Mavzu: Oilada bola tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil


Download 98.3 Kb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi98.3 Kb.
#1160985
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Malak

O’zbek oilasing farzand tarbiyasidagi ustuvor xususiyatlari .Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo’lib, har tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir. O’zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bo’lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o’g’il va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo’lib voyaga etmoqdalar.
Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o’zlari ham tarbiyaning o’ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo’lib turishlari kerak bo’ladi. Oilada mehr- muhabbatning ustuvorligi bolada ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asosini tashkil etadi. Biroq oila, o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra har bir farzand uchun o’ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib, oila a’zolarining o’z burchlari, bir-biriga nisbatan ezgulik, mehr-oqibat, yaxshi va munosib tarzda yashash, oilasining, qarindosh- urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.
Shuningdek, kattalarning yoshlarga bergan saboqlari, ro’zg’or tutish, bola tarbiyalash bobidagi tajriba o’g’il va qizlarga oila mustahkamligini ta’minlashda keyin ham asqotadi.
Oila – tarbiya maskani. Tarbiya uning eng muhim vazifalaridan sanaladi. Shu maskanda dunyoga kelgan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarini, balki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob, muomala qoidalarini ham o’zlashtirib boradi. Ota-ona o’rtasidagi o’zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy maqom qadriyatlar ona suti, oila a’zolarining mehri va namunasi bilan bola xulqi, ongiga singiydi. Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, ma’naviy, gigiyenik, jinsiy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Bu o’rinda misoli ota-ona – san’atkor, bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir.
O’zbek oilalariga xos yana boshqa xarakterli xususiyatlar ham mavjud. Ular uzoq yillar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan va bugungi kunda ham o’z qimmatini saqlab qolmoqda. Ya’ni, bolajonlilik, serfarzandlik, mehnat taqsimotining qat’iyligi, oila byudjetining ota-ona tomonidan boshqarilishi, kichiklarning kattalarga izzat-ikromi, oila g’ururi, sha’nini himoya qilish uning har bir a’zosi uchun burchga aylanib qolganligi, tug’ilib o’sgan joyga alohida mehr-muhabbat tuyg’usini rivojlantiradi.
Tarbiya murakkab va uzoq davom etadigan o’ziga xos jarayon bo’lib, u farzand tug’ilmasdan ancha oldin boshlanadi. Ya’ni, bo’lajak ota-onaning salomatligi, kayfiyati, nasl-nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloq-odobi, moddiy va ma’naviy darajasining mosligi, turmush qurishga ma’naviy va jismoniy tayyorligi farzand tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir.
Oilada amalga oshiriladigan tarbiyaning mazmuni farzandlarda o’z ota- onasidan, oilasi, ajdodlari, tug’ilib o’sgan o’lkasi, Vatani, millati, xalqi, tili, dini, an’analaridan g’ururlanish hissini uyg’otishdan iborat. Xullas, insonning dastlab oila sharoitida shakllanib yetiladigan barkamol ma’naviyati yuksak ma’naviyatli jamiyat barpo etishda muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, bola o’z tarbiyasiga ko’ra g’oyat ta’sirlanuvchan bo’ladi. Ota- onalar o’z bolalarini bilishlariga nisbatan bolalar o’z ota-onalarini yaxshiroq biladilar. Bola ilk yoshligidanoq kattalarning harakatlariga taqlid qiladi, ularning so’zlarini takrorlaydi. Kishi ulg’aygach, bolaligida ko’rgan hamma narsani takrorlamaydi, ammo ana shu narsalarning barchasi uning qalbida, ongida o’zidan qandaydir iz qoldirgan holda saqlanib qoladi. Shuning uchun ham oilada bolalarga beriladigan nasihat va o’gitlar, ma’rifiy g’oyalar shaxs tarbiyasi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega.
Oilada ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlar haqida fikr yuritilishi ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir etadi. Chunki oila muhitida bolalarni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to’g’risidagi fikrlar farzand barkamolligining asosini tashkil etadi.
Oilada bolalarni ilm olishga da’vat etish, bilimli kishilardan yaxshilik kelishiga ishonish, ularning fikrini eshitibgina qolmay, amalda unga rioya etish lozimligi haqidagi o’gitlar, ilm-ma’rifat ishlari, ezgu maqsadlarni amalga oshirish muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Chunki, inson ilm- ma’rifatli bo’lsa, odamlarga huzur baxsh etadi. Bilimli bo’lish bilan birga, yomon xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlanish zururligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari xususida nasihatlarni bayon etish oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.
Ma’lumki, bilimli, ma’rifatli bo’lish kishining kibr-havodan uzoqroq turishini ta’minlaydi, o’gitlarda insonning kibr-havodan uzoq bo’lishi atrofdagi kishilar bilan ijobiy munosabatni o’rnata olishi uchun zamin hozirlaydi. Ilm sari intilish qutlug’, ezgu ish sanaladi. Demak, har bir kishi ilm o’rganish sari intilishi, o’zlashtirilgan bilimlarga amal qilishi, kibr-havodan voz kechishi zarurdir. Ilm o’rganish yo’lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to’laqonli o’zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashi mumkin.
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning xususiyatlaridan yana biri bu aqlni rivojlantirishdir. Chunki, aqlli odamning zehni o’tkir bo’ladi, u har qanday o’git-nasihatni tezda o’z ongiga singdirib oladi. Inson zehnining o’tkirligi, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o’ljani ko’rib, unga ega bo’lish ilinjida pastga sho’ng’ishida sodir etadigan tezligidir. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi. Aqlli, bilimli kishilar behuda gaplarga ahamiyat, befoyda, o’zgalarga ziyon yetkazuvchi ishlarni amalga oshirmaydi. Nojoiz berilayotgan hadyalarga uchmaydi. Amalga oshirayotgan har bir harakati evaziga in’om-ehson kutmaydi, bahosi u qadar baland bo’lmagan sovg’alarni o’z qadr-qimmatidan yuqori qo’ymaydi.
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash xususiyatlaridan yana biri xushxulqlikdir. Bilim va hunar egasi bo’lish, ezgulik, yaxshilik yo’lida hamda umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat hisoblanadi.
Kishilar o’rtasida juda totuvlik, o’zaro ahillikning yuzaga kelishi yurtning farovon bo’lishi, odamlarning to’kin-sochin yashashining asosiy omilidir.
Oilada bolalarni inson shaxsi va uning qadr-qimmatini ulug’lashga o’rgatish, mehmondo’stlik, do’stlik, o’zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usiga ega bo’lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar haqida ma’lumotlar berish insonni yoshlikda aniq bir maqsadga intilishga tinimsiz harakat qilish, voyaga yetganida uning rohatini, mehnati natijasini ko’rish tushunchalarini shakllantiradi.
Ko’rinib turibdiki, oilaning ta’lim-tarbiya borasidagi donishmandligi bola kamolotining asosini tashkil etadi. Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umiri davomida ta’sir yetadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.
Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqye’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oiladagi munosabatlarni yaxshi bo’lishi uchun bugungi kunda yuksak malakali psixolog, pedagog-mutaxassislar, mahalla yordamiga muhtoj deyish mumkin.
Oilada bolalar tarbiyasining barqaror bo’lishi uchun maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligida faoliyat olib borish kerak. Ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarini maktab faoliyati uchun ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirish muhimdir. Bunda o’qituvchilar har bir o’quvchilarning oila-a’zolarini bilishi, ular bilan yaqindan aloqada bo’lishi o’chrashuvlar o’tkazib turishi lozim. Bolalar birdaniga maktabga o’rganib olishi qiyin kechadi. Ko’p hollarda bolalar maktabga borishdan bosh tortadi bunda ularning o’zlashtirishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ota-onalar hamda o’qituvchi, sinf rahbarining o’rni nihoyatda kattadir.
Bugun yoshlarimiz baxtli, chunki ularning ota-onalari boshida, ular uchun kerakli narsalarni ortig‘i bilan olib bermoqda. To‘g‘ri, bu ishlar ota-onaning farzand oldidagi asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Afsuski, ba’zi ota-onalar o‘zlarining vazifalari faqat shu deb o‘ylashadi. Ota-onaning hamfikrligi – juda katta yutuq. Ba'zida yaqin dugonalarimga farzand tarbiyasida ma'lum usulni qo‘llab ko‘rishni, foydali to‘garaklarga qo‘yishni tavsiya qilaman. Shunda: “Yo‘q, bunga turmush o‘rtog‘im ruxsat bermaydi”, degan javob olaman. Bo‘ldi, shu bilan oldinga yo‘l yo‘q.
Gap ruxsat berish yoki taqiqda emas, muhimi – ma'lum fikrni o‘zaro hamjihat bo‘lib bir-biriga uqtira olishda, deb o‘ylayman. Agar ona otaga bo‘ysunmasa yoki ota kerak paytda onani qo‘llab-quvvatlamasa, u yerda hech qanday tarbiya usuli foyda bermaydi.Ota-onaning hamjihatligi dunyoqarashning yaqinroq bo‘lishidir, aslida. Hayotga munosabati yaqinroq bo‘lgan insonlar bitta fikrga kelishi osonroq bo‘ladi.
Buvi-buvalar bilan birga yashaydigan katta oilalarda odatda bola kim uning tarafini olsa, o‘shandan panoh izlaydi va aytganini qildirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bir uyda yashovchi buvi-buvalar, ota-ona farzand tarbiyasida yakdil fikrga kela olishlari kerak. Ana shunda tarbiyaning ildizi mustahkam bo‘ladi. Ota-ona bir-birini tushunmasa, buni farzandlariga yetkazishi qiyin bo‘ladi.
Ota bir fikrni aytsa-yu, ona uni ma'qullamasa yoki onaning gapini ota qo‘llab- quvvatlamasa, bu, albatta, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin. Aytaylik, ota farzandning tadbirkor bo‘lishini xohlaydi, ona esa qarshi bunga. Farzand kimga yon bosishini bilmay ikkilanadi, ya'ni tarafkashlik paydo bo‘lishi mumkin.Farzand o‘ylaydi: otam tarafimni olyapti, shuning uchun tadbirkor bo‘laman.
Balki onasi to‘g‘riroq yo‘lni aytayotgan bo‘lishi mumkin, lekin fikrlar qarama-qarshiligi bolada ikkilanishni keltirib chiqarishi va oxir-oqibat noto‘g‘ri yo‘lni tanlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.Har bir oilada past-balandliklar bo‘ladi. Ularni yengib o‘tishda bir-birini tushunish juda muhim. Farzand tarbiyasida ham o‘zaro tushunish, fikrini hurmat qilish ahamiyati katta. Ko‘p oilalarda ota oilani boqish uchun asosiy vaqtini ko‘chada o‘tkazadi, shu sababli ko‘p vaqt ajratolmaydi. Shunday bo‘lsa ham ota rafiqasini kerak paytda qo‘llab- quvvatlay olishi, yordam berishi kerak.Farzand tarbiyasida hammasini onaga yuklab qo‘yish to‘g‘rimas. Chunki farzandlar onadan, otadan tarbiyani turlicha qabul qilishadi. Ota-onaning tarbiyada alohida o‘rni bor.
Farzand tarbiyasida ham har doim har xil yo’llar bilan olib borish kerak bo’ladi. Bolalar har doim har xil holatlarga duch kelishadi shunday farzandlar ham borki ularning savollariga gaplariga o’z ota onalari javob topisha olmaydi yoki qanday munosabatda bo’lish keragligini xozirgi har qanday tanbeh bolaga kelajakda ham katta ta’sir ko’rsatishi mumkinligini hatto o’ylab ko’rmadilar bolaga har qanday vaziyatda o’ylab javob berish lozim.Farzand katta inson bo’lib yetishganida sizning bergan tenbehlaringizga suyangan holda ish ko’radilar.Ota-onaga, onaning mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a'zolariga bo'lgan munosabat, bola qalbida yaxshilik va yomonlik, ma'qul yoki nomaqul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, millatimizning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda, o'zbek oilalari umumiy va xususiy taraqqiyotlari asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil etish lozim. Shu bois o'zbek oilalarida farzand tarbiyasining o'ziga xos tomonlarini va yosh oila vakillarining farzand tarbiyasiga munosabatini o'rganish maqsadida tadqiqot ishlarini olib boriladi. Bolalar dunyosining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro'li siymo, namuna deb bilishlari, taqlid qilishlari, har qanday paytda ota-onasidan namuna olishlarida ko'rinadi. Shaxsiy namuna tarbiya olish sifatida o'sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga ta'sir ko'rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlar yig'indisidir. Shaxs ongiga oila muhiti ilk bolalikdan ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu ijtimoiy- psixologik omil eng avvalo har bir oilaning o'ziga xos muomala, bola tarbiyasi, o'zaro muloqot, ro'zg'or yuritish va oilani boshqarish an'analariga asoslangan bo'lib, bularning saqlanishi shaxs ijtimoiy xulqi, madaniyati va dunyoqarashining real asoslaridir.
Hozirgi kunda o'zbek oilalarining o'ziga xos xususiyatlari, jamiyat bilan, mehnat va xalqlarimiz hayoti bilan uzviy aloqalarda namoyon bo'lmoqda. Yangi munosabatlarning qaror topishi, tarbiya mazmuni, oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarida o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, ahloqiy-ma'naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va madaniy saviyalari, ularning iqtisodiy ta'minlanganligi, turli ko'rinishdagi faoliyatlari, yangi sharoitlar, tarbiya samaradorligini ta'minlovchi omil sifatida namoyon bo'lmoqda.
Bolalar dunyosining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro'li siymo, namuna deb bilishlari, taqlid qilishlari, har qanday paytda ota- onasidan namuna olishlarida ko'rinadi. Shaxsiy namuna tarbiya olish sifatida o'sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga ta'sir ko'rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlar yig'indisidir. Istiqlol yillarida oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarining qayta tiklanishi har bir oilaning iqtisodiy, madaniy va kasb jihatidan erkin bo'lish imkoniyatini yaratdi. Ya'ni, istiqlolning har bir oilaning mustaqil mamlakat ichidagi mustaqil "jamiyat, davlat" sifatida erkin faoliyati, oila a'zolarining barcha fazilatlari yaqqolroq namoyon bo'lishiga ochgan cheksiz imkoniyatlari tufayli o'zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste'dodi o'sdi, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir nechta chet tillarni tez o'rganib olish kabi noyob fazilatlari to'la-to'kis ro'yobga chiqa boshladi. Buni yurtimizga mehmon bo'lib kelayotgan xorijlik turistlar, rasmiy arboblar e'tirof etishlari bois milliy mehmonnavozlik va sahovat an'analari yanada rivojlandi. O'zbekning qaddi rosmana tiklandi, milliy g'urur o'sdi.
Vaholangki, oila va nikoh, farzand tarbiyasi, jamiyatning katta va kichigi o'rtasidagi samimiy, insoniy munosabatlarga rivojlangan mamlakatlardan kelgan minglab xorijliklar havas qilayotganlari ham ayni haqiqatdir. O'z asriy qadriyatlarining egasi bo'lgan xalqimiz mustaqillik yillarida sharqona demokratiyaning o'z metalitetiga mos shaklini qaror toptirishda tashabbusni tobora o'z qo'liga olmoqda-ki, bunda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunda oila hamda mahalla institutlarining keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur. Oilada, ta'lim muassasalarida bola tarbiyasida uyg'unlikka erishish mukammal shaxs shakllanishini ta'minlovchi omildir. Bu borada amalga oshirayotgan ishlarimiz oxir oqibat nafaqat mamlakat mafaatiga, balki har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatiga xizmat qilishi muqarrar. Hech shubhasiz, bir insonning eng yaqin do’sti o’z oilasi ichidan chiqadi. Oila muhitida paydo bo’lgan sevgi va hurmat bog’lari shundayin kuchli bo’ladiki u oila a’zolaridan birining kasal bo’lib qolishida, bir muammoga duch kelinishida boshqa oila a’zolarining ham dardiga aylanadi. Oila a’zolarining bir-biriga bo’lgan muomala va munosabati qanchalik mustahkam bo’lsa bir jamiyatning kelajagi ham huddi ana shunday muvaffaqiyatli barpo etiladi. Haqiqatdan ham oila shunday muhitki, unda vatanni sevmoq, odamlarni, tabiatni qadrlamoq, ota-onaga hurmat ko’rsatish darslari o'rgatiladi.
Ota- bobolarimiz qadimdan oilani muqaddas bilib, uni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelgan. Chunki, Birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etilganidek, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning fe’l-atvori, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi ma’naviy mezon va qarashlar aynan oila sharoitida kamol topadi.Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan oilaning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish, uning huquqiy asoslarini yaratish eng muhim vazifalar sifatida belgilandi. O‘ziga xos milliy davlatchilik tariximiz, xalqimizning azaliy qadriyat va an’analari e’tiborga olinib, Konstitutsiyamizga “Oila” bobi kiritildi.
Bosh Qomusimizning mazkur bobida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, unda nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalash, o‘z navbatida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburliklari, farzandlar, ota-onalarining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi o‘z ifodasini topgan.O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va boshqa qonun, huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ham bu qoida va tartiblar qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2012 yilning yurtimizda
,,Mustahkam oila” yili deb e’lon qilinishi ham bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, “oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir” degan ezgu tamoyilning hayotiy ifodasini ta’minlashga qaratilgan. Mustahkam oila yilida bu boradagi ishlar yanada keng ko‘lamda davom ettiriladi.
Qonunchilikni takomillashtirish va mustahkamlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muhum o’rin tutadi. Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, kelajak poydevorini mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ijtimoiy institutdir. Istiqlol sharofati bilan ma’naviy tiklanish jarayonlari dadil kechayotgan mamlakatimizda oila instituti ijtimoiy hayotda tobora mustahkamroq o‘rin egallab, fundamental o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda.
Oila masalalarini ilmiy-amaliy o‘rganishda milliy va diniy qadriyatlarimizning ahamiyatiga yetarlicha e’tibor berilishi esa bu boradagi katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Bu imkoniyat oila a’zolari ma’naviyatini yuksaltirishga, ularning huquqiy va tibbiy ongini shakllantirishga, sog‘lom turmush tarzini yaratishga xizmat qilmoqda.Har yili 15 may sanasi nafaqat mamlakatimizda, balki, butun dunyoda keng tantanalar bilan nishonlanadi. Buning sabablaridan biri: 1993 yilning 20 sentabrida BMT bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan xalqaro oila kuni aynan ushbu sanada nishonlanishi bo‘lsa, ikkinchi sababi: “Xalqaro oila kuni”ning paydo bo‘lishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, oila nufuzini ko‘tarish, oilalarning jamiyatdagi munosabatlarga bo‘lgan e’tiborini yanada rivoj toptirishdir.



Download 98.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling