Mavzu: Oilada bola tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil
Download 98.3 Kb.
|
Malak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkam oila — jamiyat taraqqiyoti garovidor.
Kurs ishning tuzilishi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishning mundarijasi. Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbiga, uning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tahlil uslubi, ishning amaliy ahamiyati hamda shakli tuzilishi haqida fikr yuritilgan. Mustahkam oila — jamiyat taraqqiyoti garovidor. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta'limi bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda tafakkur faoliyatini tarkib toptirishi, bu hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ularning muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan tomonlarini ajratishga o'rgatishi lozim. Maktabgacha Ta'lim Muassasasi o'z navbatida ota-onalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan biridir. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang bo'lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan: bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to'g'risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; maktabgacha tarbiya muassasalasining yillik ish rejasi to'g'risida; ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota- onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma- shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota - onalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo'lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo'lishi uchun, avvalo ,tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo'stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma'nosini ta'riflab: «Ey o'g'il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o'zingni tarbiyala, tarbiya ko'rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g'oya alohida o'rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o'zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir.Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo'yilgan maqsad va vazifalar bilan bog'liqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Ota-onaning farzandlari oldida bajarishi kerak bo'lgan muhim vazifalaridan biri, ularni hayotga tayyorlash va kasb-hunar tanlashlariga ko'maklashishdan iboratdir. Har bir ota o'z farzandini tarbiyalab voyaga etkazish bilan mamlakatimizni rivojlantirish ishiga hissa qo'shayotganini tushuntirib etishlari muhimdir.Har bir ota-ona farzandining kasbiy qobiliyati, qiziqishi va layoqatidan, maktab amaliyotchi psixologi tomonidan berilgan tavsiyadan xabardor bo'lishi, farzandining tanlagan kasbiy qarorini qo'llab-quvvatlab, ularning tanlagan kasblari orqali hayotda o'z o'rinlarini topib ketishlariga ko'maklashishlari va ishonch bildirishi kerak.Agar ota farzandining kasbiy qaroriga ishonch bildirmasdan, o'zi istagan akademik litsey va kasb-hunar kollejiga yo'naltirsa, hayot sinovlari oldida ularni ojiz qilib qo'yishini anglashi lozim. Ota-onalarning vazifalari: Bolalarning ma'naviy barkamol va jismoniy sog'lom bo'lishlari uchun: oilada sog'lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olgan holda farzandlarda ota-onaga, Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish; farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish, ularning ma'rifatli va ma'naviyati yuksak kishilar bo'lib etishishlarini ta'minlash; bolalarning qiziqishi, iqtidori va extiyojlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish; ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish, istiqlol g'oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; bolalarning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish va ularning qo'shimcha ta'lim olishlariga shart-sharoit yaratish; oilada farzandni komil inson qilib tarbiyalashda ota-ona sifatida uzlarining bilim darajasini oshirishga erishish; bolada tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish; oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo'nalishlarini uyg'un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta'minlash; bolalarga sanitariya-gigienik, ekologik bilim va ko'nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish; ota-ona sifatida ta'lim muassasalari va mahalla oldida o'z farzandlarining barcha xatti-harakatlari uchun javobgarlikni xis kilish; farzandni oilaviy hayotga tarbiyalashda ular ongiga ajdodlardan o'tib kelayotgan boy ma'naviy meros, axloq-odob, urf-odat va an'analarni bugungi kun bilan uyg'unlashtirgan holda singdirib borish; jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-hunar egallashlari uchun shart- sharoit yaratish; oilada bir-birlarini doimiy ravishda o'zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik, tibbiy qo'llab-quvvatlash, oilaviy dam olishni to'g'ri tashkil etish; oilada turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda yoshlarni muloqot madaniyatiga o'rgatish; oilada ota-ona va farzand o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni mustahkamlashda turli mavzuda suhbatlar o'tkazish; radio to'lqinlari, televidenieda berilayotgan kuy va qo'shiqlar, internet tarmog'idan olinayotgan ma'lumotlar, disk, telefonlardagi ma'lumot, tasvirlarni saralab, bolalarga taqdim etish; oilada bolaning maktabdan tashqari turli xil ta'lim muassasalaridagi musiqa va san'atdir. Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy etsetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmay, balki uning so'ngi g'ishti qo'yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. O'zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o'zini-o'zi anglash, milliy tuyg'u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o'z aksini topadiki, o'zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o'rganishda bularni chetlab o'tish mumkin emas. O'zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko'p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo'lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Download 98.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling