Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

DIVIDENT (lotincha “dividendus” – taqsimlanadigan narsa) – aksioner jamiyat 
foydasining aksiya egasiga tegadigan, binobarin, uning daromadiga aylangan qismi. 
Har yili foyda aksionerlar о‘rtasida (soliqlar tо‘planib, ishlab chiqarishni rivojlantirish 
uchun mablag‘ ajratilganidan sо‘ng) ularning qо‘lidagi aksiya miqdori va turiga qarab 
divident taqsimlanadi. 


INFLYATSIYA (lotincha “inflatio” – bо‘rtish, shishish, qappayish) – narx- navo 
umumiy darajasining oshishi, real tovarlar takliflariga nisbatan pul massasi ortib, 
pulning qadr-qimmati va xarid qobiliyatining pasayib ketishi. Iqtisodda vujudga 
keladigan muammolar pul bosib chiqarishni kо‘paytirish orqali hal qilinsa yoki qog‘oz 
pullar hajmi о‘zgarmagan holda tovar hajmi kamaysa inflyatsiya yuz beradi. 
INFRATUZILMA (lot. Infra – ostida) – nomoddiy ishlab chiqarish sektori. 
Ishlab chiarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur 
bo‘lgan meyoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat 
ko‘rsatuvchi sohalar majmui. Infratuzilmaning ishlab chiqarish va ijtimoiy- maishiy 
turi mavjud. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi 
sohalar – yuk tashish transporti, elektr va issiqlik ta’minoti, yo‘l xo‘jaligi, suv 
xo‘jaligi, ombor xo‘jaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar 
kiradi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilmaga aholiga xizmat ko‘rsatib, uning ehtiyojiga 
xizmat qiluvchi sohalar – maorif, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy 
xizmat va boshqalar kiradi. 
INVESTITSIYA (nemischa “investition” – kiyintirmoq, yasantirmoq) – 
mablag‘ni, ma’lum boylikni qо‘shimcha daromad olish maqsadida ishlab chiqarish 
yoki boshqa sohaga joylashtirish. Mablag‘ sarflash. 
IPOTEKA (yunoncha “hypotheke” – garov) – ssuda, qarz olish maqsadida 
kо‘chmas mulk (yer, imorat)ni garovga qoyish. Qishloq xо‘jaligida va sanoatda 
tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus ipoteka banklari tashkil etiladi. 
KLASTER (ing. Cluster – bog‘lam, tutam, shingil) – turli hududdagi bir tarmoq 
yoki sohaga oid bir nechta korxona yoki tadbirkorlarning kreativ yechim uchun o‘zaro 
to‘planib, uyg‘unlashgan faoliyati. Klasterlar sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot 
va boshqa yo‘nalishlarda tazilishi mumkin. 
O‘zbekiston iqtisodiyotida klaster tizimiga 2017-yildan o‘tila boshlandi. Bugungi 
kunda mamlakatimizda paxta yetishtirish va to‘qimachilik, qorako‘lchilik, tibbiyot
toshni qayta ishlash, qurilish, chiqindini qayta ishlash, turizm kabi sohalarda klasterlar 
faoliyat yuritmoqda. 
Masalan, paxtachilik sohasida 2017-yilda O‘zbekistonda 1 dona klaster ishlagan 
bo‘lsa, 2018-yilda ularning soni 15 taga, 2019-yilda 75 taga yetdi. 2020-yilda esa 100 
dan ortiq klasterlar tashkil etildi. Paxtachilik klasteri bu – paxtani yetishtirishdan tortib, 
undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga qamrab 
oladi. 
KONSESSIYA (lotincha “concessio” – ruxsat, yon berish) – davlatga tegishli 
tabiiy boyliklar, korxonalar va boshqa obyektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalarga 
va ayrim shaxslarga ma’lum muddatga foydalanishga berish. 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling