Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari
1.2.&.Ekologik tanglik. Orol fojiasi.
Mustabid tuzumining O’zbekistonda olib borgan mustamlakachilik siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqarishning ekstensiv yo’ldan rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo’jaligida haddan ziyod ishlatilishi mamlakatimizda, ayniqsa, 80-yillarda halokatli tus olgan ekologik bo’hronni keltirib chiqardi. Nafaqat O’zbekistonda, balki butun Turkiston o’lkasida ekologik qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lenin qo’ygan edi. Biz bu yerda 1918-yil 17-mayda V.I.Lenin imzolagan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Turkistonda sug’orish ishlariga 50 million so’m mablag’ ajratish to’g’risidagi dekretini nazarda tutmoqdamiz. «Inqilob dohiysi» bu ajratilgan summani Mirzacho’l yerlarini o’zlashtirishga sarflashni nazarda tutib, o’tgan asrning 70-yillarida bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus olimi N.F.Ulyanov, P.RSemyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. VI.Lenin boshlagan bu «tashabbus»ni Sovet hukumati Kommunistik partiya rahnamoligida rivojlantirdi. «SSSRda paxta mustaqiiligi uchun kurash» amalda O’zbekiston xalq xo’jaligining ekstensiv yo’l bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili bo’ldi va turg’unlik yillarida ekologik bo’hronni kuchaytirdi. Ayni paytda
21
Markaziy Osiyo sharoitidagi tog’ relefi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning singari geografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya jarayoni kuchayib sug’orma qishloq xo’jalik ekinlari maydonlari kengaydi, kommunikatsiyalar o’tkazildi, o’rmonlar kesib yuborildi, suv resurslaridan oqilona foydalanilmadi, yer osti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar amalda tabiatga nisbatan shafqatsizlik edi. O’zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi holatlar belgilaydi: Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulg’anganligi. O’zbekiston shaharlarining deyarli hammasida havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu, ayniqsa, O’zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan, olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, havoga o’rmalayotgan zaharli chiqitlar Olmaliq shahri aholisining har biriga 1374 kg, Farg’onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 kilogrammdan 15 to’g’ri kelgan ekan. Andijon, Guliston, Qo’qon, Qarshi, Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanardi. Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo’lmasdan, O’zbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. Jami bo’lib qishloq xo’jaligida 70 xilga yaqin turli zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. E’tiborli joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hashoratga ta’sir qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, suv, havo, o’simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini zahar lagan 16 . Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, g’o’zalarni defoliatsiya qilish jarayonida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlarni odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. Bu - dahshatli fojia edi.
15 «Muloqot» jurnali, 1992-yil, 3-4-sonlar, 12-bel. 16 «Muloqot» jurnali, 1992-yil, 3-4-sonlar, 13-bet. 22
Jumladan, Farg’ona viloyati Oxunboboyev tumanidagi Karl Marks nomli jamoa xo’jaligida g’o’zalarni samolyotda defoliasiya qilayotgan uchuvchi «adashib» zaharli ximikatlarni Andijon viloya-tining Bo’z tumanidagi «Yangi turmush» jamoa xo’jaligi dalalarida mehnat qilayotgan aholi ustiga sepib yuboradi. Mazkur «adashish» oqibatida 28 fuqaro zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan edi. Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi «Kommunizm» jamoa xo’jaligining 15-sonli brigadasida 8 kishi paxta dalasida o’tkazilgan defoliasiyadan zaharlanib 1983-yil 12-sentabr kuni kasalxonaga yotqizilgan va ulardan bir kishi - T. Turopova o’sha kuniyoq jon bergan : . Aholining ommaviy sur’atda ximikatlardan zaharlanishi 1985-yilda Farg’ona viloyati Buvayda tumanining K.Marks nomli jamoa xo’jaligida ham sodir bo’lgan edi. O’zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu suvga bo’lgan munosabat bilan bog’liqdir. Sovet hukumatining ochko’zligi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari suvlaridan hisob-kitobsiz foydalanish oxir-oqibatda Orol fojiasini keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amu va Sirdaryoga 1960-yiIdan keyingi 20-30 yil davomida kollektor - zovur, sanoat va kommunal xo’jaliklarning tashlandiq va zaharlangan suvlarini oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi. Shu davrda Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, uning quruqlikka aylangan sathi 2 million gektarni tashkil etadi. Havoga, yerga sochilayotgan tonnalab qum-tuzlar Orolbo’yi atrofida ham jonli. ham jonsiz tabiatni halokat yoqasiga keltirib qo’ydi. Aholi dengiz atrofidagi o’z makonlarini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Masalan, Mo’ynoq tumanida aholi 50-yillarga nisbatan ikki barobar kamaygan. Orol fojiasi tufayli o’simlik va hayvonot dunyosi ham halokatga mahkum etildi. 1970-yillardan keyingi davrda faqat Amudaryo atrofidagi qamishzorlar maydoni 7 barobar kamaydi, 50 dan ortiq ko’l 17 qurib bitdi. 17 «Fan va turmush» jumali. 1990-yil, 7-son, 14-bеt. 23
Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o’zgarishidir. Tuproq tarkibining o’zgarishiga hisob-kitobsiz ishla-tilgan mineral o’g’itlarning halokatli ta’siri ham katta bo’ldi. Chunki mutaxassis olimlarning xulosalariga ko’ra, fosfor o’g’iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og’ir metall tuzlar ham o’tar ekan. Ekologiya buzilishining to’rtinchi sababi, respublika hayvonot olamining o’zgarishi bo’ldi. O’zbekistonda yowoyi hayvonlarning -99, parrandalarning - 410, baliqlarning - 79 turi mavjud edi. 1985-yilga kelib hayvon, parranda, baliqlarning ko’pchiligi respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Maralakatdagi ekologik qabohatning kuchayishi aholi o’rtasida shusiz ham dahshatli bo’lgan har xil kasalliklarning ko’payishiga olib keldi va katta fojialarga sabab bo’ldi. Chunki, sovet tuzumi shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-maishiy turmush tarzini yaratdiki, bu mamlakatda yashayotgan inson salomatligi uchun o’ta xavfli va yuqumli kasalliklar uchun asosiy zamin bo’lib xizmat qildi. Ekologik qabohatdan tashqari bu, eng awalo, iqtisodiy turmush kechirishning haddan tashqari og’irlashib-nochorlashib ketganligidir. Iqtisodiy nochorlik va chorasizlik odamlar ma’naviyatini ham xarob qildi, ma’naviy tubanlik esa ba’zi kimsalarni jig’ildon ilinjida, hatto, o’z tanalarini ham sotib bo’lsada yashashgacha majbur qildi. Bu hoi tabiiy ekologik bo’hron bilan birga qo’shilib turli xildagi yuqumli va o’ta xavfli kasalliklar: siflis, oshqozon-ichak, gepatit infeksiyasi, dizenteriya, paratif va boshqa kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ldi. Bunday hoi juda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi va muttasil o’sib bordi. Buni so’zoq (siflis) kasalligi bilan og’rigan fuqarolar sonining 1977-yildagiga nisbatan 1978-yilda 121,1 foiz va 1979-yilda esa 132,4 foizga’ o’sganligida ko’rish mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling