Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


LOUKOSTER (ing. Lowcoster) – nisbatan arzon chiptalar taklif etadigan  aviakompaniya.  MAKRO VA MIKRO IQTISODIYOT


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

LOUKOSTER (ing. Lowcoster) – nisbatan arzon chiptalar taklif etadigan 
aviakompaniya. 
MAKRO VA MIKRO IQTISODIYOT – iqtisodiyotning turli darajalaridagi 
holatini tahlil qilishda ishlatiladigan tushuncha. Mikro iqtisodiyot bu – ayrim korxona, 
xо‘jalik yoki oila doirasidagi iqtisod. Makro iqtisodiyot – butun jamiyat, umumdavlat 
va xalqaro miqyosidagi yoki milliy iqtisod, turli sohalar, tarmoqlar majmuidan iborat. 
MARKETING (inglizcha “market” – bozor, sotish, ayrboshlash) – firma 
(korxona) ishini bozor sharoitiga moslashtirishga qaratilgan maxsus faoliyat. 
Marketing ishi bozorni о‘rganish, narxlarni shakllantirish, bozor talablariga monand 
ravishda tovarlarni ishlab chiqarish, ularni vaqtida bozorga yetkazish, reklama qilish 
va xaridorlarga xizmat kо‘rsatishni о‘z ichiga oladi. 
MENEJER (inglizcha “manager” – boshqaruvchi) – korxona va qarz beruvchi 
tashkilot hamda uning quyi qatlamining boshqaruvchisi. Menejerlar maxsus 
tayyorgarlik kо‘rgan, boshqarishning sir-asrorlarini, qonun-qoidalarini chuqur biluvchi 
malakali mutaxassis-boshqaruvchilar hisoblanadi 
MORATORIY (lot. Moratorius – sekinlatuvchi, muddatni orqaga suruvchi) – 
muayyan majburiyat va harakatlarning ijro etish muddatini hukumat tomonidan 


ma’lum vaqtga uzaytirish, to‘xtatib qo‘yish. Moratoriy biror favqulodda holat (masalan 
urush, tabiiy ofat) munosabati bilan ham e’lon qilinadi. 
SANATSIYA (lotincha sanatio – davolash, sog‘lomlashtirish) – korxona va 
tashkilotlarning moliyaviy ahvolini, uning barbod bо‘lishi oldini olish yoki 
raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida davlat yoki boshqa manfaatdor tashkilotlar 
tomonidan moliyaviy yordam berish. 
STARTAP (ing. Startup – “start oluvchi”, “boshlang‘ich”) – yosh tadbirkorlar 
amalga oshirmoqchi, tezda muvaffaqiyatga erishish niyatida bo‘lgan loyihalar. Dastlab 
1973-yilda “Forbes” jurnalida ishlatilgan. 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling