Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Nukus temir yо‘li qurib bitkazildi. 1996-yil 13-may kuni uzunligi 295 km  bo‘lganTajan-Seraxs-Mashhad


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

Nukus temir yо‘li qurib bitkazildi. 1996-yil 13-may kuni uzunligi 295 km 
bo‘lganTajan-Seraxs-Mashhad temir yo‘li qurilib ishga tushirildi. 2007-yil 24- 
avgustda “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘li ochildi. 223 kilometrdan 
iborat bu yо‘l qisqa davrda, hammasi bо‘lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga 
tushirildi. 2011-yil 30-avgustda “Toshkent-Samarqand” yо‘nalishida “Afrosiyob” 
tezyurar poyezdi ishga tushirildi. Poyezd 2015-yil 5-sentabrda Qarshiga, 2016-yil 15-
sentabrda Buxorogacha yetib bordi. Bu esa Toshkentdan Buxorogacha bо‘lgan 600 
kilometrlik masofani 8 soatdan 3 soat 20 minutga qisqartirdi. 
2016-yil 22-iyun kuni umumiy uzunligi 123,2 km., tunel uzunligi 19,2 km. 
Bo‘lgan, dengiz sathidan 1456 metr balandlikdan о‘tgan Angren-Pop temir yoli ishga 
tushirildi. 
1992-yil yanvarda tashkil etilgan “О‘zbekiston havo yо‘llari” milliy 
aviakompaniyasi bugungi kunda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni 
amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo‘nalishini boshqarmoqda. Aviakom- 
paniya tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan, so‘nggi avlod aviatsiya texnikalariga texnik 
xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan 
markazning 
xizmatlaridan 
320 
ta 
xorijiy 
aviakompaniya 
samolyotlariga 
aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatilmoqda. 
Istiqlol yillarida “О‘zbekiston havo yо‘llari” aviakompaniyasi tarkibida 11 ta 
(Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan
Andijon, Farg‘ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar jahon andozalari darajasida 


modernizatsiya qilindi. Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblangan 
Toshkent aeroportida 3 ta terminal qurib ishga tushirildi. Buxoro, Samarqand va 
Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi. 
Iqtisodiyotimizning qon tomiri bо‘lmish transport-kommunkatsiya sohasidagi 
islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2019-yil 1-fevralda O‘zbekiston 
avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 
tashkil etildi. 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling