi.  Urushdan  keyingi  davrda 

O‘zbekistonning  agrar  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun  umumiy  mablag‘lar 

hajmining bor-yo‘g‘i 7%i ajratildi

1

. Davlatning jamoa xo‘jaliklariga «yordami» 



asosan  texnika  etkazib  berishdan  iborat  bo‘ldi,  bu  texnika  esa  MTSlar 

tasarrufida  edi.  Shu  bilan  birga,  jamoa  xo‘jaliklari  mahsulotlariga  belgilangan 

xarid  narxlari  urushdan  oldin  qanday  bo‘lsa,  shundayligicha  saqlanib  qoldi, 

vaholanki, dehqon xo‘jaliklari oladigan sanoat mahsulotlarining narxlari esa 20 

baravar  ortdi.  Natijada  davlat  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  deyarli  tekinga 

oladigan bo‘ldi

2



Davlatning  dehqonlarni  talashga  qaratilgan  siyosati  ular  to‘lashga  qurbi 



etmaydigan  soliqlar  solish  bilan  birga  qo‘shib  olib  borilardi.  Qishloq  ahli 

bittadan ortiq sigir saqlashi mumkin emasdi. Meva beradigan har tup daraxtdan 

ham  soliq  undirilardi.  Shu  bilan  birga  shaxsiy  tomorqa  xo‘jaligi  miqdori  ham 

                                                           

1

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 533. 



2

 Ўша манба. -Б. 534 

 



 

doimiy ravishda qisqartirib borildi. Agar 1950 yilga qadar tomorqa uchastkalari 



normasi  0,15  ga.dan  0,25  ga  miqdor  atrofida  belgilangan  bo‘lsa,  1950  yil 

yanvardan  boshlab  tomorqa  uchastkalari  qisqartirilib,  0,12—0,15  ga  keltirildi. 

Dehqon  xo‘jaliklaridan  kesib  olingan  sug‘oriladigan  erlar,  bog‘lar,  uzumzorlar 

jamoa  xo‘jaliklariga  berildi.  Urushdan  keyingi  yillarda  tomorqa  uchastkalari 

haqiqatda qishloq mehnatkashlarining qo‘shimcha mahsulot olish manbai bo‘lib 

turgan  bir  paytda  bu  siyosat  amalga  oshirilgan  edi.  Buning  ustiga  jamoa 

xo‘jaliklari o‘z a’zolarining qilgan mehnatlariga haq to‘lash imkoniyatlariga ega 

emasdilar.  Yoziladigan  mehnat  kunlari  esa  avvalgidek  ramziy  xususiyatga  ega 

edi. 

Urushdan oldingi tartiblar saqlab qolindi, ular kolxozchilarning bir joydan 



ikkinchi joyga ko‘chib borish erkinligini cheklab qo‘ygan edi. Ular, avvalgidek 

pasportga  ega  bo‘lish  huquqidan  mahrum  edilar,  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik  uchun  haq  to‘lash,  mehnat  ta’tili,  pensiya  ta’minoti  ularga  tatbiq 

etilmasdi,  o‘zbek  qishlog‘ining  ijtimoiy  sohasi  butunlay  e’tiborsiz  holatda  edi. 

Qishloq  aholisining  bir  qismi  yarim  xaroba  binolarda,  erto‘lalarda,  chaylalarda 

yashardi. Maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi nihoyatda past darajada edi. 

Tiklash  davrining  ko‘p  qirrali  muammolarini  hal  etishda  irrigatsiya  va 

melioratsiya  muhim  rol  o‘ynardi.  Minglab  kolxozchilar  ketmon,  cho‘kich, 

belkurak va aravachalar bilan kanallar va sug‘orish tizimlari kurilishida mehnat 

qilishdi. 1949 yil aprelda respublika hukumati tomonidan «Mirzacho‘lni yanada 

o‘zlashtirish  tadbirlari  to‘g‘risida»  qaror  qabul  qilinishi  suv  muammosiga 

bo‘lgan  e’tiborni  yanada  kuchaytirdi.  1950  yilda  o‘zlashtirilgan  er  maydonlari 

281,4  ming  ga.  ni  tashkil  etdi

3

.  Yangi  o‘zlashtirilgan  erlarga  asosan  paxta 



ekilardi. 

O‘zbekiston 

rahbariyati 

qishloq 


iqtisodiyotini 

har 


tomonlama 

rivojlantirishdan  manfaatdor  edi,  shuning  uchun  ham  paxta  etishtirish  bilan  bir 

qatorda  kishloq  xo‘jaligining  boshqa  tarmoqlarini  ma’lum  darajada  bir  xil 

                                                           

3

 Ризаев Р. Социалистическое сельское хозяйство Узбекистана. — Т., 1978, С. 150-155, 169. 




 

qiymatga  ega  bo‘lgan  resurslar  bilan  ta’minlashga  intildi.  Xususan,  respublika 



aholisining  moddiy  ahvolini  yaxshilashga  yordam  beradigan  oziq-ovqat 

ekinlarini ma’lum miqdorda etishtirishga e’tibor berdi. Biroq bu hol Markazning 

paxta  yakkahokimligini  kengaytirishga  qaratilgan  imperiyacha  yo‘liga  zid 

kelardi.  1947  yilda  O‘zbekistonning  mas’ul  xodimlarini  Moskva  «mahalliy 

vazifalar  foydasiga  umumdavlat  manfaatlarini  unutib  ko‘yish»da

4

  aybladi. 



(Markazning  direktiv  yo‘l-yo‘riqlariga  muvofiq  ustunlik  faqat  paxtachilikka 

qaratildi. SHuningdek, belgilangan rejani bajarish yo‘lida milliy rahbarlarga va 

busiz  ham  paxtazorlarda  og‘ir  mehnat  qilayotgan  qishloq  mehnatkashlariga 

nisbatan jazo tazyiqlari kuchaytirildi. Natijada 1952 yilda O‘zbekiston davlatga 

2  mln.  367  ming  t.  paxta  topshirdi,  bu  1940  yildagiga  nisbatan  deyarli  ikki 

baravar  ko‘p  edi.  Biroq  bu  o‘sishga  agrar  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishdagi 

ob’ektiv  sog‘lom  jarayonlar  tufayli  emas,  balki  o‘zbek  dehqonlarini  ayovsiz 

ishlatish hisobiga erishildi. 

Paxta  yakkahokimligini  mustahkamlashga  qaratilgan  bu  imperiyacha 

siyosat respublika qishloq xo‘jaligining umumiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 

Masalan,  50-yillarning  boshlarida  O‘zbekiston  ekin  maydonlarini  urushdan 

oldingi darajasiga etkazib bo‘lmadi. Don ekinlari yalpi hosili 1940 yildagi 615,1 

ming t.dan 443 ming t.ga, uzum 1302 ming t.dan 840,2 ming t.ga, poliz ekinlari 

331,9  ming  t.dan  153,4  ming  t.ga  tushib  qoldi.  Ayni  vaqtda  sabzavotlar 

hosildorligi  gektariga  152  t.dan  73  t.ga,  poliz  mahsulotlari  84  t.dan  66  t.ga 

tushib qoldi va hokazo. 

Qishloq xo‘jaligida  yangilangan ustivor  yo‘nalishlar dasturi kommunistlar 

partiyasining  1953  yil  sentyabr  plenumida  qo‘yilgan  edi.  U  «kommunizmga 

sakrash»ga urinishlardan chekinishni, avvalgi agrar yo‘lni yumshatishni nazarda 

tutardi:  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishini  jonlantirish  uchun  jamoa 

xo‘jaliklarining qarzlari bekor qilindi, davlatga mahsulotlar etkazib berish hajmi 

birmuncha kamaytirildi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi bir oz oshirildi. SHu 

                                                           

4

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 536. 




10 

 

bilan  birga,  qishloq  aholisining  parranda,  mayda  uy  hayvonlarini  ko‘paytirishi 



rag‘batlantirildi, tomorqa uchastkalaridan olinadigan soliqlar kamaytirildi. 

Hukmron  organlarning  qishloq  xo‘jaligiga  ajratiladigan  kapital 

mablag‘larni  ko‘paytirishga,  qishloqning  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini 

rivojlantirishda  fan  va  texnika  yutuqlaridan  foydalanishga  intilishi  yaqqol 

ko‘zga  tashlandi.  Paxtachilikni  mexanizatsiyalash,  yangi  mashinalar  va 

mexanizmlarni  o‘zlashtirish,  dehqon  xo‘jaliklarining  texnika  bilan  ta’min 

etilishini kuchaytirish sohasida tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi. Agrar ishlab 

chiqarishni  elektrlashtirish  sohasida  ham  muayyan  siljish  ko‘zga  tashlandi. 

SHuningdek,  ayrim  ijtimoiy  muammolarni  hal  etish  borasida  ham  bir  qator 

ishlar  amalga  oshirildi.  Qishloq  joylarida  kasalxonalar,  maktablar,  uy-joylar 

avvalgiga  nisbatan  kengroq  miqyosda  kurila  boshladi,  xodimlarning  ayrim 

toifalariga pensiyalar joriy etildi. 

Amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  qishloq  iqtisodiyotining  jonlanishiga 

birmuncha  turtki  berdi.  1960  yilda  respublikada  etishtirilgan  barcha  qishloq 

xo‘jalik  mahsulotlari  1950  yildagiga  nisbatan  sezilarli  darajada  ortiq  bo‘ldi. 

Chorvachilikda ham ba’zi umidbaxsh siljishlar ko‘zga tashlandi. 

50-yillarning  o‘rtalaridan  boshlab  Sovet  davlatining  siyosiy  rahbariyatida 

«kommunizmga  jadal  yurish»  mafkurasida  kolxoz-kooperativ  mulki  o‘z 

imkoniyatlarini  tugatdi,  degan  fikr  ustunlik  qila  boshladi.  Kooperativ  mulkni 

ijtimoiy  mulkka  jadal  «etkazib  olish»  yo‘li  bilan  «sotsialistik  mulk»ning  ikki 

shakli o‘rtasidagi tafovutni barham toptirishga qaror qilindi. 

Paxtachilikda ziddiyatli jarayonlar sodir  bo‘ldi. Paxtachilikni rivojlantirish 

mantig‘i  uning  imperiyacha  yo‘nalishini  saqlab  qoldi.  Xrushchev  partiya  va 

mamlakatga  rahbarlik  qilishga  kelgach,  O‘zbekiston  hukumatidan  paxta 

etishtirishni  ko‘paytirish,  chigit  ekishga  ajratiladigan  maydonlarni  keskin 

kengaytirishni an’anaviy ravishda talab qildi. 

Paxtadan  tabora  ko‘proq  yalpi  hosil  olishga  erishish  siyosatining  yaqqol 

ifodasi  yangi  o‘zlashtirilgan  erlarda  paxta  etishtiradigan  xo‘jaliklarni  jadallik 




11 

 

bilan  tashkil  etish  bo‘ldi.  Ittifoq  direktiv  organlari  1956  yil  6  avgustda 



«O‘zbekiston  SSR  va  Qozog‘iston  SSRda  Mirzacho‘lning  qo‘riq  yerlarini 

sug‘orish  va  o‘zlashtirish  to‘g‘risida»gi  qarorni  qabul  qilgandan  keyin 

paxtachilik  xo‘jaliklari  tashkil  etish  ayniqsa  keng  ko‘lam  kasb  etdi

5

.  Mazkur 



qarorga  muvofiq  1962  yilga  kelib  Mirzacho‘lda  300  ming  gektar  qo‘riq  erlar 

o‘zlashtirilishi  va  34  paxtachilik  davlat  xo‘jaliklari  tashkil  etish  mo‘ljallangan 

edi.  Qo‘yilgan  vazifalarning  bajarilishini  ta’minlash  uchun  O‘zSSR  Ministrlar 

Kengashi xuzurida Mirzacho‘lni sug‘orish va o‘zlashtirish bo‘yicha boshqarma-

«Glavgolodnostepstroy»  tashkil  etildi.  «Glavgolodnostepstroy»  negizida 

irrigatsiya  va  sovxozlar  qurilishi  bo‘yicha  O‘rta  Osiyo  Bosh  boshqarmasi  — 

«Glav-sredazirsovxozstroy» yuzaga keldi. 

Mirzacho‘l  bilan  birgalikda  Markaziy  Farg‘ona  erlari  ham  faollik  bilan 

o‘zlashtirildi.  Surxondaryo,  Zarafshon  vohalarida,  Amudaryo  etaklarida  ham 

yirik  irrigatsiya-melioratsiya  ishlari  amalga  oshirildi.  Qarshi  va  SHerobod 

cho‘llariga hujum keng avj oldirildi. 

Irrigatsiya ishlarining qizg‘in tus oldirilishi 1955—1959 yillarda 160 ming 

ga. yangi erlarni ishga tushirishga imkon berdi. 1965 yilda O‘zbekistonning ekin 

ekiladigan  maydonlari  350  ming  ga.ga  ko‘paydi,  shu  jumladan,  sug‘oriladigan 

erlar  200  ming  ga.ga  ortdi.  Yirik  qo‘riq  va  bo‘z  erlar  massivlarining  qishloq 

xo‘jalik  oborotiga  kiritilishi  respublikada  paxta  ekin  maydonlarini 

kengaytirishga yordam berdi. Natijada paxta etishtirish hajmi 1953 yildan 1964 

yilgacha  2525,5  ming  t.dan  3671,4  ming  t.ga  etdi.  Lekin  hosildorlik  pasayib 

ketdi.  Masalan,  1956  yilda  respublika  bo‘yicha  har  gektar  erdan  o‘rta  hisobda 

22,0 s. paxta hosili olingan bo‘lsa,  1962 yilda u pasayib, 19,2 s.ni tashkil qildi. 

Ko‘pgina xo‘jaliklarda hosildorlik bundan ham kamroq bo‘ldi. 

Vaqt  masofasidan  turib  nazar  tashlaganda,  shu  narsa  yaqqol  ko‘zga 

tashlanadiki,  O‘zbekistonda  ham,  umuman,  butun  SSSRda  bo‘lganidek,  ko‘riq 

                                                           

5

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 541. 




12 

 

erlarga  ommaviy  ravishda  qilingan  hujum  rejalashtirish  vaqtida  mo‘ljallangan 



natijalarni bermadi. 

Qo‘riq erlarni o‘zlashtirish jamiyat taraqqiyotini ekstensiv andoza bo‘yicha 

olib borishning yaqqol ifodasi bo‘ldi. U chuqur va har tomonlama ilmiy asosda 

ishlab  chiqilmagan  bo‘lib,  ko‘p  jihatdan  sub’ektivizm  asoratidan  xoli  emasdi. 

Amalga  oshirilayotgan  tadbirlarning  ekologik  oqibatlarini  hisobga  olmaslik 

ahvolni  yanada  mushkullashtirdi.  Ekologiya  muammolariga  e’tiborsizlik  bilan 

qarash darhol ko‘zga tashlanmadi. Lekin u sekin-asta avj olib, Orolning hozirgi 

vaqtdagi fojiasiga zamin hozirlab bordi. 

Ittifoq  siyosiy  rahbariyatining  erlarni  drenajsiz  o‘zlashtirish  sohasidagi 

Lisenko  «nazariyasi»ga  xayrihohlik  bilan  qarashi  tuproqning  holatiga  salbiy 

ta’sir  qildi.  Bu  nazariyaning  rasmiy  ravishda  qo‘llab-quvvatlanishi  tuproqning 

sho‘rlanishi  va  botqoqlashuviga  qarshi  muhandislik  usullari,  drenajlar  qurish 

yo‘li  bilan  kurash  olib  borish  ishlarini  to‘xtatib qo‘yishga  olib  keldi.  Oqibatda 

hosiddor  erlar  miqdorining  kamayib  borishi  yaqqol  sezila  boshladi.  Masalan, 

1965  yilda  birgina  Buxoro  viloyatida  sho‘rlanmagan  erlar  salmog‘i  bor-yo‘g‘i 

9,8%ni tashkil etdi

6



1964  yil  oktyabrda  «saroy  to‘ntarishi»  natijasida  N.S.Xrushchev  hamma 



lavozimlardan  bo‘shatilib,  L.I.Brejnev  saylandi,  u  Sovet  davlatining 

«turg‘un»lik davri tarixida yangi sahifa ochdi. 

Mamlakat iqtisodiy ahvolidagi murakkablik yangi siyosiy rahbariyat oldiga 

xo‘jalik  mexanizmini,  ayniqsa,  agrar  ishlab  chiqarish  mexanizmini  yangilash 

vazifasini  qo‘ydi.  1965  yilning  mart  oyida  taklif  etilgan  agrar  yo‘l  milliy 

daromadni  qishloq  xo‘jaligi  foydasiga  qayta  taqsimlashni,  qishloq  xo‘jalik 

mahsulotlari  xarid  narxlarini  oshirishni,  boshqarishning  ma’muriy  usullaridan 

iqtisodiy  usullariga  o‘tishni,  shaxsiy  yordamchi  xo‘jaliklarga  nisbatan  qilingan 

nohaqliklarni  bartaraf  etishni,  agrar  tarmoqqa  fan-texnika  taraqqiyotini  joriy 

etishni nazarda tutar edi. 

                                                           

6

 «Советская Бухара». 1966, 30 марта. 




13 

 

Biroq,  o‘ylab  topilgan  bu  tadbirlarning  ko‘plari  amalga  oshirilmadi. 



Ma’muriyatchilik,  xo‘jaliklarning  va  umuman  qishloq  mexnatchilarining 

ishlariga  uquvsizlik  bilan  aralashish  davom  etardi.  Eng  asosiysi,  erdan 

foydalanishning  sotsialistik  tizimi  saqlanib  qolgan  bo‘lib,  qishloqdagi  tovar 

ishlab  chiqaruvchilarni  erdan  va  ishlab  chiqarish  vositalaridan  begonalashtirib 

qo‘ygan  edi.  Buning  oqibatida  salbiy  holatlar  ko‘payib  bordi.  Natijada  80-

yillarning boshlariga kelib Sovet Ittifoqi qishloq xo‘jaligi tanglik holatiga tushib 

qoldi. 

Katta  miqdorda  kapital  mablag‘  sarf  etishni  talab  qiluvchi  qishloq 

xo‘jaligini industrlash rejasi iqtisodiy jihatdan zaif bo‘lib chiqdi. Ittifoq bo‘yicha 

ham, shuningdek, O‘zbekistonda ham ajratilgan mablag‘larning anchagina qismi 

katta  chiqimni  talab  qiluvchi  gigant  majmualar  qurilishiga  sarflandi,  holbuki, 

ular  erlarning  hosildorligini  oshirishga,  ishlab  chiqarishni  mexanizatsiyalashga, 

qishloqni  ijtimoiy  jihatdan  qayta  qurishga  yoki  mahsulotni  saqlash  va  qayta 

ishlash  kabi  tarmoqlarni  rivojlantirishga  sarflanishi  lozim  edi.  Sanoat  tipidagi 

ulkan  agrokorxonalar  katta  mablag‘  sarf  etilishiga  qaramay  samarasiz  edi, 

chunki  ular  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarining  ko‘payishini  zarur  darajada 

ta’minlay olmasdi. 

Mustabid  tuzumning  ilm-fanga  ma’muriy-buyruqbozlik  usuli  bilan 

munosabatda bo‘lishi uning ijodiy parvoziga jiddiy  to‘siq bo‘ldi. Buning ustiga 

Markaz qishloq xo‘jalik fani ehtiyojlariga etarli e’tibor bermadi. Bu fan rasmiy 

tus  olgan  bo‘lsada,  u  ko‘rsatkichlar  uchun  xizmat  qilishga  qaratilgan,  jahon 

ilmiy  tajribasidan  uzoqlashgan,  undan  ajralib  qolgan  edi.  Bularning  hammasi 

qishloq xo‘jaligida fan-texnika taraqqiyotini joriy etishni qiyinlashtirdi, fandagi 

muhim yangiliklar qishloq xo‘jaligiga muntazam tatbiq etilmadi. 

O‘zbekiston  hukumati  bu  yillarda  o‘zining  diqqat-e’tiborini  kompleks 

mexanizatsiyani  joriy  etishga,  texnika  va  energetika  bilan  ta’minlash  uchun 

shart-sharoitlar  yaratishga  qaratdi.  SHu  bilan  birga,  umumittifoq  yo‘l-

yo‘riqlariga muvofiq paxtachilikni jadal rivojlantirishga majbur bo‘ldi. 




14 

 

Paxtachilikni  rivojlantirishga  respublikadagi  mavjud  ilmiy  kuchlar  jalb 



qilindi.  Ko‘rsatib  o‘tilgan  yillarda  g‘o‘za  seleksiyasi  va  urug‘chiligi  sohalarida 

ko‘zga ko‘rinarli ilmiy siljishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 

eksperimental  biologiya  institutida  istiqbolli  va  viltga  chidamli  «Toshkent-1», 

«Toshkent-2», «Toshkent-3» kabi (hozirgi kunda bu navlar ham kasallanib, yoki 

boshqa  navlarga  chatishtirilishi  natijasida  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotdi)  chigit 

navlari  yaratildi.  SoyuzNIXI  mutaxassislari  chigitning  yaxshi  sifatli  tola 

beradigan yuqori hosilli navlarini etishtirdilar. 

Respublikaning  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini  rivojlantirish,  uning  moddiy 

bazasini  yaratish  va  mustahkamlashda  qo‘riq  erlarning  ahamiyati  katta 

bo‘lganligini  ta’kidlab,  I.A.Karimov  bunday  degan  edi:  «Mirzacho‘l,  Qarshi, 

Jizzax,  Yozyovon,  Surxon-Sherobod  cho‘llarini  o‘zlashtirish  O‘zbekistonning 

kelajagi  bilan  bevosita  bog‘liq  edi...  Kechagi  qo‘riq  cho‘llar  bugungi  kunda 

O‘zbekiston mustaqilligi uchun ishlab turibdi»

7



Irrigatsiya  va  melioratsiya  sohalarida  jiddiy  kamchiliklar  borligi  ma’lum 

bo‘ldi.  Buning  yorkin  ifodasi  —  erlarning  ikkilamchi  sho‘rlanishi, 

sug‘oriladigan  gektarlar  hosildorli-gining  pasayib  ketganligi,  sarflangan 

xarajatlarning  piro-vard  natijalariga  to‘g‘ri  kelmasligi  edi. Masalan,  1986  yilda 

takroriy  sho‘rlanish  tufayli  sug‘oriladigan  ekin  maydonlari-ning  uchdan  bir 

qismi 


zarar 

ko‘rdi.  70—80-yillar  chegarasida  meliorativ  holatning 

yomonlashganligi sababli qariyb 5 ming ga sug‘oriladigan erlar qishloq xo‘jalik 

oborotidan  chiqarildi

8

.  1985  yilda  2,3  mln.  ga  erda  kompleks  ta’mirlash  va 



kapital  yaxshilash  ishlari  olib  borilishi  talab  qilinardi

9

.  1965—1985  yillar 



oralig‘idagi  davrda  1,6  mln.  ga  sug‘oriladigan  er  maydonlari  ishga  tushiridsi, 

agrokorxonalarning  asosiy  fondlari  6  baravar  o‘sdi,  lekin  yalpi  mahsulot  esa 

faqat 78%ga ortdi

10



                                                           

7

 Каримов И.А. Узбекистан: миллий истиклол, иктисод, сиёсат, мафкура... 89-бет.„ 



8

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 554. 

9

  Абдушукуров  К.  Развитой  социализм:  повышение  идейно-политического  и  культурного  уровня 



тружеников села. — Т., 1984. С. 65. 

10

 УзР Сув хўжалиги вазирлиги жорий архиви. 1986 йил 14 феврал. 




15 

 

Bunday 



halokatli 

holatni 


vujudga 

keltirgan 

sabablar 

orasida 


o‘zlashtirilayotgan  erlarning  muhandislik-texnik  tomondan  ta’min  etilishi 

masalalariga 

yuzaki 

qaralganligi, 

drenaj 

tizimini 

tashkil 

etishdagi 

ko‘zbo‘yamachilik  va  xatoliklar,  suv  xo‘jaligi  qurilishining  kompleks  tarzda 

amalga  oshirilmaganligi,  yalpi  ko‘rsatkichlar  ortidan  quvish,  g‘o‘zalarni 

nazoratsiz  ravishda  ko‘llatib  sug‘orish,  qishloq  xo‘jaligini  boshqarishdagi 

eskicha yondashuvlar bor edi. Lekin eng  halokatli ta’sir ko‘rsatgan sabab paxta 

yakkahokimligining majburiy tarzda avj oldirilishi bo‘ldi. 

Suv xo‘jaligi qurilishida nuqsonlar agrar ishlab chiqarishni kimyolashtirish 

dasturini amalga oshirishdagi jiddiy kamchiliklar bilan ham chuqurlashdi. Shuni 

aytish  kerakki,  qarab  chiqilayotgan  yillarda  kimyolashtirish  ittifoq  siyosiy 

rahbariyati  tomonidan  qishloq  xo‘jaligini  intensivlashning,  dehqonchilikdan 

yuqori  va  barqaror  hosil  olishning  samarali  vositasi  deb  qaralgan  edi.  Natijada 

kimyolashtirish yo‘li yalpi xususiyat kasb etdi. Ayniqsa, paxtachilikda kimyoviy 

moddalar  faollik  bilan  qo‘llanildi.  Masalan,  1965  yilda  O‘zbekiston  jamoa 

xo‘jaliklarida  ishlatilgan  1463,4  ming  t  mineral  o‘g‘itdan  1324,7  ming  t.  pax-

tachilikda  ishlatildi.  O‘sha  yillardayoq  sarflanayotgan  mineral  o‘g‘itlar  darajasi 

ilmiy  asoslangan  normalarga  mos  kelmasdi.  Xususan,  iqtisodiyoti  va  qishloq 

xo‘jaligi  samarali  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  bir  gektar  erga  o‘rta  hisobda 

ko‘pi  bilan  100  kg  mineral  o‘g‘it  sarflandi.  O‘zbekistonda  esa  bu  miqdor  60-

yillarning  o‘rtalarida  gektar  hisobiga  268  kg.ni  tashkil  etdi

11

.  Kimyoviy 



moddalarni  ishlatish  dinamikasi  va  zaharli  vositalar  miqdori  yildan-yilga  ortib 

bordi. Faqat 1970— 1975 yillarning o‘zida zaharli kimyoviy moddalar ishlatish 

oldingi besh yillikka nisbatan 16,5 baravar ortdi. Bu vaqtga kelib eng zaharli va 

xavfli  moddalardan  biri  butifos  bo‘lib,  u  yuqori  darajada  zaharli  ekanligi  bilan 

ajralib turardi va kuchli ta’sir qiluvchi defoliant sifatida ishlatilardi. 

Shunisi  xarakterliki,  bu  davrda  aviatsiya  vositasida  zaharli  kimyoviy 

moddalarni  g‘o‘zalarga  sepish  jadal  ravishda  ortib  bordi,  faqat  60-yillarning 

                                                           

11

 «Ўзбекистон коммунисти». 1985, № 5, 25-бет. 




16 

 

ikkinchi  yarmidagi  bir  besh  yillikning  o‘zida  aviatsiya  bilan  bajariladigan 



kimyoviy  ishlar  hajmi  34,3%  ko‘paygan

12

.  Bularning  hammasi  odamlar 



yashaydigan tabiiy muhitga halokatli tarzda salbiy ta’sir qildi, xavfli kasalliklar 

va  o‘lim  darajasining  ortishiga  sabab  bo‘ldi,  insonning  gen  tuzilishida  xatarli 

o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. 

Respublikaning  taniqli  olimlari,  milliy  ziyolilari  o‘z  xalqining  taqdiriga 

befarq  qarab  turaolmadi,  ogohlantiruvchi  xatlar  bilan  ittifoq  organlariga 

murojaat  qildilar.  Masalan,  1969  yil  17  noyabrda  O‘zbekiston  SSR  Fanlar 

akademiyasining Prezidenti O.S.Sodiqov boshliq bir guruh taniqli olimlar ittifoq 

rahbar  organlariga  yozma  ma’lumotnoma  yo‘llab,  unda  qishloq  xo‘jaligida 

ommaviy  ravishda  qo‘llanilayotgan  pestitsidlar  va  zaharli  kimyoviy  moddalar 

inson  salomatligiga  va  atrof  muhitga  halokatli  ta’sir  etayotganligini  ma’lum 

qilgan edi. Biroq, Markaz bunday ogoh etishlarga aks-sado bermadi. Aksincha, 

O‘zbekiston  rahbariyati  qishloq  xo‘jalik  ishlarida  eng  zaharli  kimyoviy 

vositalarni  ishlatishni  mustaqil  ravishda  cheklashga  uringanda  ittifoq  rahbar 

doiralari ularni kengroq qo‘llashni qattiq turib talab qildilar. 

Bunday  yondashuv  shunga  olib  keldiki,  O‘zbekistondagi  vaziyat  fojiaviy 

tus  ola  boshladi.  Qishloqda  keskin  epidemiologik  sharoit  vujudga  keldi, 

zaharlanishlar  soni  keskin  ortdi,  virusli  gepatit  bilan  og‘riganlar  ko‘paydi, 

boshqa  xavfli  kasalliklar  ham  tarqala  boshladi.  Masalan,  80-yillarning 

o‘rtalariga kelib Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasida 

katta yoshdagilarning 70%dan ortiqrog‘i va bolalarning 80%dan ko‘prog‘i bitta 

yoki bir nechta kasalliklar bilan  og‘rigan edi. O‘zbek qishloqlariga dizenteriya, 

tuberkulyoz  (sil)  kabi  yaramas  kasalliklar  shiddat  bilan  tarqala  boshladi. 

Xususan,  1980—1985  yillar  oralig‘idagi  davrda  har  10  ming  kishi  hisobiga 

zararli  o‘simtalar  bilan  og‘rigan  bemorlar  soni  204  kishidan  242  kishiga  etdi, 

faol  tuberkulyoz  bilan  kasallanish  1985  yilga  kelib  qishloq  joylarida  5,4  ming 

                                                           

12

 Обламуродов Н. Развитие аграрного производства Узбекистана в 1971—1990 гг. Опыт,уроки и 



проблемы. Автореф.дисс.докт. ист. наук. — Т., 1994. С. 26. 


17 

 

kishiga  etdi



13

.  Bolalar  o‘limining  ortishi  chidab  bo‘lmaydigan  hollardan  biri 

bo‘ldi.  Agrar  iщlab  chiqarishdagi  doimiy  tanglik  holati  ittifoq  rahbariyatini 

ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  rag‘batlantiruvchi  omillarini  qidirib  topishga 

undadi. SHuni ham aytish kerakki, sovetlar tarixida ishlab chiqarish — iqtisodiy 

munosabatlar  tizimini  yangilashga,  boshqaruvning  ma’muriy-buyruqbozlik 

amaliyotini  yumshatishga  urinishlar  bir  necha  marta  qilingan.  Lekin  bularning 

hammasi  qisqa  muddatli  bo‘lib,  mag‘lubiyatga  uchragan,  chunki  mustabid 

sotsialistik tuzumning o‘zi xo‘jalik yuritishning oqilona tizimiga zid edi. 

Mustabid tuzumning ana shu illatlari 1965 yilda e’lon kilingan navbatdagi 

«yangi»  agrar  yo‘lni  ham  «ayab»  o‘tirmadi,  o‘sha  vaqtda  qishloq  xo‘jaligini 

yuksaltirishga  doir  taklif  etilgan  dasturda  iqtisodiy  munosabatlar  mexanizmini 

yangilash, 

moddiy 


rag‘batlantirish  imkoniyatlaridan  yanada  to‘laroq 

foydalanishga  qaratilgan  ijobiy  chora-tadbirlarni,  ya’ni  jamoa  va  davlat 

xo‘jaliklariga  birmuncha  iqtisodiy  mustaqillik  berishni  nazarda  tutgan  edi. 

Afsuski,  bu  chora-tadbirlar  lozim  darajada  amalga  oshirilmadi.  Iqtisodiy 

omillardan  foydalanishga  qaratilgan  bu  choralar  mustabid  tuzumning  qattiq 

qarshiligiga  duch  keldi.  Lekin,  shunday  bo‘lsada,  ayrim  ijobiy  ishlar  amalga 

oshirildi. Xususan, jamoa xo‘jaliklarida kolxozchilar mehnatiga  natura shaklida 

haq  to‘lash  bilan  bir  qatorda,  pul  bilan  haq  to‘lash  ham  joriy  etildi.  Xo‘jalik 

hisobi  asoslarini  faollashtirishga,  mehnatni  tashkil  etishning  ayrim  ilg‘or 

shakllarini  joriy  etishga  diqqat-e’tibor  kuchaytirildi.  Bular  orasida  brigada-

jamoa pudrati shakli istiqbolli deb e’tirof qilindi. 

 «Erishilgan daraja»dan navbatdagi reja topshirikdarini belgilashdan iborat 

yaramas tajriba qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishiga jiddiy to‘siq 

bo‘ldi.  U,  bir  tomondan,  «uzoqni  ko‘ra  biladigan»  rahbarlarning  xo‘jaliklarda 

mahsulot  o‘sishidagi  resurslar  imkoniyatlarini  yashirishiga  olib  keldi.  Ular 

mazkur  imkoniyatlarning  cheklanmaganligini  tushunishar  edi.  Ikkinchi 

tomondan,  bu  hol  ommaviy  qo‘shib  yozishlarga,  ko‘zbo‘yamachilik,  aldashga 

                                                           

13

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 556. 




18 

 

olib  kelardi.  Xo‘jaliklar  shunday  qilishga  majbur  edilar,  chunki  noreal  reja 



topshiriqlarini bajarishning barcha manbalari tugagan edi. O‘zbekistonda bu hol 

paxtachiliqda  sodir  bo‘ldi,  chunki  ittifoq  rahbariyati  paxta  etishtirishni  muttasil 

ko‘paytirib  borishni  qattiq  turib  talab  qilardi.  80-yillarning  o‘rtalariga  kelib 

paxta ekiladigan maydon 3 mln. ga.ni tashkil etdi. 

Shuni ham aytish kerakki, O‘zbekiston xukumati paxta yakkahokimligining 

salbiy oqibatlari ortib borayotganidan tashvishga tushib, har yili Moskva oldiga 

paxta  rejasini  kamaytirish  masalasini  qo‘yib  keldi.  Biroq  Moskva  bunga  yo‘l 

bermas,  paxtani  eksport  qilish  mamlakatga  taqchil  valyutani  qo‘lga  kiritish 

imkonini beradi, deb bahona kilardi. Markazning ishtahasi esa yildan-yilga ortib 

borardi. Erishilgan darajadan boshlab rejalashtirish, mablag‘larni birinchi galda 

paxtachilikni  va  paxta  etishtirishni  ko‘paytirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

tarmoqlarni rivojlantirishga ajratish, amalda, yalpi paxta hosili ketidan quvishga 

olib  keldi.  Respublikadagi  barcha  tashkilotchilik  va  siyosiy  ishlar  birinchi 

navbatda paxtachilikni «yuksaltirish» va rejalarning bajarilishi bilan bog‘liq edi. 

Paxta  bo‘yicha  rejalarning  ta’min  etilishi  partiya  rahbariyatining  yuqori 

bahosiga sazovor bo‘lardi, oliy mukofotlarga taqdim etilardi. 

Respublika  rahbariyatining  paxta  etishtirishni  real  muvozanatda  saqlash 

uchun  mardonavor  urinishlariga  qaramasdan,  uning  salmog‘i  yildan-yilga  ortib 

bordi. Aytaylik, uning salmog‘i, hatto, chor Rossiyasi hukmronlik qilgan (1913 

y). davrda 33,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1950 yilga kelib 56,6% ga teng bo‘ldi, 

80-yillarning  o‘rtalarga  kelib  75%  ga,  bir  qancha  viloyatlarda  esa  undan  ham 

yuqoriga  ko‘tarildi

14

.  Holbuki,  jahon  tajribasining  ko‘rsatishicha,  paxta  ekini 



nisbati  60%  dan  oshmasligi  lozim  ekan.  Biroq  Ittifoq  siyosiy  rahbariyatini  bu 

haqiqat  kamroq  qiziqtirardi.  O‘zbekistonning  amalda  paxta  etishtirishni 

ko‘paytirish  imkoniyati  tugagan  va  reja  topshiriqlari  noreal  tus  olgan  bir 

sharoitda  Markaz  O‘zbekistonda  2000  yilga  borib  paxtaning  yalpi  hosilini  8 

mln.  t.ga  etkazish  dasturini  ishlab  chiqdi.  Paxta  yakkahokimligining  salbiy 

                                                           

14

 Ризаев С. Кўрсатиб ўтилган асар... 73-бет. 




19 

 

oqibatlarini  oqlash  va  o‘zbek  xalqini  mafkuraviy  ta’sir  ostida  saqlab  turish 



maqsadida  Markaz  O‘zbekistonning  SSSR  xalq  xo‘jalik  majmuida  tutgan 

alohida  ahamiyatini  zo‘r  berib  targ‘ib  etardi.  Mafkuraviy  ta’sir  ko‘rsatishning 

turli-tuman  vositalarini  ishlatib,  jamoatchilikning  fikriga  «Paxta  —  o‘zbek 

xalqining milliy iftixori», «Paxta  — O‘zbekistonning baynalmilal burchi» kabi 

shiorlarni  tinimsiz  singdirishga  harakat  qildi.  L.Brejnevning  «Oq  oltinni  oltin 

qo‘llar yaratadi» degan «qanotli» so‘zlari ko‘p qavatli uylarning tepasida  neon 

chiroqlari bilan yonib turardi, bu so‘zlar minglab ulkan pannolar va plakatlarda 

takrorlangan edi. 

Adolatsiz narx siyosati tufayli ahvol yanada murakkablashib bordi, chunki 

qayta  ishlovchilar  manfaatlarini  o‘ylab,  paxta  etishtirishning  nihoyatda 

sermehnat,  serchiqim  jarayon  ekanligini  amalda  e’tiborga  olinmas,  bu  esa 

paxtakorlar  manfaatlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  cheklab  qo‘yishga  olib  kelardi. 

Respublikaning  paxtaning  xarid  qilish  narxlarini  qayta  ko‘rib  chiqish,  ularni 

paxtaning  sermehnat  ekin  ekanligiga  moslashtirish  haqida  bir  necha  bor  qilgan 

takliflariga  qaramasdan,  narxlar  nihoyatda  pastligicha  qolaverdi.  Aytaylik,  bir 

tonna  paxtani  etishtirishga  340  kishi  soat  vaqt  sarflangani  holda  bir  tonna 

bug‘doyga  nisbatan  bu  ko‘rsatkich  faqat  12  kishi  soatni  tashkil  etardi.  Sotish 

narxlari  esa  faqat  5  baravar  farq  qilardi.  Holbuki,  mehnat  sarflash  va  narxlarni 

bunday  nisbatda  belgilash,  paxta  etishtiruvchi  respublikalarda,  shu  jumladan, 

O‘zbekistonda  mehnat  unumdorligi  past,  degan  tasavvurni  yuzaga  keltirishi 

tabiiy edi. 

O‘zbekiston  iqtisodiyotining  paxta  etishtirishga  yo‘naltirilganligi  jamiyat 

hayotining barcha sohalarida og‘riqli jarayonlarni kuchaytirdi. O‘zbekistonning 

boyligi  hisoblangan  paxta  uning  uchun  tashvishga  aylandi.  «Oq  oltin»  yo‘lida 

o‘n  minglab  katta  yoshdagi  kishilar  va  bolalar  qurbon  qilindi,  o‘zbek  xalqiga 

nisbatan  qilingan  bu  zo‘ravonlikni  «paxta  fronti  —  front  esa  qurbonsiz 

bo‘lmaydi», deb izohladilar. 



20 

 

Dehqonlarning tomorqa  uchastkalari  qisqartirilib, ularga  ham  paxta  ekildi. 



Dehqon  farzandlari  «baxtli  bolalik»ni  butifos  sepilgan  paxta  dalalarida 

o‘tkazdilar.  Ko‘plari  sariq  kasalligidan  vafot  etdilar,  zaharli  moddalardan 

shikastlandilar.  Paxta  tufayli  epidemiyalar  paydo  bo‘ldi,  dehqon  dasturxonidan 

qut-baraka ketdi. 

Iqtisodiyotdagi,  ma’naviyatdagi,  ijtimoiy  ongdagi  o‘zgarishlar  jamiyat 

hayotining  barcha  tomonlariga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmay  qolmadi.  Mamlakat  80-

yillar o‘rtalariga kelib g‘oyat keskin tanglik yoqasida turardi. 

 

 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling