Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#211575
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

 

 

 

II-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA EKOLOGIK 

MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH TADBIRLARI 

                                                           

25

 Каримов И.А. Узбекистан X X I  аср бўсагасида: хавфсизликха таҳдид, бар-қарорлик шартлари ва 



тараққиёт кафолатлари. — Т., 1997, 124-бет. 


31 

 

 



2.1.  Орол фожиасига қарши кураш 

 

Orol  dengizi  tabiatning  noyob  in’omi  hisoblanadi.  Mazkur  mintaqada 

istiqomat  qiluvchi  o‘zbeklar,  qozoqlar,  qoraqalpoqlar  va  turkmanlarning 

qadimiy  tarixi  Orol  dengizi  bilan  bog‘liq  tarzda  kechgan.  Orolbo‘yi  mintaqasi 

yuqorida nomlari zikr etilgan xalqlarning shakllanish markazi hisoblangan. XIX 

asrning oxirida Peterburg fanlar akademiyasining a’zosi Orol dengizini keraksiz 

dengiz  sifatida  quritishni  taklif  qiladi.  Chor  hukumati  uning  bu  be’manilikdan 

iborat  bo‘lgan  taklifini  amalga  oshirishga  ulgura  olmadi.  Ammo  uning 

mustamlakachilik  siyosatini  davom  ettirgan  sovet hukumati  ushbu  taklifni  o‘ta 

ustomonlik  va  izchillik  bilan  hayotga  tadbiq  etdi.  Sovet  hukumatining  boylik 

ortidan  quvish  yo‘lida  olib  borgan  tadbirlari  natijasi  o‘laroq  mintaqaning  yirik 

daryolari hisoblangan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Chirchiq daryolarining 

suvlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida Orol fojeasini keltirib chiqardi. 1960 

yildan  keyingi  20-30  yil  davomida  Amudaryo  va  Sirdaryoga  har  xil  kimyoviy 

chiqindilarning  tashlanishi  bu  fojea  ko‘lamini  yanada  kengaytirdi.  Orol 

dengizining  suv  hajmi  60  foizdan  ortiq  kamayib,  quruqlikka  aylangan  qismi  2 

mln gektarni tashkil etdi

26

.  



Orol muammosi olimlar va jamoatchilik tomonidan o‘z vaqtida muhokama 

qilinmadi,  aksincha  xaspo‘shlab  kelindi.  Mustabid  tuzum  Orol  muammosini 

uzoq  vaqt  maxfiy  saqlab  keldi.  Uning  hukmron  doiralari  olimlar  va 

jamoatchilikning  tahlikali  sadolariga  o‘z  vaqtida  javob  bermadi.  1986-1988 

yillarda  mazkur  muammoni  hal  etishga  qaratilgan  ikkita  qaror  qabul  qilindi. 

Ammo  80-yillarning  o‘rtalariga  kelib  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  og‘ir  ohvolga 

tushib qolgan ittifoqning bu qarorlarni mablag‘ bilan ta’minlashga qurbi etmas 

edi.  SHu  sababdan  bu  qarorlar  faqat  “qog‘ozda”  qolib  ketdi

27

.  Mazkur  davrda 



Orol dengizi  suvi  kamayib,  1990 yilda  14,5  metrga  pasaydi,  suvning  hajmi  

                                                           

26

 Жўраев Н, Каримов Ш.,//Ўзбекистон тарихи., Тошкент «Шарқ» 2011. 587- бет  



27

 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида., Тошкент «Шарқ» 2000 569 - бет 




32 

 

54  %  kamaydi.    Suv    qirg‘oqdan    70  –  100    kilometrga    chekingan    joylarda  



bo‘ronlar    natijasida    yiliga    50  –  70    mln    tonnnagacha  tuz    atmosferaga  

ko‘tarilgani  kuzatilgan

28

   


O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyingi  dastlabki  yillarda  Orolni 

qutqarish  xalqaro  jamg‘armasini  va  mintaqaning  ikkita  tuzilmasi  –  Barqaror 

rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiya va Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi 

suv  xo‘jaligi  komissiyasini  tashkil  etishning  tashabbuskorlaridan  bo‘ldi. 

Markaziy  Osiyoning  besh  davlati  rahbarlari  tomonidan  1993  yilda  Orol 

muammolarini  hal  etish,  Orol  mintaqasini  ekologik  sog‘lomlashtirish  va 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  doir  birgalikdagi  sa’y-harakatlar  to‘g‘risidagi 

bitim  imzolandi.  SHu  yili  yanvar  oyida  O‘zbekiston,  Turkmaniston, 

Qozog‘iston,  Qirg‘iziston  va  Tojikiston  hamkorligida  Orolni  qutqarish  xalqaro 

jamg‘armasi  tashkil  etildi.  Orolbo‘yidagi  bioxilmaxillikni  saqlash,  halokatning 

Orolbo‘yida  istiqomat  qiluvchi  aholi  turmush  tarziga  hamda  tabiatga  halokatli 

tarzdagi  ta’sirini kamaytirish Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ustuvor 

vazifalari  sifatida  belgilandi.  BMT  bosh  assambleyasi  va  sessiyalari  

kuzatuvchisi  hisoblangan  ushbu  jamg‘arma  keyingi  yillarda  Orol  dengizi 

havzasidagi  mamlakatlarga  yordam  berishga  doir  ikkita  asosiy  dasturni  amalga 

oshirdi.  Buning uchun 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 

 O‘zbekiston  Prezidenti  BMT  bosh  assambleyasining  1993  yil  28 

sentyabrda bu masalani ko‘tarib chiqqan va va jahon hamjamiyati e’tiborini Orol 

dengizi 

muammosiga 

qaratgan 

edi. 


1995 

yilda 


Markaziy 

Osiyo 


mamlakatlarining  ushbu  sohada  hamkorlikni  kengaytirishni  ko‘zda  tutgan 

Nukus  deklaratsiyasi  imzolandi.  Bu  borada  Orol  dengizi  havzasi  bo‘yicha 

qo‘shma dastur amalga oshirildi.  

O‘zbekiston  Orol  fojeasi  asoratlarini  kamaytirishga  katta  kuch  sarflagan 

asosiy  davlatlardan  biriga  aylandi.  Xususan,  OQXJ  ning  ta’sischilaridan  biri 

sifatida  O‘zbekiston  uning  faoliyatini  mustahkamlanishiga  alohida  e’tibor 

                                                           

28

  Шаммов А. И. Экология: тревога  нарастой. Л. Лениздат, 1989, с. 53. 




33 

 

qaratib  keldi.  Masalan,  O‘zbekistonning  1997-1999  yillardagi  raisligi  davrida 



OQXJ  huquqiy  bazasini  rivojlantirish,  bu  boradagi  tadbirlarni  amalga  oshirish 

uchun  xalqaro  tashkilotlar  va  moliya  muassasalari  bilan  hamkorlikni  yo‘lga 

qo‘yish  bo‘yicha  ko‘plab  chora  tadbirlar  amalga  oshirildi.  2000  yilning 

sentyabrida  esa  BMT  ning  Atrof  muhit  bo‘yicha  dasturi  huzurida  Orol  va 

Orolbo‘yi muammolari Kengashini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 

 O‘zbekiston  2003  yil  6  mayda  MDH  davlatlari  orasida  birinchilardan 

bo‘lib  “Suv  va  suvdan  to‘g‘ri  foydalanish  to‘g‘risida”gi  qonunini  qabul  qildi. 

SHuningdek  mamlakat  hududidan  oqib  o‘tuvchi  8  ta  daryo  –  Qashqadaryo, 

CHirchiq, Surxondaryo, Zarafshon, Qoradaryo, Norin, Amudaryo va Sirdaryolar 

hamda  davlat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  11  ta  er  osti  chuchuk  suvlari  hosil 

bo‘ladigan  hududlarni  ifloslanishdan  muhofaza  qilish  maqsadida  Vazirlar 

Mahkamasining 11 ta qarori qabul qilindi. 

Mamlakatda  suvni  tejashning  bir  qancha  turlari  yordamida  bosqichma-

bosqich zarur bo‘lgan tadbirlar amalga oshirilishi boshlandi. Jumladan, har yili 5 

ming  km.  dan  ortiq  sug‘orish,  12  ming  km  kollektor-drenaj,  50  ming  km  ariq 

tarmoqlari  tozalanib,  200  km.  dan  ortiq  kanallar,  30  km  lotok  va  500  km 

kollektor  tarmoqlari,  400  dan  ortiq  gidrotexnik  inshootlar  va  boshqa  ko‘pgina 

ob’ektlarni rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi

29



Mazkur  muammoni  hal  etish  uchun  xalqaro  hamkorlikni  kengaytirish 



ishlari keng miqyosda olib borildi. Xususan, Prezident Islom Karimov SHHTga 

a’zo  davlatlar  rahbarlarining  2007  yil  avgustda  Bishkekda  bo‘lib  o‘tgan 

majlisidagi  ma’ruzasida  mintaqa  transchegara  suv  oqimlaridan  foydalanish 

bo‘yicha  O‘zbekistonning  yuqoridagi  tamoyillarga  asoslangan  nuqtai  nazarini 

aniq  bayon  qildi.  Bundan  tashqari,  2008  yilning  12  mart  kuni  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  tashabbusi  bilan  «Orol  muammolari,  ularning  aholi 

genofondi,  o‘simlik  va  hayvonot  olamiga  ta’siri  hamda  oqibatlarini 

engillashtirish  uchun  xalqaro  hamkorlik  chora-tadbirlari»  mavzuidagi  xalqaro 

                                                           

29

 



www.agro.uz

 



34 

 

konferensiyasi uyushtirildi. Konferensiyada dunyoning 20 dan ortiq davlatidan, 



jumladan, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, 

YAponiya,  Markaziy  Osiyo  davlatlari  va  boshqa  davlatlardan,  xalqaro  va 

mintaqaviy  tashkilotlardan,  moliya  institutlaridan  vakillar  va  mutaxasislar 

ishtirok  etgani  uning  nufuzini  belgilab  berdi.  Mazkur  konferensiyada  ishlab 

chiqilgan  harakat  rejasi  2011-2015  yillarda  Orol  dengizi  havzasidagi 

mamlakatlarga  yordam  ko‘rsatish  bo‘yicha  uchinchi  dasturning  asosini  tashkil 

qildi

30

.  Jahon  bankining  ushbu  dasturni  amalga  oshirishda  ko‘mak  berishi 



belgilandi.  

2008  yilga  kelib  Orolbo‘yi  hududiga  kiradigan  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  va  Xorazm  viloyatini  umumiy  ijtimoiy  iqtisodiy  rivojlantirishga 

qaratilgan  keng  ko‘lamli  tadbirlar  davom  ettirildi.  Xususan,  Orol  dengizi 

mintaqasidagi  hududlarning  ekologik  ahvolini  yaxshilash,  er  emirilishining 

oldini  olish  va  qishloq  xo‘jaligi  salohiyatini  oshirish,  suv  bilan  ta’minlash, 

aholini sog‘lomlashtirish, fermerlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xalq 

hunarmandchiligini rivojlantirish orqali qo‘shimcha daromad olish uchun shart-

sharoit yaratish bo‘yicha qator maqsadli loyihalar bosqichma-bosqich ro‘yobga 

chiqarildi.  O‘nlab  zamonaviy  ta’lim  va  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  barpo 

etildi. 

2010 yildan boshlab «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo havzasida 

o‘rmonzorlarni  saqlab  qolish  va  muhofaza  qilinadigan  hududlar  tizimini 

mustahkamlash»  deb  nomlangan  loyiha  muvaffaqiyatli  amalga  oshirildi. 

Jumladan,  To‘rtko‘l,  Beruniy,  Amudaryo,  Nukus,  CHimboy,  Kegeyli, 

Qo‘ng‘irot  va  Taxtako‘pir  o‘rmon  xo‘jaliklarining  47398  gektarlik 

o‘rmonzorlarni  rivojlantirish,  parvarishlash  ishlari  bajarildi

31

.  Natijada  barpo 



etilgan  «yashil  qalqon»lar  cho‘llanishga  qarshi  samarali  tizim  ekanligini 

ko‘rsatdi. 

2011  yilda  umumiy  maydoni  68,7  ming  gektarga  teng  Quyi  Amudaryo 

                                                           

30

 Маметова М..//Саъй-ҳаракатларни мувофиқлаштириш йўлида., “Ўзбекистон овози” газетаси. 2014 



йил., 30-октябр, № 128. 2-бет. 

31

 Ибрагимов А., //«Яшил қалқон» саҳроланишдан ҳимоя., Халқ сўзи., 2010 й 5-ноябр., 4-бет.  




35 

 

davlat  biosfera  rezervati  tashkil  etildi.  Amudaryo  deltasida  lokal  havzalar 



yaratishga  oid  loyiha  amalga  oshirildi.  Natijada  5  ta  suv  chiqarish  inshooti,  45 

kilometrlik  damba  qurildi.  Suv  yuzasi  70  ming  gektarga  teng  muhandislik 

asosida boshqariladigan havza yaratildi.  

Mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  tomonidan  Orolbo‘yi  genofondini 

muhofaza  qilish  bo‘yicha  xayriya  jamoat  fondi,  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi 

vazirligi huzurida irrigatsiya va drenaj bo‘yicha milliy qo‘mita, Moliya vazirligi 

huzurida  sug‘oriladigan  erlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  jamg‘armasi 

tuzilib,  ular  tomonidan  ko‘plab  dasturlar  amalga  oshirildi.    Natijada  amalga 

oshirilgan dasturlarning samaradorligi ayniqsa keyingi yillarda har qachongidan 

ham ortdi. 

Keyingi yillarda tajribada sinalgan, qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamli 

meva  navlarini  ko‘paytirish  tadbirlari  ham  olib  borildi.  Natijada  mamlakat 

miqyosida  intensiv  bog‘lar  yaratish  ishlari  boshlandi.  2010  yili  Respublika 

rahbariyatining 

tashabbusi 

bilan 


intensiv 

texnologiyalar 

asosida 

parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos va shaftoli 

ko‘chatlari ilk bor Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelinib, asosan Toshkent 

hamda Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari er maydonlariga ekildi. 

Ushbu bog‘lar  mamlakatning tuproq-iqlim  sharoitiga tez  moslashib, qisqa 

muddat  —  oradan  bir  yil  o‘tib,  ya’ni  2011  yildan  boshlab,  mevali  bog‘larning 

har bir gektaridan 50-70 sentnergacha hosil olishga erishildi. 

Intensiv bog‘larni yaratish tadbirlari yildan-yilga ko‘payib bordi. Masalan, 

2014  yilda  respublikada  jami  8  ming  gektarlik  bog‘lar  yaratilgan  bo‘lsa, 

shundan  5,6  ming  gektarini  intensiv  bog‘lar  tashkil  etdi.  Bundan  tashqari,  4,1 

ming  gektardagi  yaroqsiz  bog‘lar,  6,1  ming  gektarlik  tokzorlar  rekonstruksiya 

qilindi. SHu va boshqa omillar Orolga borib quyiladigan suv hajmining nisbatan 

barqarorlashuvini ta’minladi. 

Umuman  olganda  O‘zbekiston  2004-2014  yillar  davomida  Orolbo‘yidagi 




36 

 

loyihalarga  1  milliard  200  million  AQSH  dollaridan  ziyod  mablag‘  ajratdi



32

Natijada suv manbalarini boshqarish va ulardan tejamkorlik bilan foydalanishga 



qaratilgan yuqorida keltirilgan tub islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasida 

mustaqillik  yillarida  O‘zbekistondagi  aholi  soni  20  mln  dan  31  mlnga 

ko‘payishiga  qaramasdan  mamlakat  bo‘yicha  suv  chiqarish  hajmi  yiliga  80-

yillardagi  64  millard  kub  metrdan  51  milliard  kub  metrga  tushdi.  Aholi  jon 

boshiga suvdan foydalanish 3 ming kub metrdan 1,7 ming kub metrga tushdi. Bu 

esa Orolbo‘yiga daryo suvi oqimini ko‘paytirish imkonini berdi.  

SHu bilan birga oxirgi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 

masalalariga ham katta e’tibor berildi. Texnogen omillar ta’siri natijasida ilgari 

aniqlangan  chuchuk  er  osti  suv  zahiralaridan  35-38%  ichish  uchun  yaroqsiz 

holga kelib qoldi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari 

ichimlik  suvi  mahalliy  manbalaridan  deyarli  mahrum  bo‘ldilar.  SHu  sababdan 

ushbu hududlarga Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan toza ichimlik suvi 

etkazib  beradigan    yirik  quvurlar  tortildi.  Natijada  mintaqa  aholisining  toza 

ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi keskin ortdi. 

Ushbu yillar davomida Orol inqirozi ta’sir ko‘rsatgan xududlarda 740 ming 

gektar,  dengizning  qurigan  tubida  310  ming  gektar  maydonda  o‘rmonzorlar 

barpo  etildi.  Bundan  tashqari  Orolning  qurishi  natijasida  aholi  sog‘lig‘iga 

etkazilgan  zararni  bartaraf  etish  tadbirlari  ham  keng  miqyosda  olib  borildi.  Bu 

borada hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya 

jamg‘armasi tomonidan katta ishlar amalga oshirildi. 1993 yilning 23 aprel kuni 

tashkil etilgan mazkur jamg‘arma o‘tgan yillar davomida o‘z tibbiy dasturlarini 

ishlab  chiqib,  asosan,  respublikaning  ekologik  jihatdan  noqulay  bo‘lgan 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy singari viloyatlariga 

«Salomatlik» poezdlari orqali ko‘mak berish vazifalarini amalga oshirishi yo‘lga 

qo‘yildi.  Ushbu  vazifalar  ijrosini  ta’minlash  yuzasidan  o‘tgan  yillar  davomida 

«O‘zbekiston  temir  yo‘llari»  DAK  bilan  hamkorlikda  Qoraqalpog‘iston 

                                                           

32

 Махсумов С., Раҳимов О., // Мусаффор табиат, аҳоли саломатлиги ва фаровонлиги – пировард 



мақсад. Халқ сўзи, 2014 й, 30 октябр, № 210., 2 бет. 


37 

 

Respublikasi,  Surxondaryo,  Navoiy,  Qashqadaryo,  Xorazm,  Buxoro  va 



respublikaning  boshqa  ekologik  noqulay  hududlariga  jami  19  ta  «Salomatlik» 

poezdlari jo‘natildi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatning 

ekologik  noqulay  hududlarida  istiqomat  qiluvchi  aholi  sog‘ligini  muhofaza 

qilish bo‘ldi. «Salomatlik» poezdi tashkil etilgan 2000 yildan 2013 yilga qadar 

aholiga  4  million  681  ming  AQSH  dollari  va  562  million  so‘mdan  ziyod 

muruvvat  yordami  ko‘rsatildi.  62  ming  248  nafar  aholi  tibbiy  ko‘rikdan 

o‘tkazilib,  nogironlarga  manzilli  muruvvat  yordamlari  etkazib  berildi. 

Qo‘shimcha tarzda 1997-2012 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, 

Buxoro  va  Navoiy  viloyatlarida  zamonaviy  ambulator  poliklinikalar  bunyod 

etildi.  5,8  ming  o‘ringa  mo‘ljallangan  tibbiyot  muassasalari  qurildi  va 

rekostruksiya qilindi. 840 ta Qishloq vrachlik punkti faoliyat ko‘rsatdi. Natijada 

aholi salomatligini yaxshilashga doir olib borilgan islohotlar o‘z natijasini berdi. 

Ko‘rilgan  choralar  samarasi  o‘laroq  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  nuqson 

bilan  tug‘ilganlar  soni  1997  yilga  nisbatan  3,1  barobar  onalar  o‘limi  1997 

yildagiga nisbatan 2 barobar, bolalar o‘limi 2,4 marta qisqardi

33



Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston ekologik harakati ham faol ishtirok etib 

keldi.  Dunyo  tajribasida  ilk  marotaba  mamlakat  parlamentida  Ekoharakat 

deputatlik  o‘rinlari  uchun  15  kvota  berildi.  Bu  esa  ekologiyaga  oid  tashkiliy 

huquqiy  bazani  yanada  takomillashtirish  va  qonunlar  ijrosini  muttasil 

ta’minlashda muhim tadbir bo‘ldi.  «Ekologik nazorat to‘g‘risida» gi Qonun bu 

boradagi tadbirlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.   

Yuqoridagi  tadbirlarning  amalga  oshirilishi  natijasida  Orol  fojeasining 

oqibatlarini  birmuncha  bartaraf  etishga  erishildi.  Ammo  shunga  qaramasdan 

Amudaryo  va  Sirdaryoning  Orolga  umumiy  quyilish  hajmi  keyingi  ellik  yil 

davomida  qariyb  5  barobar,  Orol  dengizining  suvi  qariyb  14  barobar  kamaydi, 

uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25 marta ortdi..1960-2010 yillar davomida 

Orolga kelib qo‘shiladigan daryo suvlari qisqarishi natijasida uning suv yuzasi 8 

                                                           

33

 Маметова М..//Саъй-ҳаракатларни мувофиқлаштириш йўлида., “Ўзбекистон овози” газетаси. 2014 



йил., 30-октябр, № 128. 2-бет. 


38 

 

marta  qisqardi.  Suv  sathi  53,4  metrdan  29  metrga  pasayib  qoldi.  Bu  jarayon 



Orolbo‘yi  flora  va  faunasiga  o‘nglab  bo‘lmas  darajada  shikast  etkazdi.  Suvda 

yashaydigan  jonzotlar  va  mavjud  baliqlar  qirilib  ketdi.  Dengiz  bo‘yida 

yashovchi hayvonlarning ko‘p qismi yo‘q bo‘lib ketdi. O‘zining ulkan bioxilma-

xilligi  bilan  mashhur  bo‘lgan  Orolbo‘yi  mintaqasida  o‘simliklar  va  yovvoyi 

hayvonlar turi ham keskin kamayib bordi. Xususan sut emizuvchilarning 12 turi, 

qushlarning 26 va o‘simliklarning 11 turi butkul yo‘q bo‘lish xavfi ostida qoldi. 

Umuman,  o‘tgan  davrda  Orolbo‘yi  bioxilma-xilligi  genofondining  yarmidan 

ortiq qismi boy berildi.  

Xulosa  sifatida  shuni  aytishimiz  mumkinki,  sovet  mustabid  tuzumi 

hukmronligi  sharoitida  sun’iy  tarzda  yuzaga  keltirilgan  Orol  fojeasi  global 

ahamiyat kasb etib, mintaqa doirasida hal etish mushkul bo‘lgan muammolardan 

biriga  aylandi.  Bunday  noxush  holatlarning  oldini  olish  va  uning  aholi 

salomatligi  va  yashash  tarziga  bo‘lgan  salbiy  tahdidlarini  yumshatish  borasida 

O‘zbekiston  hukumati  katta  kuch-g‘ayrat  sarfladi.  Xususan,  bu  borada  amalga 

oshirilgan tadbirlar natijasida Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy-

iqtisodiy  ta’minlanganlik  darajasi  oshib,  turmushi  farovonlashdi.  Aholi 

sog‘lig‘ini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar tufayli mintaqada, xususan 

O‘zbekiston tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro 

va  Navoiy  viloyatidagi  ahvol  birmuncha  yaxshilanishiga  erishildi.  Ammo, 

O‘zbekiston  tomonidan  amalga  oshirilgan  bunday  keng  ko‘lamli  tadbirlarga 

qaramasdan,  bu  muammo  global ahamiyat  kasb  etgani va ko‘lamining  nihoyat 

darajada  kengligi  bois  bu  borada  amalga  oshirilgan  loyiha  hamda  dasturlarga 

qo‘shimcha  tarzda  yana  ko‘plab  tadbirlarni  amalga  oshirish  talab  etiladi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Orol dengizi 

mintaqasidagi  ekologik  ofat  oqibatlarini  yumshatish  bo‘yicha  hamkorlikni 

rivojlantirish»  mavzusidagi  xalqaro  konferensiyasida  so‘zlagan  nutqida 

ta’kidlanganidek  “Mintaqa  mamlakatlari  Orol  dengizi  halokatining  atrof-muhit 

va  bu  erda  yashayotgan  aholi  hayoti  va  faoliyatiga  etkazayotgan  ekologik, 




39 

 

ijtimoiy-iqtisodiy  va  gumanitar  oqibatlarini  bartaraf  etish  uchun  etarlicha 



mablag‘  va  moddiy-texnik  imkoniyatlariga  ega  emas.  SHu  bois  Birlashgan 

Millatlar tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkor 

davlatlarning samarali amaliy yordamisiz dunyo miqyosidagi ushbu muammoni 

hal etib bo‘lmaydi”. 

 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling