Mavzu: Neft, neft mahsulotlari fizik xususiyatlari. Reja


Download 58.44 Kb.
bet6/8
Sana28.03.2023
Hajmi58.44 Kb.
#1302980
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- маруза

Solishtirma og‘irlik - neftning hajm birligiga teng miqdorining og‘irligi uning solishtirma og‘irligi deb ataladi va yunoncha (gamma) harfi bilan belgilanadi.

bu yerda V - suyuqlik hajmi (o‘lchov birligi, m3), G – og‘irligi (o‘lchov birligi, N).
Solishtirma hajm - Suyuqlikning og‘irlik birligidagi miqdorining hajmi solishtirma hajm deyiladi va hajmni og‘irlikka bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:

Solishtirma hajmning o‘lchov birligi SI o‘lchov tizimida:
Neftning zararli xususiyatlari - har qanday moddalar singari neft, gaz va neft mahsulotlari ham zararli xususiyatlarga ega. Ayniqsa oltingugurtli neft bug‘lari inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Odamlarning neft bug‘lari bilan zaxarlanishi gazsizlantirilmagan rezervuar va sisternalar hamda nasos va boshqa mahsulotlarni saqlovchi xonalarda sodir bo‘ladi.
Mahsulotlarning zararli ko‘rsatkichlari hisobga olinib, ularning havo va suvdagi ruxsat etilgan konsentratsiyalari belgilangan. Ayrim mahsulotlarning ish joylari, xonalar va rezervuarlar havosidagi ruxsat etilgan konsentratsiyalari (K) quyida keltirilgan:
2.4-jadval



Mahsulot turi

K (mg/l)

1.

Erituvchi benzin

0,3

2.

Yoqilg‘i benzin

0,1

3.

Kerosin

0,3

4.

Ligroin

0,3

5.

Oltingugurtli gaz

0,01

Neftda gazlarning erish xususiyati - qatlam sharoitida neftda hamma vaqt erigan gaz mavjud bo‘ladi, ba’zida 1000 m3/t (o‘rtacha 100 m3/t) gacha bo‘ladi. Neftda gazning erish xususiyati eruvchanlik koeffitsiyenti kattaligini tavsiflaydi yoki gaz omili deyiladi.

Download 58.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling