O‘z-o‘zidan alanga olish harorati - neft mahsulotlari ochiq olovsiz qizdirilganda ularning harorati ma’lum bir nuqtaga yetadi va mahsulotlar o‘z-o‘zidan alanga oladi. Alanga olishga to‘g‘ri kelgan harorat tegishli mahsulot bug‘ining o‘z-o‘zidan alanga olish harorati deyiladi.
Atmosfera bosimida ayrim neft mahsulotlarining o‘z-o‘zidan
alanga olish haroratlari quyidagicha (K da):
2.2-jadval
№
|
Neft mahsuloti
|
O‘z-o‘zidan alanga olish harorati, K
|
1.
|
Benzin
|
663-863
|
2.
|
Kerosin
|
563-703
|
3.
|
Dizel yoqilg‘isi
|
513-603
|
4.
|
Benzol
|
853-933
|
5.
|
Neft
|
653-804
|
6.
|
Avtol
|
573-653
|
7.
|
Tomdol
|
853-903
|
Elektrlanish - har qanday modda ishqalanishi natijasida elektrlanadi, ya’ni statik zaryad hosil qiladi. Neft va neft mahsulotlari quvurlar orqali oqishi jarayonida quvur devori bilan ishqalanib statik zaryadlar hosil qiladi.
Ularning yuqori dielektrik xossaga ega bo‘lishlari hosil bo‘lgan zaryadlarning to‘planib borishini sodir etadi va statik zaryadlar uzoq vaqt davomida mahsulotlar tarkibida saqlanib turadi. Natijada mahsulot bilan yer o‘rtasida yuqori potensiallar farqi hosil bo‘ladi.
Bunday mahsulotlarni yerga ulangan idishlar (rezervuarlar)ga quyishda to‘plangan statik zaryadlar havo orqali uchqun ko‘rinishida idishlarga oqib o‘tadi. Natijada mahsulot bug‘lari yonishi yoki portlashi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun mahsulot oqayotgan quvur va to‘kuvchi-quyuvchi metall qurilmalarning yerga ulanishini ta’minlash kerak. Bunda oqish jarayonida hosil bo‘layotgan statik zaryadlar yerga o‘tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |