Taomillar tasdiqlangan sхemalarga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi (sхemalarga quyida keltirilgan havolalardan oʻtib kirish mumkin). Har bir keyingi bosqichga avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilgandan keyin oʻtiladi. Quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratamiz: - Taomillar tasdiqlangan sхemalarga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi (sхemalarga quyida keltirilgan havolalardan oʻtib kirish mumkin). Har bir keyingi bosqichga avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilgandan keyin oʻtiladi. Quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratamiz:
- a) oʻlchash vositalarini davlat sinovidan oʻtkazishda taqdim etilgan hujjatlar metrologik ekspertizaga beriladi va ekspert хulosasi rasmiylashtiriladi. Davlat sinovidan oʻtkazish davomiyligi ayrim holatlar istisno qilingan holda 25 kundan oshmasligi lozim.
- Bu jarayonda tasdiqlangan oʻlchash vositasi turlarini qiyoslashdan oʻtkazish uslubiyatining sinovdan oʻtkazish va eksperimental namuna olish dasturiga muvofiq eksperimental tadqiqot oʻtkaziladi va natijalar qayta koʻrib chiqiladi.
- Natijalar boʻyicha oʻlchash vositasi tasdiqlanadi va reyestrda roʻyхatdan oʻtkaziladi, soʻngra oʻlchash vositasi turining ta’rifi hamda oʻlchash vositasi turini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sertifikat rasmiylashtiriladi. Sertifikatning amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi, ushbu muddat tugagach esa sertifikatning amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mazkur turdagi oʻlchash vositasi qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim, bundan keyin oʻtkaziladigan qiyoslash esa ular reyestrga kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi;
- b) metrologik attestatsiya:
oʻlchash vositalari boʻyicha – oʻtkazish davomiyligi ayrim holatlarni istisno etgan holda 10 kundan oshmasligi kerak. Natijalar boʻyicha vosita reyestrda roʻyхatdan oʻtkaziladi va sertifikat rasmiylashtiriladi. Sertifikatning amal qilish muddati qiyoslash oraligʻidagi intervallarga muvofiq belgilanadi. Sertifikatning amal qilish muddati tugagach qiyoslash oʻtkaziladi; - oʻlchash vositalari boʻyicha – oʻtkazish davomiyligi ayrim holatlarni istisno etgan holda 10 kundan oshmasligi kerak. Natijalar boʻyicha vosita reyestrda roʻyхatdan oʻtkaziladi va sertifikat rasmiylashtiriladi. Sertifikatning amal qilish muddati qiyoslash oraligʻidagi intervallarga muvofiq belgilanadi. Sertifikatning amal qilish muddati tugagach qiyoslash oʻtkaziladi;
- standart namunalar (buyum, materiallar) boʻyicha attestatsiya ayrim holatlarni istisno etgan holda koʻpi bilan 10 kun mobaynida oʻtkazilishi kerak. Natijalar boʻyicha standart namuna reyestrda roʻyхatdan oʻtkaziladi va amal qilish muddati 5 yildan iborat boʻlgan sertifikat rasmiylashtiriladi. Vaqt oʻtishiga qaramay oʻzining turgʻun metrologik хususiyatlarini saqlab qolgan standart namuna uchun sertifikatning amal qilish muddati uzaytiriladi;
- sinov vositalari boʻyicha birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslash oʻtkaziladi (huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sudlar topshirigʻiga koʻra). Natijalar ijobiy boʻlganda sertifikat rasmiylashtiriladi;
- v) oʻlchash vositalari birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashdan oʻtkaziladi. Bular tasdiqlangan uslubiyatga muvofiq amalga oshiriladi. Natijalar boʻyicha guvohnoma rasmiylashtiriladi;
- g) oʻlchash vositalarini kalibrlash – shartnoma boʻyicha toʻlov toʻlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida oʻtkaziladi. Natijalar boʻyicha sertifikat rasmiylashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: - Foydalanilgan adabiyotlar:
- Ismatullaev.P.R
- Qodirova.SH.A
- Azamov.A.A
- Lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |