Mavzu: Oilada bola tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil
Download 98.3 Kb.
|
Malak
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishini kafolati bo’la oladi. O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risidagi”Qonuni hamda Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasida ta’kidlanganidek o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi,ijodiy tafakkurni shaklantiruvchi usullarni qo’llab,ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang’ich ta’liming vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnalogiyalarni ta’lim jaroyoniga olib kirish lozim.Yangi pedagogik texnalogiylarni boshlang’ich sinf o’quvchising rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan bilimlar, malaka va ko'nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni echimini topish ustida bosh qotirmoqda. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm- rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Tarbiya uning eng muhim vazifalaridan sanaladi. Shu maskanda dunyoga kelgan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarini, balki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob, muomala qoidalarini ham o`zlashtirib boradi. Download 98.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling