Mavzu: Neft, neft mahsulotlari fizik xususiyatlari. Reja


Download 58.44 Kb.
bet3/8
Sana28.03.2023
Hajmi58.44 Kb.
#1302980
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- маруза

ρ20, kg/m3

,1/C

ρ20, kg/m3

,1/C

700 - 720

0,001255

800 - 820

0,000937

900 - 920

0,000688

720 - 740

0,001188

820 - 840

0,000882

920 - 940

0,000645

740 - 760

0,001118

840 - 860

0,000831

940 - 960

0,000604

760 - 780

0,001054

860 - 880

0,000782

960 - 980

0,000564

780 - 800

0,000995

880 - 900

0,000734

980 -1000

0,000526

Qovushqoqlik - suyuqliklarda suyuqlikning bir qismi harakatlanganda ikkinchi qismiga qarshilik qilishi qovushqoqlik deyiladi. Mahsulotlarning oquvchanligi, surkaluvchanligini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar mahsulotlar oqishida ularning bir bo‘lagi ikkinchi bo‘lagiga (bir molekulasining ikkinchi molekulasiga) nisbatan siljishida hosil bo‘ladigan ichki qarshiliklar mahsulotlarning molekula massasi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Neft qovushqoqligi - neft harakatlanishida zarrachalarining o‘zaro qarshiligi tushuniladi. Neft qovushqoqligi qatlam bosimiga deyarli bog‘liq emas. Neft tarkibida gaz bo‘lganda temperatura oshsa qovushqoqligi kamayadi.
Qovushqoqlik ichki ishqalanish koeffitsienti (m) yoki dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti bilan ifodalanadi.
Bu dinamik qovushqoqlik deb ham yuritiladi. Uning birligi SI tizimida Paskal-sekund (Pa.S) da ifodalanadi.
Neftning qovushqoqligi 2 turga bo‘linadi:

  • dinamik qovushqoqlik µ, (Pa∙s)

  • kinematik qovushqoqlik ν (m2/s)

Harorat ko‘tarilganda neftning qovushqoqligi pasayadi, bosim oshganda esa ko‘tariladi. Yuqori molekulali uglevodorodlar qovushqoqlik qiymatini oshiradi, shuning uchun yengil neftning qovushqoqligi og‘ir neftnikidan kichik bo‘ladi.
Kinematik qovushqoqlik (v) - bu dinamik qovushqoqlikning tegishli haroratdagi neft va gazning zichligiga bo‘lgan nisbati.
Kinematik qovushqoqlikning SI tizimidagi o‘lchov birligi:

Portlovchanlik - neft mahsulotlari bug‘lari va gazlar havo bilan qo‘shilib aralashma hosil qiladi. Aralashma tarkibida mahsulot bug‘i yoki gazning miqdori (hajm birligida yoki foizda), ma’lum qiymatga yetganda aralashma olov yoki uchqun ta’sirida portlaydi.
Masalan, havo aralashmasi tarkibida benzin bug‘ining miqdori 1,1:6 foiz bo‘lganda aralashma olov ta’sirida portlaydi.
Aralashmadagi 1,1 foiz benzin bug‘ining quyi, 6 foiz esa yuqori portlash chegarasini bildiradi. Benzin bug‘ining miqdori 6 foizdan oshganda aralashma portlamay yonadi.
Metan gazining havo bilan aralashmasi tarkibidagi miqdori 5:15 foiz oralig‘ida bo‘lganda aralashma ochiq olov ta’sirida portlaydi. Bu yerda ham 5 foiz quyi, 15 foiz yuqori portlash chegarasini ko‘rsatadi. Aralashmada metanning miqdori 5 foizdan kam bo‘lganda aralashma yonmaydi ham, portlamaydi ham. Metan miqdori 15 foizdan oshganda aralashma portlamay yonadi. Umuman olganda, har bir modda havo bilan portlovchan aralashma hosil qiladi. Aralashmadagi modda bug‘ining portlash miqdori (chegarasi) uning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 58.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling