Mavzu: numizmatika fanining vujudga kelishi va shakillanishi. Qadimgi yunon va rim tangalari


Numizmatika fani va uning vazifalari


Download 40.59 Kb.
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi40.59 Kb.
#1283085
1   2   3   4
Bog'liq
Numizmatika fani vujudga kelish tangalar

Numizmatika fani va uning vazifalari.
Numizmatika (lot. numisma — tanga) — tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yezuvlari, ogʻirligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini oʻrganadi. N. xronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi masalalarini tekshirishga imkon beradi, tarix, arxeologiya, paleografiya, sanʼat tarixi, iqtisod, etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega. N. tushunchasiga yana qogʻoz pullarni oʻrganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni oʻrganish (faleristika) ham kiradi. Metall pullar paydo boʻlgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar, taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, savdoning oʻsishi pulga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliklarigina tanga chiqarish huquqiga ega boʻlgan. Birincha metall tangalar miloddan avvalgi 7-asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.
Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
Numizmatika numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-asrlarda Italiyada paydo boʻlgan. Ilmiy N. fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.
Numizmatika shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi), Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va rus N.siga boʻlinadi

Qadimgi Rim tangalari.
Olimlar dunyodagi ko’p tillarda pul va hayvon bir hil yoki umumiy negizi o’hshash so’zlar bilan ifodalannishiga anchadan beri yotibor bermoqdalar. Masalan: Qadimgi Rimliklar pul va hayvonni" penukia" deyishgan. Asrlar ketidan asrlar o’tib boraverishi bilan kimningdir miyasiga pulga o’z tamg’a nishoni qo’yib, og’irligi va metallning sofligini tasdiqlash kerak deb fikr qiladi. Bir parcha metallga tamga bosishni o’ylablab topib, shu bilan metallni tanga qilib qo’ygan kishi kim ekan degan savol tug’iladi. Buni birinchi galda martabasi ulug’, kupchilikning ishonchiga sazovor bo’lgan katta savdogar o’ylab topgan bo’lsa kerak. Tamg’a bosilgan quyma pullar yaqin tevarak - atrofda tortmasdan qabul qilinadigan bo’lib qoldi. Uni huddi bizga o’xshab shunchaki sanayverishardi. Tez orada boshka savdogarlar ham ana shunday qila boshladilar.
Rim afsonalarida tang’aning paydo bo’lishi boshqacha hikoya qilinadi. Qadimiy rimliklarning ko’pdan"- ko’p hudolari orasida hamma boshlang’ich narsalarning ihtirolarning avval - ohirining muttasaddisi bo’lgan hudo bor ekan. Bu hudoni Yanus deb atashardi. Uni ikki tomonga qarab turgan ikki yuzli qilib tasvirlashar e`dilar.
Lekin hozirgi kunda qadar birinchi tanga qaerda paydo bo’lganligi haqida bahslashadilar. Ba’zilari dastlabki tanga greklarning Egina orolida, Argos podnosi Feadonning yerida paydo bo’lgan deb fikr bildirishadi, Hatto vaqtini ham belgilab sakkizinchi olimpiadadan keyinroq paydo bo’lgan deyiladi.
Qadimiy Rimliklar har bir erkakning o’z hudosi dohiysi bo’lib, uni panohida saqlaydi. Har bir ayolning mabuda homiysi - Yunonasi bor deb ishonishardi. Ammo bu erkak va ayol hudolarning hammasi yeru kuk podshosi Yupiter va uning hotini Yunona Monetaga tobe ekan. Odamlarning huzur - halovati shularga bog’liq ekan. Bu er-hotinlarning iltifotiga muyassar bo’lish uchun turli yo’llar bilan ularning ko’nglini topish, ulardan hech qanday nazr-niyozni ayamaslik kerak ekan.
Rimliklar harbiy yurishga otlanishar jangda g’alaba qozonishar, uy qurishar, nimalarni uzoq safarga shaylashar ekan. Ular Yupiter va Yunona Monetaga ko’plab nazr-niyoz baxshida kilishardi.
Poytahtning eng baland yeri Kapitaliy tepaligining chuqqisida Yunona Moneta sharafiga ajoyaib ibodathona qurilibdi. Janub kuyoshi nurlariga chumilgan oq marmar devorlar uzoqdan yaltirab kurinarkan, Serhasham ichki bezaklar kishini o’ziga maftun qilarkan.
Rim bilan "Epir podshosi Pirr o’rtasidagi adovat ko’p vaqt davom etibdi. ikki raqib ko’p martaba janglarda goh bunisi, goh bunisi g’olib chiqa boshlabdi. Oxirida Venevit yaqinida eramizdan avvalgi 275 yili qattiq jang bo’ldi. Bunda Pirr qo’shinlari tor-mor qilindi. Rimda tantana - shodiyonaning cheki - chegarasi bo’lmabdi. Yunona Moneta hech qachon bu qadar ko’p hadiya nazr - niyoz olmagan ekan. Mag’lublardan tortib olingan oltinlar, qimmatbaho toshlar, qimmatbaho gazlamalar, jonivorlar -jami ma`buda ibodathonasiga keltirilibdi. Ma`buda sharafiga madhiyalar tuqishibdi, ajoyib haykallar yasalibdi. Nihoyat faqat Yunona Moneta ibodathonasidagina pul zarb etish haqidagi qonun qabul qilinibdi.
SHu paytdan e`tiboran Rimda, keginchalik esa boshqa kupchilik mamlakatlarda metall pullarni moneta tanga deb atashadigan bo’lishibdi.
Dastlabki tanga kichkinagina oddiy metall kuymasidan iborat bo’lib, qupoll noaniq shaklda bo’lgan. Firibgarlar bundan foydalanganlar. Ular har bir oltin yoki kumush bo’lagidan oz -oz qirqib olib, eritib yangi pul kuyganlar. ''Shakli noanik quyilamarning kamayib qolganligini esa bir qarashda payqash qiyin bo’lganligi uchun ancha vaqtgacha bundan hech kim habar topmagan.
Asosiy pul birligi dinor hasoblangan. Eramizning IV asrida solidlar paydo bo’lgan. Bir qadoq oltindan 96-dona tanga yasaganlar. Boshqa ko’p mamlakatlardagi pul birligining nomi masalan Italiya solkdi, Fransuz susi, ingliz va nemes shillingi ana shu soliddan kelib chiqqan.
Mana shu pul birliklari asta sekinlik bilan rivojlanib borgan yana asrlar o’tishi bilan Rimda tangalarning qiymati belgilari quyidagicha bo’lib borgan: denar, kvinari, sestersiy, pullari chiqarilgan. Rim tangalarining og’irlik o’lchov birliklari funt, unsiy, sitsilin, drahmadir. Mis tangalar - qadimgi Rim tangalarining asosi. Rim tangalaraga qadimgi Yunoniston tangalari bir qancha ta`sir o’tkazgan. Rimda esa keyinchalik kumush tangalarni zarb qilish yo’lga qo’yildi. Keyin bir oz vaqt o’tishi bilan tangalarning vaznini pasaytirilishi yuz bera boshladi. Rim respublikasi davrida zarb qilingan oltin tangalarini haqida gapiradigan bo’lsak, Yuliy Sezar tangalari misol bo’lishi mumkin. mumkin.
Mana so’z pulning paydo bo’lishi, tangalarning dunyoga kelishi qanchalar mashaqqatli bo’lgan. Lekin bu yaratilgan tangalar bizga qadimiy davr haqida ma’lumot beruvchi hisoblanadi. Tangalar siyosiy kurashlar odamlarning bir-biriga munosabatlari haqida ham xikoya qiladi.
Rivoyatlarga qaraganda Rimga yoshligida bo’rini emgan aka-uka Rim va Romul tanga yaratishga asos solgan deyiladi. Ularni cho’pon Favstur topib olgan. Tangada bo’ri va uni emib turgan Rim va Romul tasvirlangan. Bundan tashqari rimda birinchi marta oltin pul-dinariy zarb qilingan, bu pullar tezda Rimda, Italiyada, G’arbiy o’rta dengiz viloyatlarida yagona pul birligiga aylangan. Mana shu oltin tangalarga Yuliy Sezarning tasviri tushurilgan. Keyinchalik shunday tangalarga Klavdiyning tasviri, Avgustning tasviri tushurib chiqarilgan.
Qadimgi pullardan iborat yodgorlik manbalar. Respublika tarihini o’rganishda muhim material bo’lib xizmat qiladi. Topilgan tanga pullar va xazinalarning kartasini tuzish Rim davlati yashagan ma’lum vaqtlarda pullar qaysi joylarda tarqalganligini aniqlash imkonini beradi. Bu bilan birga Rimning iqtisodiy jihatdan antik dunyoning yangi viloyatlariga kirub borgan yo’lini tasavvur qilishiga, savdo-sotiq aloqalarini pul muomilasining hususiyarlarini va tarkibini aniqlashga inkon beradi. Rimda Respublika davridagi tanga pullardagi yozuvlar, mansab egalarining suratlari, pullarning emblemalari Rimning xo’jalik va siyosiy tarixini, ba’zan esa sinfiy va mafkuraviy kurashini aniqlaydi.
Afsonaviy manzaralar, rimliklar singari xar xil xudolarning suratlari solingan tanga pullar Qadimgi Rim aholisining diniy tasavurlari haqida beradi. Tanga pullarni urganish san’at, arhitektura tarihiga yordam kursagadi, negaki u pullarda ko’pincha qadimgi binolarning suratlari, eng mashxur haykallarning suratlari zarb qilingan bo’ladi.
Umuman olganda numizmatika manbalarning hammasini kompleks tarzda taqqoslab o’rganish respublika davridagi Rim davlatining markaziy viloyatlarida ham, shungdek, mahallalarda ham yoshagan qabilalar va elatlar, tarixiga oid asosiy muammolarning asl mazmunini aniqlashga imkon beradi.


Download 40.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling