Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#211575
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

Orol  fojiasi.  Mustabid  tuzumning  70  yildan  ko‘proq  davom  etgan 

mustamlakachilik  siyosati,  uning  O‘zbekiston  va  O‘rta  Osiyo  mintaqasidagi 

boshqa  respublikalarning  tabiiy  xom  ashyo  resurslaridan  o‘ylamay-netmay 

foydalanishi,  paxta  yakkahokimligining  izchillik  bilan  joriy  etilishi  bu  yerda 




24 

 

ko‘p  asrlar  mobaynida  vujudga  kelgan  va  mavjud  bo‘lgan  tabiiy  muvozanatni 



izdan  chiqardi,  juda  murakkab  ekologik  muammolarni  vujudga  keltirdi,  shular 

sababli Orol muammosi halokatli tus oldi

18



Orol  dengizi  —  noyob  tabiat  ne’mati  bo‘lib,  uning  paydo  bo‘lishi  O‘rta 



Osiyodagi ikkita daryo — Amudaryo va Sirdaryo tufayli bundan 2—2,5 mln. yil 

muqaddam  ro‘i bergan.  O‘rta  Osiyodagi to‘rt xalq  — o‘zbeklar,  qoraqalpoqlar, 

qozoqlar  va  turkmanlarning  tarixi  eng  qadim  zamonlardan  buyon  Opol  bilan 

bog‘liq  bo‘lib  kelgan.  Orolbo‘yi  ana  shu  xalqlar  qadimgi  bosqichining 

shakllanish  beshigi  hisoblanadi.  Ularning  ajdodlari  bu  yerda,  o‘sha  vaqtdagi 

Xorazm  vohasida  yuksak  madaniyati  bilan  ajralib  turuvchi  qadimgi 

sivilizatsiyani yaratgan. O‘zining rasadxonasiga ega bo‘lgan Qo‘yqirilgan qal’a-

shaharchasining  xarobalari  (miloddan  avvalgi  IV  asr)  ana  shundan  dalolat 

beradi,  bu  yerdagi  rasadxona  nafaqat  mamlakatimizda,  shu  bilan  birga  butun 

O‘rta Osiyo mintaqasidagi eng qadimgi rasadxona hisoblanadi. 

Bu  hududda  eng  qadimgi  zamonlardan  boshlab  sug‘orma  dehqonchilik 

rivojlangan. Paxta, uzum, shaftoli, o‘rik va boshqa dehqonchilik va meva turlari 

yetishtirilgan,  ulardan  yuqori  hosil  olingan.  Bunga  vohaning  o‘ziga  xos  qulay 

mikroiqlimi sabab bo‘lgan, u ana shu erda Orol dengizini hosil qilgan. Shunday 

qilib,  eng  qadimgi  zamonlardan  buyon  Orolbo‘yida  yashab  kelgan  xalqlarning 

taqdiri Amudaryo, Sirdaryo va Orol bilan nihoyatda bog‘liq bo‘lgan. 

XIX asrning oxirida rus iqlimshunosi, geografi, Peterburg akademiyasining 

a’zosi  Aleksandr  Ivanovich  Voyeykov  Orol  dengizini  keraksiz  dengiz  sifatida 

uni quritishni taklif qiladi

19

. Podsho hukumati uning alahsirab aytgan bu taklifini 



amalga  oshirishga  ulgura  olmagan  edi.  Biroq,  chorizmning  mustamlakachilik 

siyosatini  o‘ziga  xos  usulda  davom  ettirgan  sovet  hokimiyati  mazkur  taklifni 

juda ustamonlik bilan amalga oshirdi. 

                                                           

18

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 563. 



19

Воейков  А.И.  Избранные  сочинения  /  Под.  Ред  А.В.Григорьева.  ТЛИ.  —  М.,  -1952.  Кн.З.  С.497, 

500. 



25 

 

Chorizmning  Markazni  boyitish  sohasidagi  olib  borgan  siyosati  milliy 



chekka  o‘lkalarning  tabiiy  resurslarini  talon-toroj  qilishga  olib  keldi.  SSSR 

rahbariyati  milliy  respublikalarni,  shu  jumladan,  O‘zbekistonni  mustamlaka 

chekka o‘lka deb bilar, ittifoq uchun xom ashyo bazasi sifatida foydalanardi. Bu 

yerda asosan Rossiya uchun suv va havodek zarur bo‘lgan paxta yetishtirildi — 

u  esa  sekin-asta  dehqonchilikning  boshqa  tarmoqlarini  siqib  chiqardi.  «Bunga 

ajablanmasa ham bo‘ladi, — deb yozadi I.A.Karimov — tabiiy va mineral-xom 

ashyo  zaxiralaridan  vahshiylarcha,  ekstensiv  usulda,  juda  katta  xarajatlar  va 

isrofgarchiliklar  bilan  foydalanishga  asoslangan  sotsialistik  xo‘jalik  yuritish 

tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab 

munosabatda bo‘lish g‘oyasi butunlay yot edi»

20



1960  yildan  boshlab  Amudaryo  va  Sirdaryo  havzalarida  yangi  yerlarni 



o‘zlashtirish sohasida keng miqyosli ishlar boshlab yuborildi, bular uchun daryo 

suvini 


qo‘shimcha  ravishda  tortib  olish  talab  qilinardi.  Natijada, 

Qoraqalpog‘istonda  paxtachilik  bilan  bir  qatorda  sholichilik  ham  yuksak 

sur’atlar  bilan  rivojlandi.  Biroq  yerlarni  o‘zlashtirish  ilmiy  asosda  olib 

borilmadi.  Dehqonchilikni  rivojlantirish  ham  ekstensiv  usulda  amalga 

oshirilganligi sababli,  suv  resurslarining  asossiz  ravishda haddan ortiq darajada 

isrof  qilinishiga  olib  keldi.  Orolga  esa  uning  «ulushi»  berib  turilmadi,  bu  esa 

dengizning  qurib  borishiga  sabab  bo‘ldi.  80-yillar  o‘rtalariga  kelib  Orol 

dengizining  sathi  13,8  metr  pasayib  ketdi,  suv  hajmi  390  mln.  kub.  metr, 

maydoni  40  ming  kv.  m.  kamaydi

21

.  Natijada  Orol  va  Orolbo‘ii  muammosi 



jiddiy  ravishda  paydo  bo‘ldi.  Endilikda  yuzaga  kelgan  ana  shu  ekologik  va 

iqtisodiy muammolar faqat Orolbo‘yi uchun emas, balki butun Markaziy Osiyo 

va  uning  atrofidagi  mamlakatlar  uchun  ham  yaqqol  ko‘zga  tashlanib  turgan 

muammo bo‘lib qoldi. 

Orol dengizining qurib borishi bir qator salbiy hodisalarga olib keldi: 

                                                           

20

 Каримов И.А. Ўзбекистон X X I  аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва 



тараққиёт кафолатлари. — Т., 1997, 110-бет. 

21

 ЎзР Сув хўжалиги вазирлигининг жорий архиви. Вазирнинг 1986 йил учун маърузаси 




26 

 

Birinchidan,  suvdan  foydalanishda  va  yerlarni  o‘zlashtirishda  ilmiy 



asoslarning  mavjud  emasligi,  suvning  talon-toroj  qilinishiga,  qishloq 

xo‘jaligining  ekstensiv  rivojlanishi  ekin  maydonlarining  sho‘rlanishiga,  bu 

maydonlar  bir  qismining  qishloq  xo‘jalik  oborotidan  butunlay  tushib  qolishiga 

sabab  bo‘ldi.  Masalan,  O‘zbekistondagi  butun  ekin  maydonlarining  60%, 

Turkmanistondagi  ekin  maydonlarining  80%  i  o‘rtacha  va  kuchli  darajada 

sho‘rlangan. 

Olimlarning 

guvohlik 

berishicha, 

bunday 


sharoitda 

O‘zbekistondagi  ekin  maydonlarining  30%,  Turkmanistondagi  ekin 

maydonlarining  40%  i  hosil  bermaydi.  Binobarin,  ana  shu  yerlardagi  suv  va 

boshqa  resurslar  ham  lozim  darajada  samara  keltirmaydi.  Qoraqalpog‘istonda 

ham  shunday  ahvolni  ko‘rish  mumkin.  Respublikada  1965—1985  yillarda 

qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish fondlari, elektr 

quvvati,  1  ga  maydonga  mineral  o‘g‘it  yetkazib  berish,  boshqa  fondlar  bilan 

ta’minlash  darajasi,  bitta  o‘rtacha  yillik  xodimning  fond  bilan  qurollanishi  va 

uning  energiya  bilan  ta’min  etilishi  darajasi  bir  necha  marta  ortgan,  biroq 

qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti esa mazkur davrda qiyosiy narxlarda faqat 

45% o‘sgan, xolos, aholi jon boshiga hisoblaganda esa, hatto 6% ga kamaygan. 

Jamoa  va  davlat  xo‘jaliklaridagi  mehnat  unumdorligi  o‘sha  yillarda  11% 

pasaygan.  1  ga  sug‘oriladigan  maydon  hisobidan  olinadigan  yalpi  mahsulot 

deyarli uchdan bir qismga kamaygan. Respublika jamoa va davlat xo‘jaliklarida 

1 t. ozuqa birligi hisobiga yalpi chorvachilik mahsuloti ishlab chiqarish miqdori 

butun O‘zbekiston bo‘yicha deyarli ikki baravar kam bo‘lgan. Bu o‘rinda og‘ir 

ekologik o‘zgarishlar ham ma’lum darajada rol o‘ynagan

22



Ikkinchidan, dengiz suvining shiddat bilan pasayib borishi natijasida 3 mln. 

ga.dan  ortiq  qurigan  dengiz  tubini  qumli  sahroga  aylantirdi.  Kuchli  bo‘ronlar 

paydo  bo‘lib,  tuzli  qumlarni  4  km  yuqoriga  va  200  km  kenglikka  tarqata 

boshladi.  Bunday  bo‘ronlar  har  yili  6—9  marta,  keyingi  vaqtlarda  esa  15 

martagacha bo‘lmoqda. Janubiy Orolbo‘yidagi tuzli changlar esa 500 km gacha 

                                                           

22

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 566. 




27 

 

bo‘lgan  masofaga  yoyilmoqda.  Bu  tuzli  chang  bo‘ronlari  sharqqa  tomon  800 



km.gacha,  ya’ni  deyarli  Toshkent  shahrigacha  yetib  kelishi  mumkin.  Kuchli 

bo‘ronlar  yordamida  har  yili  qurib  qolgan  dengiz  tubidan  150  mln.  t.ga  qadar 

tuzli  changlar  atrof  muhitga  tarqatilmoqda.  Orolning  halokatli  nafasiga 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va  Xorazm  viloyatining  ko‘pgina  tumanlari 

duchor  bo‘lmoqdalar.  Tuz  bamisoli  osmondan  to‘kilgandek,  dalalar  ustini, 

yaylovlarni  oppoq  qatlam  bilan  qoplab  olgan.  Bunday  sharoitda  nafaqat 

dehqonchilik  ekinlari,  shu  bilan  birga  chorva  mollari  ham  deyarli  yoppasiga 

kasalga  yo‘liqqan.  Dengiz  tubining  qurigan  sho‘rxok  yerlaridan  ko‘tarilgan  tuz 

hatto  elektr  simlariga  va  yuqori  voltli  simlarning  chig‘anoqlarigacha  o‘tirib, 

tayanch yog‘ochlarni yemirib, yaroqsiz holga keltirmoqda. 

Uchinchidan,  Orol  dengizining  qurib  borishi  sahro  maydonlarining  ortib, 

to‘qayzorlarning,  ko‘pgina  o‘simlik  turlari,  qushlar  va  hayvonlarning  qirilib 

ketishiga  sabab  bo‘ldi.  Qizilqum  va  Ustyurtning  sharqiy  qismidagi 

o‘simliklarning  siyraklashib  borishini  kuchaytirdi,  buning  natijasida 

yaylovlarning  tabiiy  imkoniyati  pasayib  ketdi,  o‘rtacha  yillik  hisobga  ko‘ra 

qariyb 5 mln. t. qimmatli ozuqalar yo‘qolib bormoqda. 800 ming ga maydondagi 

qamish o‘sadigan massivlar nobud bo‘ldi, qadimdan saqlanib kelayotgan to‘qay 

o‘simliklari  (0,3  mln.  ga)  yo‘q  bo‘lib  ketish  arafasida  turibdi.  Hozirgi  vaqtda 

Qoraqalpog‘iston  dorivor  o‘simliklarining  qimmatli  turlari,  chunonchi,  sariq 

nilfiya,  oq  ko‘zacha,  dala  qirqbo‘g‘ini,  qizdiruvchi  qichitqi  o‘t,  botqoq 

shipovnigi  va  boshqalar  yo‘qolib  ketish  arafasida  turibdi.  Sahroga  aylanish 

jarayoni  kuchayishi  natijasida  entomofaunaning  madaniy  mintaqaga  hujumi 

kuchaymoqda.  Masalan,  Orol  yaqinida  qamishzorlarning  yo‘qolib  borishi  bilan 

Osiyo  chigirtkasi  va  chaqadigan  hasharotlarning  inlari  madaniy  mintaqalarda 

ham  tez-tez  uchrab  turibdi.  Unga  qarshi  kurash  murakkablashib  borayotir. 

O‘latga  qarshi  stansiyaning  bergan  ma’lumotlariga  qaraganda,  deltaning 

sahrolashib borishi yangi o‘lat o‘choqlarining paydo bo‘lishi xavfini tug‘diradi. 

Deltaning  sahrolashib  borishi  esa  Orol  bo‘yidagi  ko‘pgina  hayvonlarning 




28 

 

yo‘qolib  ketishiga  ham  sabab  bo‘ldi.  Orolning  o‘zidagi  mahalliy  ixtiofauna 



qirilib ketdi. 1960 yilga qadar dengiz 450 ming s. baliq berib turgan edi. Shuni 

alohida ta’kidlash kerakki, Orol dengizidan tutiladigan so‘zanabaliq, leshch, su-

dak,  sazan  va  boshqa  baliqlar  ittifoqda  ovlanadigan  baliqlarning  anchagina 

qismini tashkil etardi

23



To‘rtinchidan,  dengiz  suvi  sathining  muntazam  pasayib  borishi 



mintaqaning  iqlim  sharoitlarining  o‘zgarishiga  olib  keldi.  Orolbo‘yining  iqlimi 

yanada  keskin  kontinentalroq  bo‘lib  qoldi.  Sovuq  bo‘lmaydigan  kunlar  soni 

ortib  ketdi,  yozda  esa  havo  harorati  2  daraja  issiqroq  bo‘lib,  qishda  2  daraja 

sovuqroq  bo‘lib  turibdi,  atmosferaning  qurg‘oq  bo‘lishi  kuchaydi.  Bahor 

cho‘zilib  ketadigan  bo‘lib  qoldi.  Natijada  keyingi  yillarda  Qoraqalpog‘istonda 

paxtaning pishishi qiyinlashdi. 

Orol  halokatini  muqarrar  qilib  qo‘ygan  sabablar  majmuini  tizimli  tarzda 

tahlil  qilish,  shuningdek,  keyingi  yillarda  mazkur  masala  bo‘yicha  taqdim 

etilgan  ko‘p  sonli  ilmiy  tadqiqotlar  va  ekspert  xulosalari  natijalarining 

ko‘rsatishicha,  Orolning  qurib  borishi  Yer  barqarorligining  buzilishi  va  global 

iqlimning izdan chiqishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi  mumkin. Orol 

yanada  qurib  borgan  taqdirda  mo‘ljallanayotgan  Yer  iqlimining  buzilish 

tamoyillari faqat kuchayishi mumkin. 

Beshinchidan, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida daryolarga foydalanilgan 

kollektor  suvlarining  tashlanishi  natijasida  suvning  tarkibi  yomonlashib  bordi. 

Daryo  quyi  oqimining  suvlarida  minerallarning  haddan  tashqari  ortishi  suvni 

amalda ichish u yoqda tursin, hatto sug‘orish uchun ham  yaroqsiz qilib qo‘ydi. 

Daryo  suvining  minerallashuvi  tufayli  yer  ostidagi  toza  linzalar  ham 

minerallashdi.  Bu  hol  Orolbo‘yining  epidemiologik  va  sanitariya-gigiena 

sharoitini  keskinlashtirib,  kasallik  va  o‘limning  ortishiga  olib  keldi.  Tabiatdagi 

salbiy  o‘zgarishlarning  ta’siri  ostida  1980  yildan  boshlab  kamqonlilik  bilan 

xastalanish  550  baravar  ortdi  va  10  ming  aholi  hisobiga  1160  kishi  darajasiga 

                                                           

23

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 567. 



 


29 

 

yetdi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada ana shuncha aholi soniga 2—3 holatgina to‘g‘ri 



keladi. Qon bosimining oshishi kasalligi bilan og‘rish keyingi 20 yil mobaynida 

60  baravar,  siydik  toshi  va  jigar  toshi  kasalliklari  bilan  xastalanish  7  baravar 

oshgan.  Qoraqalpog‘iston oshqozon  raki,  tuberkulyoz,  virusli gepatit,  allergiya, 

qorin tifi kabi kasalliklar bo‘yicha SSSR da eng yuqori o‘rinni egalladi. Ayniqsa 

bu yerda bolalar va xotin-qizlar orasida o‘lim ko‘p bo‘ldi. Bolalar ona sutining 

zaharli  ekanligi  bilan  ham  vafot  etardi.  Har  oyda  kasalliklar  5  ming  kishining 

o‘limiga sabab bo‘ldiki, ularning ko‘pchilik qismi bolalar edi. O‘lim va kasallik 

darajasining  nihoyatda  yuqori  ekanligi  shundan  dalolat  beradiki,  inson 

organizmi endilikda ekologik holatlar vujudga keltirayotgan zarbalarga bardosh 

beraolmayapti.  Bu  yerda  inson  ko‘payishining  zaiflashuvi  va  mahalliy  aholi 

genofondining tanazzuli jarayoni sodir bo‘ldi

24



Oltinchidan,  yerlarning  kuchli  sho‘rlanishi  tarixiy-madaniy  muhitga  va 

uning tarkibiy qismi bo‘lgan madaniyat yodgorliklariga tuzatib bo‘lmas darajada 

zarar  yetkazmoqda.  Masalan,  Qoraqalpog‘istonning  To‘rtko‘l  tumanida 

sug‘oriladigan  maydonlarning  yaqinligi,  ularning  kuchli  sho‘rlanishi  natijasida 

miloddan  avvalgi  IV  asrga  taalluqli  Qo‘yqirilgan  qal’adagi  eng  qadimgi 

rasadxona  tiklab  bo‘lmas  darajada  shikastlandi.  Ellikqal’ada  50  dan  ortiq  eng 

qadimgi  madaniyat  yodgorliklari  bor  edi.  Hozir  ulardan  faqat  10  tasi  qolgan, 

Xorazmshohlarning  qadimgi  qarorgohi  bo‘lgan  Tuproqqal’a  (milodiy  I—IV 

asrlar)  ham  halokat  yoqasida  turibdi.  Xuddi  shunday  ahvolni  Xorazm  va 

Toshhovuz  viloyatlarida  ham  ko‘rish  mumkin.  Qoraqalpog‘istonning  shimoliy 

qismida esa ahvol bundan ham yomonroq. 

Tabiiy 


iqtisodiy 

va 


sanitariya-epidemiologiya 

shart-sharoitlarining 

yomonlashuvi  aholining,  ayniqsa,  uning  malakali  qismining  boshqa  joylarga 

ketib  qolishiga  sabab  bo‘ldi.  Mustabid  tuzumning  mustamlakachilik  siyosati 

tufayli Orol dengizi havzasiga yetkazilgan umumiy iqtisodiy zarar Orolni tiklash 

va  mazkur  mintaqada  ekologik  muvozanatni  muvofiqlashtirish  uchun  talab 

                                                           

24

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 568.  




30 

 

qilinadigan  mablag‘lar  hajmiga  tengdir.  Orolbo‘yi  xalqlariga  yetkazilgan 



ma’naviy  zararni  esa  umuman  to‘ldirib  bo‘lmaydi.  «Orol  tangligi  insoniyat 

tarixidagi  eng  yirik  ekologik  va  gumanitar  fojialardan  biri,  —  deb  yozadi 

I.A.Karimov.  —  Dengiz  havzasida  yashaydigan  qariyb  3,5  mln.  kishi  uning 

ta’sirida qoldi»

25



Mustabid  imperiyacha  tuzum  Orol  muammosini  uzoq  vaqt  maxfiy  saqlab 



keldi.  SSSR  ning  yuqori  siyosiy  rahbariyati  olimlar  va  aholining  tahlikali 

ovozlariga o‘z vaqtida hech qanday e’tibor bermadi. Faqat 1986—1988 yillarga 

kelib  mazkur  muammoni  hal  qilishga  qaratilgan  ikkita  qaror  qabul  qildi,  lekin 

bular  mablag‘  bilan  ta’minlanmadi.  80-yillarning  o‘rtalariga  kelib  ijtimoiy-

iqtisodiy jihatdan nochor ahvolga tushib qolgan ittifoqning bu qarorlarni amalga 

oshirishga qurbi yetmas edi. Shuning uchun bular «qog‘ozda» qolib ketdi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling