Mavzu: Oilada bola tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil
Kurs ishlarini bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar
Download 98.3 Kb.
|
Malak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi va mazmuni.
Kurs ishlarini bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar. Mazkur kurs ishi talabalarda maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlarini o‘qitish borasidagi bilimlar to‘liq shakllanganidan so‘ng talablarga muvofiq tarzda bajarilishi talab qilinadi. Kurs ishi talabaning maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlaridan egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini nazorat qilish, shuningdek, talabaning zamonaviy kasb-hunar ta’limi sohasida kasbiy majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.Kurs ishni bajarish jarayonida talaba turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar, Davlat ta’lim standartlari, texnologik ko‘rsatma va meyoriy hujjatlardan foydalanishni o‘rganishi, mustaqil ravishda loyihalash ishlarini bajara olishi, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini nazarda tutib ta’lim berishning eng samarador usullari, yangi o‘quv-didaktik vositalarni tanlashi hamda pedagogik jarayonni loyihalay olishi lozim. Shu bilan birga maktabgacha ta’lim tizimi, soha bo‘yicha kasb-hunar kollejlari o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari bilan tanish bo‘lishi, maktabgacha pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu bilimlarini amalda qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak.
Kurs ishida talaba quyidagilarni aks ettirishi lozim: mavzu tavsifi, dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi; mavzu materiallarining nazariy va metodik asoslarini ochib berish; mavzuni yoritishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish; mavzuni bo‘yicha o‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash; xulosa va takliflar berish; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini keltirish. Kurs ishining tarkibi va mazmuni.Kurs ishi referat va nazorat ishlaridan nafaqat katta hajmi bilan, balki tadqiqot predmetini (asosan, adabiyotlar va manbalar bo‘yicha) chuqurroq va ijodiyroq o‘rganishni, shuningdek, ishda tanlangan mavzusining dolzarbligi, muvofiq keluvchi muammoning ishlanganlik holati, shaxsiy xulosalarining tahlilini asoslash talab etiladi. Kurs ishining hajmi, albatta har qanday axborot tashuvchi vositalarda taqdim etiladigan ilovalardan tashqari 30 - 35 betdan kam bo‘lmasligi lozim. Kurs ishining tuzilishi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: sarvaraq (1-ilova); mundarija (2 ilova); kirish; bob va bo‘limlardan iborat asosiy qism; xulosa; adabiyotlar ro‘yxati; ilovalar. Download 98.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling